21
Navbatchi smena shaxslarini navbatchilikni o‘tashga tayyorlashda quyidagilar
bo‘yicha bilimlari tekshirilishi shart:
–
funksional majburiyatlari, JP NHRlari tomonidan aloqani ta’minlashda alohida
operasiyalarni bajarish bo‘yicha amaldagi me’yorlar va yo‘riqnomalar talablari;
– barcha turdagi axborotlarning tasdiqlangan nazorat o‘tish muddatlari;
– aloqa apparaturalari (vositalari),
kanallari, traktlari,
liniyalari hamda QABT va
MTT vositalari uchun belgilangan ekspluatasion me’yorlar;
– xavfsizlik choralari talablari.
Navbatchi smena shaxslarining navbatchilikni o‘tashga tayyorgarligi va ularni o‘z
vaqtida ATga jo‘natilishi uchun o‘z bo‘ysunuvida ushbu shaxslar bo‘lgan ATE boshliqlari
(aloqa bo‘linmalari komandirlari) javobgardir.