29
– signalning blankini olishga, to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirishga,
belgilangan qoidalar bo‘yicha uzatishga kirishishga;
– uzatish tugagach navbatchi hisob boshlig‘iga bildiruv berishga;
– uzatilgan signal qabul qilinganligi haqida tasdiq olishga (agrda bu ko‘zda tutilgan
bo‘lsa);
– signalning blankiga tegishli belgilarni qo‘yishga va uni navbatchi hisob boshlig‘iga
berishga;
– uzatilgan signalning vaqtini va matnini navbatchilikni olib borish jurnaliga (apparat
jurnaliga yoki texnik jurnalga) yozib qo‘yishga.
b) jangovar boshqaruv signalini qabul qilishda:
– signalni to‘g‘ri qabul qilishga va uni blankka aniq qilib yozishga;
– signalni olganligiga tasdiq berishga (agar ko‘zda tutilgan bo‘lsa);zudlik bilan
qabul
qilingan signalning mazmunini aloqa vositalari orqali boshqaruv punkti tezkor
navbatchisiga (keyinchalik signal matnini imzo ostida topshirib) yetkazishga, ATBNga va
JP NHR boshlig‘iga bildiruv berishga;
– navbatchilikni olib borish jurnaliga (apparat jurnaliga yoki texnik jurnalga) qabul
qilingan signalning vaqtini va matnini yozib qo‘yishga (jangovar boshqaruv signali qabul
qilingan (uzatilgan) va topshirilgan vaqtlari soat, daqiqa va soniyalarda qayd etiladi).
Jangovar boshqaruv signallari hyech qanday navbatsiz,
boshqa har qanday
axborotlarni uzatishni (qabul qilishni) to‘xtatib qo‘yib qabul qilinadi.
a) o‘ta muhim axborotni uzatish(qabul qilish)da:
– hujjatli axborotni belgilangan tezlikda va to‘g‘ri uzatish (qabul qilish) lozim;
– uzatilgan hujjatli axborotni muxbirlar qabul qilganligi haqida tasdiq olinadi (qabul
qilingan hujjatli axborotga tasdiq beriladi);
– uzatilgan (qabul qilingan) hujjatli axborot rasmiylashtiriladi;
– zudlik bilan smena (navbatchi hisob) boshlig‘iga hujjatli axborot olinganligi haqida
bildiruv beriladi;
– hujjatli axborotni uzatishdagi (qabul qilishdagi) ushlanishlar haqida JP NH
Boshlig‘iga va axborotlarning o‘tishi nazorati bo‘yicha navbatchiga bildiruv beriladi.