• Bunda maxsus apparatxona mexanigi quyidagilarga majbur
  • JP NHR quyidagilarga majbur




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/66
    Sana08.02.2024
    Hajmi1,94 Mb.
    #153132
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66
    JP NHR quyidagilarga majbur: 
    – aloqa, QABT va MTT, signalizasiya va xizmat aloqasi vositalarining sozligini, 
    shuningdek apparatura(vositalar)ning aniq sozlanganligini va ularda o‘rnatilgan ish 
    rejimiga mos kelishini ta’minlashga va belgilangan vaqtlarda bilan nazorat qilib turishga; 
    – aloqa, QABT va MTT vositalarining, aloqa kanal(liniya)larining holatini 
    belgilangan vaqtlarda bilan nazorat qilib turishga; 
    – tasdiqlangan grafik bo‘yicha aloqa kanal(trakt, liniya)larida elektr o‘lchashlarini 
    (xarakteristikalarini olishni) o‘tkazishga, aloqa kanal(trakt, liniya)lari kattaliklarining 
    ko‘rsatilgan ekspluatasion me’yorlarga mos kelmagan hollarda, ularni me’yor 
    ko‘rsatkichlariga keltirish bo‘yicha choralar ko‘rishga; 
    – zahiradagi aloqa kanal(liniya)larini va aloqa, QABT va MTT vositalarini ishlatish 
    uchun doimiy shay holatda ushlab turishga; 
    aloqaning, QABT va MTT ishining buzilishiga (sifati yomonlashuviga), olib kelishi 
    mumkin bo‘lgan aloqa vositalaridagi nosozliklarni aniqlashga, ularni bartaraf etishga 
    hamda bu haqda NH boshlig‘i (ATEBN)ga bildiruv berishga; 
    biriktirilgan aloqa, QABT va MTT vosita(apparatura)lariga o‘z vaqtida va yuqori 
    sifatda texnik xizmat ko‘rsatishga; 
    – xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishga va 
    bajarishga; 
    – o‘tkazilgan aloqa sifatini, aloqa, QABT va MTT vositalari ishini tekshirishlari 
    natijalari haqidagi yozuvlarni navbatchilikni olib borish (apparat yoki texnik) jurnaliga 
    aniq yozib borishga. 
    Aloqa kanalida (qabul qilish apparatida) buzilishlar yoki aloqa uzilishi paydo 
    bo‘lganda, navbatchi telefonist (telegrafist), aloqani (kanalni) maxsus apparatxona 
    mexanigiga tekshirish uchun topshirishga majbur. 
    Bunda maxsus apparatxona mexanigi quyidagilarga majbur: 
    – apparaturaning ish qobiliyatini tekshirishga, agarda buzilish yoki aloqa uzilishi 
    apparaturaning nosozligi tufayli kelib chiqqan bo‘lsa, aloqani zaxiradagi komplektga 
    o‘tkazishga; 


    31 
    – muxbir AT maxsus apparatxonasi mexanigidan o‘z apparaturasining ish 
    qobiliyatini tekshirishni hamda apparaturasi nosoz bo‘lsa uni almashtirishni talab qilishga; 
    – aloqa kanalining asosiy ko‘rsatkichlarini o‘lchab ko‘rishga va agar uning sifati 
    qoniqarsiz bo‘lsa kanalni kanal hosil qilish markazi (stansiyasi) mexanigiga (AT, ATE 
    kanallar krossi mexanigiga) topshirishga; 
    – tegishli ATE oxirgi uskunalar apparatxonasi mexanigidan oxirgi apparaturani 
    almashtirishni talab qilishga (agarda buzilishlar uning nosozligi tufayli bo‘lsa); 
    – o‘z harakatlari natijalari haqida navbatchilikni olib borish (apparat yoki texnik) 
    jurnaliga yozib qo‘yishga. 

    Download 1,94 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish