32
QABT va MTT ishlashi chizmasiga o‘zgartirish kiritishga hamda apparatura(vosita)ni
uzish(o‘chirish)ga komanda berishga;
– texnik xizmat ko‘rsatish yakunlangandan so‘ng aloqa apparaturasi (kanali), QABT
va MTT vositalari ish qobiliyatini tekshirib ko‘rishga, ATBNga bildiruv berishga va uning
ruxsati bilan aloqani asosiy apparatura(kanal)ga o‘tkazishga,
QABT va MTT ishlashi
chizmasini tiklashga;
– o‘tkazilgan texnik xizmat ko‘rsatishlar haqida navbatchilikni olib borish jurnaliga
yozib qo‘yishga.
3.3. AT navbatchi smenalari shaxslarining aloqani o‘z vaqtida o‘rnatish bo‘yicha
majburiyatlari
AT vositalari orqali hosil qilingan va KAT(kanallarni tarqatish punktlari)dan qabul
qilinadigan
aloqa kanallarining sifati uchun, shuningdek ularning ko‘rsatkichlarining
ekspluatasion me’yorlarga mos kelishi uchun
AT kanal hosil qilish elementlari
(apparatxonalari, stansiyalari)
navbatchi hisoblari javobgardir.
Ixtiyoriy kanal bo‘yicha oxirgi apparatxonadan (oxirgi apparatdan) talab qilingan
sifatdagi aloqa almashinuvi
amalga oshirilsagina ushbu kanal orqali aloqa o‘rnatilgan
hisoblanadi.
Oxirgi apparatxona (stansiya) JP NHR tomonidan tekshirilgan va qabul qilib olingan
aloqa kanali ushbu
JPniki deb hisoblanadi. Agarda tekshiruv natijasida kanalning elektr
ko‘rsatkichlari belgilangan me’yorlarga to‘g‘ri kelmasligi aniqlansa,
ushbu kanal kanal
hosil qilish markaziga (stansiyasiga)
qaytarib topshiriladi.
Past sifatli kanal kanal hosil qilish markazi (stansiyasi) hisobida turadi va
ekspluatasiyaga
topshirilmagan deb hisoblanadi.
Oxirgi apparatxona (stansiya) JP NHR tomonidan tekshirilgan
va ishlatishga qabul
qilib olingan aloqa kanalinining elektr ko‘rsatkichlari belgilangan me’yorlar chegarasida
bo‘lsa, uni kanal hosil qilish elementiga (stansiyasiga)
qaytarish ta’qiqlanadi.
Har bir ATda har bir JP NHRning aloqani o‘rnatishdagi
harakatlari tartibi va