33
Aloqa, QABT va MTT
ishlashi buzilganda JP NHR quyidagilarga majbur:
– buzilish haqida JP NHBoshlig‘iga (ATEBNga) bildiruv berishga;
– ko‘zda tutilgan zaxiralash varianti bo‘yicha yoki ATEBN (JP NHBoshlig‘i)
ko‘rsatmalariga ko‘ra aloqani ta’minlashga, QABT va MTT vositalarini o‘zgartirishga;
– buzilish sababini aniqlashga, bu haqda JP NHBoshlig‘iga (ATEBNga)
bildiruv
berishga;
– apparaturadagi nosozlikni bartaraf etishga yoki aloqa kanalini (liniyasini) aloqa
buzilishi sababini bartaraf qilish uchun aloqa kanali (liniyasi) holati uchun javobgar
bo‘lgan JP NHRga topshirishga;
– aloqa buzilishi sababi bartaraf qilingandan so‘ng hamda aloqa apparaturasi, kanali
(liniyasi), QABT va MTT vositalari ish qobiliyatini tekshirgandan so‘ng JP NHBoshlig‘iga
(ATEBNga) bildiruv berishga va uning ruxsati bilan
aloqani tiklangan aloqa
kanali(liniyasi)ga o‘tkazishga;
– buzilish sababini hamda aloqa, QABT va MTT ishlashi tiklangan vaqtni
navbatchilikni olib borish (apparat yoki texnik) jurnaliga yozib qo‘yishga.
Davlat aloqa tarmog‘i kanali orqali aloqa buzilganda JP NHR quyidagilarga majbur:
– buzilgan aloqa kanalini belgilangan tartibda kanallarni ajratish punktiga (bog‘lanish
punktiga)
topshirishga, topshirgan vaqtini va davlat aloqa tarmog‘i korxonasi navbatchi
operatori familiyasini navbatchilikni olib borish (apparat yoki texnik) jurnaliga yozib
qo‘yishga, va operatordan uni almashtirishni talab qilishga (agar ko‘zda tutilgan bo‘lsa);
– aloqa kanali
buzilishi bartaraf qilingach, uning elektr ko‘rsatkichlarining
belgilangan ekspluatasion me’yorlarga mosligini tekshirib ko‘rishga, hamda bog‘lanish
punkti bilan kelishilgan holda va JP NHBoshlig‘i (ATEBN) ruxsati bilan aloqani asosiy
kanalga o‘tkazishga (agar almashtirish amalga oshirilgan bo‘lsa);
– aloqa kanali ishidagi tanaffusning vaqtini va sababini kanallarni ajratish punkti
(bog‘lanish punkti) navbatchi xizmatlari bilan kelishilgan holda navbatchilikni olib borish
(apparat yoki texnik) jurnaliga yozib qo‘yishga.
Buzilgan aloqalarni tiklash bo‘yicha aniq majburiyatlar
va javobgarlik hududlari
(chegaralari) AT navbatchi smenasi shaxslariga Yo‘riqnomalarda ko‘rsatiladi.
AT xizmat ko‘rsatishida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga tegishli
kabel va doimiy havo liniyalari buzilganda, ATBN bu haqda AT boshlig‘iga bildiruv
berishga va uning ruxsati bilan buzilish joyiga avariya-tiklash komandasini jo‘natishga
hamda tiklash ishlari borishini nazorat qilishga majburdir.