37
ATEga chizma-buyruq asosida ATE boshlig‘i ATEning har bir JPi va har bir JP NHR
uchun chizma-buyruq ishlab chiqadi va imzolaydi.
Chizmalarda ushbu JP ta’minlaydigan aloqa turlari va yo‘nalishlarning shartli
raqamlari,
aloqa
bilan
ta’minlash uchun qo‘llaniladigan aloqa va QABT
apparatura(vosita)larining turlari va tezkor raqamlari, o‘zaro hamkorlikdagi JPlar bilan
ulanish liniyalari raqamlari, har bir aloqani o‘rnatish navbati va muddatlari ko‘rsatiladi.
JPga chizma-buyruq asosida ushbu JP NHRlari uchun alohida chizma-buyruqlar
ishlab chiqiladi.
JPga chizma-buyruqda aloqa va QABT vositalarini, aloqa kanal va liniyalarini
zaxiralash tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud bo‘lsa, ushbu JP uchun alohida zaxiralash
chizmasi ishlab chiqilmaydi.
ATga, ATElarga, JPlarga (JP NHRlariga) chizma-buyruqlariga aloqani ta’minlash
bo‘yicha vazifalar o‘zgarganda, aloqa va QABT apparaturalari, vositalari soni ko‘payganda
yoki qisqarganda, shuningdek ATning shtati va unga tabeli o‘zgarganda katta boshliqning
ko‘rsatmalari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
AT(ATE)larida AT(ATE)ga chizma-buyruqqa asosan
amaldagi aloqa chizmasi
ishlab chiqilishi mumkin.