|
Elektr mashinalari va yuritmalari
|
bet | 1/2 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 1,09 Mb. | | #141148 |
Bog'liq atr
Mavzu: “Elektr mashinalari va yuritmalari” faniga kirish
Har qanday sohani yaxshi tushinish uchun uning rivojlanish tarixini bilish lozim. Elektr mashinalarining rivojlanish tarixi o’ziga xosdiq qatga sazovordir. Hammamiz bilamizki elektr mashinalari tarixi 1821-yil M. Faradey kashfiyotidan boshlangan . U doimiy magnit va uning atrofida aylanib turuvchi tokli o’tkazgich (simob) kontaktidishi va yuqori tayanchdan iborat. Faradey motorida doimiy tok magnit maydoni ta’sirida hosil bo’lgan elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib bergan.
M.Faradey motori.
Faradey kashfiyoti tasoddif emas edi. Ko’plab fiziklar tomonidan tayyorlangan edi. 1799-yilda Italayan olimi Volt elektro kimyoviy generator (rux va misdisklardan tayyorlangan, ho’llangan kislotali doka bilan ajratilgan disk) ustuni yaratildi.
Rus akademigi V. V. Petrov 1802-yilda 4200 mis va rux plastinkalardan quvvati 1700 Vtli, foydali quvvati esa 85 Vtli batareya yaratdi. U 1-bo’lib elektr yoy hodisasini ham tuzdi.
1820-yil fransuz olimi J. Biova F. Savarman tomonidan tok va magnit qonunlari yaratildi. O’sha yili G. Ersted elektr toki tasirida magnit strelkasining chetlanishi to’g’risida maqola e’lon qildi. F. Arogo esa solinoidni taklif qildi. 1821-yili X. Deviesa harorat materialning o’tkazuvchanlikka tasirini o’rgandi. G. Om (Om qonunini) izlanish natijalarini esa 1827-yili ixtiro qilindi. Elektr bo’yicha birinchi maqola magnit jinslar va katta magnit yer haqida deb nomlangan edi. Bu maqolani ingliz olimi U. Gelbert yozgan edi. Gilbert elektrlanib qolish qobilyatiga ega jismlarni o’rgangan va fanga elektrlashib qolish atamasini kiritgan.
O.Gereki 1650-yil 1-elektr mashinalarini tasvirlab berdi. Bu mashinaning ishlash prinsipiga asosan oltin gugurtli sharcha va inson qo’liga asoslangan edi. Elektr toki bilan ko’p olimlar M. V. Lomonosov, G. V. Rixman, B. Franklinlar shug’ullangan. 1785-yiliSH. Kulon elektr zaryadi va magnit qutblarini o’zaro ta’siri haqida qonun yaratdi. Bu vaqtda RossiyadaA. T. Bolotovim, P. Klubnim va boshqa olimlar davolash va psixologik sinovlar uchun mo’ljallangan elektr mashinasini yaratdi.
XIX asrlarda bu mashinalar rivojlanishda davom etdi. Lekin amalyotda induktiv mashinalar keng qo’llanildi. 1823-yili P. Borlou g’ildirak va doimiy magnitdan iborat elektr motor g’oyasini taklif etdi. Xuddi Faradey mashinasi kabi sirg’anuvchi kontakt simob yordamida yaratilgan bo’lib,bankaga solingan edi va o’tkazgichdan iborat bo’lib nolga ulangan edi(1.5 rasm).
1824-yili F. Arago mis diskni aylantirilganda magnit strelkasi disk aylangan tomonga harakatlanganini kuzatgan. Bu holat elektro magnit induksiya topilgandan keyin o’z isbotini topdi.
1831-yil Faradey minglab sinovlar o’tkazib magnitizmni elektr energiyaga aylanishini isbotladi va elektromagnit induksiya qonuni yaratdi. Faradey o’ztajribalarida induksiyani 2 turga ajratdi:elektrik induksiya va magneto elektro induksiya yoki magnito elektirik induksiya. Lekin u keyinchalik ikkala induksiya o’rtasida farq yo’qligini angladi.
1832-yildaE.Lens induktiv tok yo’nalishi haqida qonunni, shuning dek elektr mashinalarining tiklana olish prinsipini shakllantirdi.1838-yildaE.Lens doimiy tok mashinasini generator va motor rejimida ishlashi mumkinligini tajriba yo’li bilan ko’rsatib berdi.
Bug’ mashinalarining yaratilishi elektr mashinalarining konstruksiyasidagi elektromexanikaning rivojlanishining birinchi bosqichida omadli sezilarli ta’sirini ko’rsatdi, qaysiki valning aylanma harakatida porshenning oldinga va orqaga harakati o’zgartirildi.1831-yilda Amerikalik fizik D.Genri motorning oldinga va orqaga harakatini qo’zg’aluvchan elektromagnit navbati bilan doimiy magnitga tortiladi 2 va undan itariladi, galvanik element batareyasi uziladi va ulanishini taklif qildi .
D.Genrining motori 75 ayl/min bajardi va quvvati 0,04 Vt bo’ldi. Navbatdagi urunishda oldinga va orqaga harakatlanadigan elektr motori yaratildi, ammo navbatdagisi elektr mashinalari uchun aylanma harakat bo’ldi.
1834-yilda Peterburg akademigi B.S Yakobi elektrmagnitni tortilishi va itarilishi hisobiga ishlaydigan eletrmotorini yaratdi.
B.S.Yakobining motorida ikki xil elektromagnit bo’lgan: biri-aylanuvchi1,ikkinchisi-qo’zg’almas 2(1.9-rasm). Qo’zg’aluvchan elektro magnit qutblarini o’zgartirish uchun izolyasionulamasi bo’lgan xalqalardan tuzilgan kommutatordan 3 foydalanilgan. To’rt qutbli mashinalarda to’rtta misli va to’rtta izolyasionulamasi bo’lgan. Kontakt xalqa bo’ylab sirpandi va aylanish vaqtida harakatlanuvchi elektro magnit cho’lg’amlarida tokning yo’nalishi o’zgardi.Kuchlanishga l va nik elementdan kontaktlar 4 tomon harakatlandi.
|
| |