|
Reja: Kompyuter ta’minoti faniga kerish. Interfeys tushunchasi
|
bet | 1/10 | Sana | 23.09.2024 | Hajmi | 4,92 Mb. | | #272042 |
Bog'liq 1-ma\'ruza
1-Ma’ruza: Kompyuter ta’minoti faniga kirish. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikatsiyasi.
Reja:
Kompyuter ta’minoti faniga kerish. Interfeys tushunchasi
Xisoblash texnikasining rivojlanish tarixi
Elektron xisoblash mashinalar davri. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikatsiyasi
Kompyuter ta’minoti faniga kerish. Interfeys tushunchasi
Kompyuter taʼminoti deganda kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti hamda ular o’rtasidagi bog’lanish ya’ni interfeysning integratsiyasi tushuniladi. Kompyuter ta’minoti uchga bo’lib o‘rganiladi.
Kompyuterning apparat ta`minoti
Kompyuterning dasturiy ta`minoti
Apparat ta’minoti - bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo‘shimcha (atrof) qurilmalaridir. Apparat taʼminotiga quyidagilar kiradi: kompyuterlar va mantiqiy qurilmalar, tashqi qurilmalar va diagnostika apparatlari, quvvat uskunalari, batareyalar va akkumulyatorlar [5] .
Demak, apparat taʼminoti deganda kompyuter konfiguratsiyasini tashkil etuvchi qurilmalar tushuniladi.
Qurilmalarni ichki va tashqi qurilmalarga ajratish mumkin. Alohida tugunlar va bloklar oʻrtasidagi oʻzaro muvofiqlashtirish apparat interfeyslari deb ataladigan apparat-mantiqiy qurilmalar yordamida amalga oshiriladi; apparat interfeyslari uchun standartlar protokollar deb ataladi. Shaxsiy kompyuter — universal texnik tizim boʻlib, uning konfiguratsiyasini kerak boʻlganda oʻzgartirilish mumkin.
Hisoblash tizimlarining apparat taʼminoti — bu kompyuterlar va kompyuterlar tarmoqlari ishlaydigan uskunaning umumlashtirilgan nomidir.
Apparat taʼminoti odatda quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
markaziy protsessor (protsessorlar)
operativ hotira
tizim mantigʻi
periferiya qurilmalari
tarmoq uskunasi
|
| |