|
Kompyuterning yaratilishi
|
bet | 10/10 | Sana | 23.09.2024 | Hajmi | 4,92 Mb. | | #272042 |
Bog'liq 1-ma\'ruzaKompyuterning yaratilishi
EXM hajmini qisqartirishga va kompyuter yaratilishiga 1948-yilda yaratilgan tranzistorlar sabab bo‘ldi, chunki elektron lampalar o‘rnini kichik xajmdagi tranzistorlar egallashiga imkon yaratildi.
1 965-yilda Digital Eguipment firmasi PDP-8 rusumli dastlabki minikompyuter yaratdi(1.6-rasm).
1.6-rasm. PDP-8 minikompyuteri
Ayni shu davrda minikompyuterlar yaratilishiga, ya’na bir yangilik-integral sxemalar kashf etilishi bo‘ldi. 1959-yilda Intel firmasining bo‘lg‘usi asoschisi Robert Noys bitta plastinkada tranzistorlarni o‘zaro bog‘lash usulini yaratdi. Bu elektron sxemalar keyinchalik integral sxemalar deb yuritila boshladi.
Shunday qilib, 1968-yilda Burroughs firmasi dastlabki integral sxemalar asosida ishlovchi kompyuter yaratdi.
1970-yildan boshlab Intel firmasi xotiraning integral sxemasini ishlab chiqarib, keng miqyosda sota boshladi. 1973-yilda Intel firmasi tomonidan 8-baytli Intel-8008 mikroprotsessori 1974-yilda Intel-8080 versiyasi yaratildi. 1970-yilda shaxsiy kompyuterlarning yuzaga kelishi katta EXMlarga bo‘lgan talabni susaytirdi. Bu esa o‘z navbatida IBM (International Business Machines Corparation) firmasi faoliyatiga keskin ta’sir o‘tkazdi. 1979-yilda boshlangan izlanishlar 1981-yilda (16 razryadli Intel-8088 mikroprotsessori asosida) yaratilgan va bozorda o‘z o‘rnini topgan IBM PC kompyuterida o‘z samarasini berdi. Oradan ikki yil o‘tib, bozorda o‘zining munosib o‘rnini egalladi. 1983-yilda IBM PC XT, 1985-yilda IBM PC AT kompyuterlari ishlab chiqarildi.
Ko‘p o‘tmay boshqa firmalar ham IBM PC kompyuterini ishlab chiqara boshladi. Ayni vaqtda u nafaqat Amerika va Yevropa mamlakatlarida balki Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, xususan Tayvan, Janubiy Korea, Yaponiya, Singapur, Malayziya mamlakatlarida ham g‘arb mamlakatlariga qaraganda arzonroq narxda ishlab chiqarib jaxon bozorida sotila boshladi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Informatika fanining mazmuni haqida so‘zlab bering.
2. Birinchi hisoblash mashinasi kim tomonidan va nechanchi yilda yaratilgan?
3. Dastlabki elektron lampali xisoblash mashinasi qachon yaratilgan va u qanday nomlangan?
4. Dastlabki PDP-8 rusumli mini kompyuter qachon va qaysi firma tomonidan yaratilgan?
5. IBM firmasi dastlabki kompyuterini qachon jahon bozoriga chiqardi?
6. IBM PC AT kompyuteri qachon yaratilgan?
|
| |