• 1.4-rasm. J.Mouchli va J.Ekkertning ENIAC EXMi
  • 1.5-rasm. Besm elektron sanoq mashinasi
  • Birinchi avlod mashinalari
  • EXMning ikkinchi avlodi bo‘ldi
  • Elektron xisoblash mashinalar davri. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikatsiyasi




    Download 4,92 Mb.
    bet8/10
    Sana23.09.2024
    Hajmi4,92 Mb.
    #272042
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    1-ma\'ruza

    1.4. Elektron xisoblash mashinalar davri. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikatsiyasi
    Xisoblash texnikasining keyingi taraqqiyoti elektron sxemalar qo‘llanilishiga asoslanadi. Elektron xisoblash mashinalarini yaratishga birinchi marta amerikalik muxandis J.Atanasov ikkinchi jaxon urushi arafasida urinib ko‘rdi.
    A
    QSH olimlari J.Mouchli va J.Ekkert loyihasi asosida 1964-yilda ENIAC EXMi yaratildi(1.4-rasm).
    1.4-rasm. J.Mouchli va J.Ekkertning ENIAC EXMi
    Bu mashinaning konstruksiyasini taxlil qilish asosida amerikalik matematik J. Fon Neyman EXM yasashning asosiy tamoyillarini, shu jumladan, ikkilik sanoq tizimidan foydalanish va dasturni operativ xotirada saqlash tamoyillarini ilgari surdi.
    1942-1945-yillarda dastlab, AQSHdagi Pensilvaniya universitetida Elektron lampali raqamli sanoq mashinasi yaratildi va u ENIAC deb nom oldi.
    ENIAC (Electronic Numerical Integrator and Computer — ENIAC, qisqartmasi Electronic Numerical Integrator and Computer) — keng ko‘lamli muammolarni hal qilish uchun qayta dasturlash mumkin bo‘lgan birinchi umumiy maqsadli elektron raqamli kompyuter.
    Keyinroq, AQSHda va Buyuk Britaniyada “EDVAK”, “EDSAK”, “SEAK”, “UNIVAK” va boshqa turdagi EXMlar yaratildi. Bu turdagi mashinalar xisoblash texnikasi taraqqiyotida yangi bir davrni boshlab berdi.
    Birinchi bo‘lib sobiq ittifoqda elektron sanoq mashinasi akademik S.A. raxbarligida 1951-yili Ukraina FA “Elektronika” institutida yaratildi va MESM (kichik (malaya) elektron sanoq mashinasi) deb nom oldi. 1954-yili aniq mexanika va xisoblash texnikasi institutida S.A.Lebedev raxbarligida BESM (Katta elektron sanoq mashinasi) yaratildi, u 2048 ta xotira yacheykasiga ega bo‘lib, sekundiga 9 ming amalni bajarar edi. Usha vaqtda “BESM” jaxondagi eng tezkor mashina edi(1.5-rasm).
    1.5-rasm. Besm elektron sanoq mashinasi
    EXMning rivojlanish taraqqiyotida ularni avlodlarga ajratish qabul qilingan bo‘lib, ularning xar biri elementlarning tayyorlanish texnologiyasi va jixozlarining parametrlari, shuningdek, xal etiladigan masalalar va dasturi bilan ajralib turadi. Birinchi avlod mashinalari 1950-yillarda ishlab chiqarilgan bo‘lib, asosiy komponentlari elektron lampalardan iborat bo‘lgan.
    EXMlar minglab lampalari ko‘plab elektr energiya talab qilgan, katta miqdorda issiqlik ajratib chiqargan va ko‘p joyni egallagan. Bu mashinalarning amal bajarish tezligi past, xotira sig‘imi kichik va tez-tez ishdan chiqib turgan. Dasturlar mashina kodida yozilgan. Dastur tuzuvchi o‘zi xotira yacheykasini dastur orqali taqsimlagan. Birinchi avlod mashinalariga quyidagilar kiradi: BESM-1, BESM-2, Strela, M-3, Minsk-1, M-20 va boshqalar.
    1960-yillarning boshlarida elektron lampalar o‘rniga yarim o‘tkazgichlar va ular bazasida yaratilgan tranzistorlar ishlatila boshlandi, bu esa mashinaning massasi, o‘lchovlari va iste’mol qiladigan energiya va issiqlik ajralishini keskin kamaytirish imkonini berdi. Yarim o‘tkazgichli mashinalar EXMning ikkinchi avlodi bo‘ldi va ularning ishlash ishonchliligi va tezligi ancha ortdi. Bu avlodga mansub mashinalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ularning qo‘llanilish sohasi bo‘yicha ixtisoslashtirilishidir. Bu mashinalarda qo‘yilgan masalalarni yechish uchun dasturlash tillaridan foydalanila boshlandi.
    EXMning ikkinchi avlodiga quyidagi mashinalar kiradi:
    Minsk-2, Ryazan, BESM-6, Mir, Nairi, Minsk-22, Minsk-32 va boshqalar.
    Ishonchlilik, ixchamlik, ishlatishga qulaylik masalalari EXM elementlari bazasini maqbul tayyorlashning mutlaqo yangi texnologiyasi yaratilishiga sabab bo‘ldi. Elektron apparatlarning standart sxemalari va bloklari murakkab strukturali yarim o‘tkazgichli monolit kristallar shaklida tayyorlana boshlandi va ular integral mikrosxemalar nomini oldi.
    Apparatlar bloklari mujassamlangan integral sxemalarning sanoatda ishlab chiqarilishi 1960-yillarning oxirida uchinchi avlod EXMning yaratilishiga olib keldi.
    Bular jumlasiga sobiq ittifoqda yaratilgan katta va o‘rtacha EXMlar ( Ural-11, Ural-12, Ural-15 va yagona tizim YeS lari) va SM seriyali EXMlar kiradi. Bu mashinalardan eng quvvatlisi xisoblangan EXM YeS-1060 sekundiga 1,5 mln. amalni bajarar edi. YeS EXMining operativ xotirasi yuzlab kilobayt va megabayt bilan o‘lchanadi. Uchinchi avlod EXMlarni joylashtirish uchun maxsus jixozlangan mashina zallari talab qilinar edi.
    Narxlarning pasayishi bilan bir qatorda, bitta chipga bir nechta tranzistorlar joylashtirilgandan so'ng, har qanday kompyuterning tezligi va ishlashi juda oshdi.
    Bugungi kunda deyarli barcha elektron qurilmalar bosilgan elektron platalarga joylashtirilgan ba'zi bir integral mikrosxemalardan foydalanadilar.
    Endi kompyuterlar operatsion tizim dasturlaridan kompyuter texnikasi va resurslarini boshqarish uchun foydalangan. Bu tizimlarga bir vaqtning o'zida turli xil dasturlarni ishlashga imkon berdi. Bunga xotira taqsimotini nazorat qiluvchi markazlashtirilgan dasturlar sabab bo'lgan.
    Kompyuterlar keng auditoriya uchun kattalik va adolatli xarajatlar tufayli foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldi. Ushbu avlod, shuningdek, "kompyuterlar oilasi" kontseptsiyasini ochdi, bu ishlab chiqaruvchilarni boshqa tizimlarga mos keladigan kompyuter komponentlarini ishlab chiqarishga undadi.
    Uchinchi avlod kompyuterlarining boshqa misollari:

    • IBM-360

    • Shaxsiy ma'lumotlar protsessori (PDP)

    • IBM-370


    Katta integral sxemalarning paydo bo‘lishi sonli axborotlarni qayta ishlab chiqadigan dastur asosida boshqariladigan qurilmalar — mikroprotsessorlarning yaratilishiga olib keldi. Sanoatda 1970-yillarda mikroprotsessorlar asosida to‘rtinchi avlod mashinalari — mikro EXMlar ishlab chiqarila boshlandi. To‘rtinchi avlod mashinalari tarkibiga sobiq ittifoqda yaratilgan ELBRUS-2, M-10 EXMlari va xozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari xam mansub. Mikrokompyuterlar qurilmalarining boshqarish qurilmasi, bitta katta integral sxemalar tarzida ishlanganligi uchun ularning tashqi qurilmalari uncha katta emasligi, ishlash tezligi va baxosi arzonligi bilan ajralib turadi.
    Mikroelektronikaning yutuqlari asosida shaxsiy elektron xisoblash mashinalari (ShEXM) yaratildi. Arzon, kichik xajmdagi avtonom mikroprotsessorli xisoblash sistemasi ShEXMlarining ommaviy qo‘llanilishi ko‘plab dasturli vositalar, ya’ni amaliy dasturlar paketi, operatsion tizimlar, translyatorlar va boshqalarni yaratishga olib keldi.
    Keyingi yillarda mikroprotsessorlar paydo bo‘lishi natijasida, ular asosida ko‘plab ixcham ShEXMlar yaratilmoqda. Ular barcha soxalarda keng sur’atlar bilan qo‘llanilmoqda.
    Ayni vaqtda beshinchi avlod EXMlari ustida ish olib borilyapti.

    Download 4,92 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 4,92 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron xisoblash mashinalar davri. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikatsiyasi

    Download 4,92 Mb.