|
4 laboratoriya ishi reaktiv quvvatni avtomatik rostlash usullari Ishdan maqsad
|
bet | 1/2 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 52,45 Kb. | | #103925 |
Bog'liq 8-9 tajriba
4 - LABORATORIYA ISHI
Reaktiv quvvatni avtomatik rostlash usullari
Ishdan maqsad
Jamoat binosi va korxonaning reaktiv quvvat kompensatsiyasidan so‘nggi quvvatini aniqlash va kompensatsiya qurilmasini tanlash va o‘rnatish, hisobiga elektr energiya iqtisodini tekshirish. Kompensatsiya qurilmasini talab qilingan quvvatini hisoblab topish. Yillik elektr energiya iste`molini aniqlash va YAngi tariflar asosida elektr energiya uchun abonent to‘lovini amalga oshirish.
Nazariy qism
O‘zbekiston Respublikasining «Energiyasidan oqilona foydalanish haqida»gi qonunning hayotga tatbiq qilishdagi muxim masalalardan va elektr ta`minotini texnik asoslaridan biridir.
Elektr energiya qabul qiluvchilarini reaktiv quvvat iste`molini kamaytirish o‘rganish asosida kompensatsiya qurilmasini talab qilingan quvvatni to‘g‘ri tanlash orqali, ya`ni tariflarni hisobga olgan xolda, elektr energiya iqtisodining pullik ifodasini aniq topish savoli.
So‘nggi yillardagi sanoat elektr ta`minotida bo‘layotgan sifatli va miqdoriy o‘zgarishlar tufayli bu savolga o‘ziga xos muhim axamiyat berilmoqda.
Xozirgi vaktda reaktiv quvvat iste`moli o‘sishi sezilarli ravishda aktiv quvvat iste`molining o‘sishidan kuprok. Bunda reaktiv kuvvatni uzok masofaga ishlab chiqarish joyidan iste`mol qilish joyigacha uzatish, elektr ta`minoti iste`molini texnik iqtisodiy ko‘rsatgichlarini jiddiy yomonlashtiradi.
Buni asosiy sabablari quyidagilar:
ETS ning barcha elementlarida reaktiv, aktiv quvvat va energiyaning qo‘shimcha isroflari paydo bo‘ladi. Aktiv qarshilikli tarmok elementidan reaktiv va Q reaktiv quvvat uzatganimizda aktiv quvvat isrofi.
Qo‘shimcha aktiv quvvatlar isrofi Rr, oqib o‘tgan reaktsiya quvvat Q ni kvadratiga proportsional ravishda paydo bo‘ladi.
Qo‘shimcha kuchlanish yuzaga keladi. Aktiv R va reaktiv X qarshilikli tarmoq elementidan R va Q quvvatlarni uzatganimizda kuchlanish yo‘qolishi :[5,7 ]
Bu erda ∆ Ua - aktiv quvvat bilan bog‘liq kuchlanish yo‘qotilishi
∆ Ur – reaktiv quvvat bilan bog‘liq kuchlanish yo‘qotilishi.
3. Reaktiv quvvat bilan yuklangan liniyalarning va trans-formatorlarning o‘tkazuvchanligi kamayadi, bu esa tarmoqning o‘tkazuvchanligini oshirish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlarni talab qiladi.
energiya sistema korxonasini reaktiv quvvat bilan ta`minlashda imkoniyati cheklangan bu esa generatorlarning qancha reaktiv quvvatga ega ekanligi bilan aniqlanadi.
Quvvati 100 MVt va undan yuqori bo‘lgan generatorlarning nominal quvvat koeffitsienti 0,85 yoki 0,9 bo‘ladi. Bu esa to‘la yuklamada aktiv quvvatning 62-48 % reaktiv quvvat ishlab chiqarish mumkin.
Reaktordagi, transformatorlardagi va havo liniyalaridagi reaktiv quvvat isrofini hisobga olsak, unda sistema maksimum yuklama bilan ishlayotgan momentda energosistema iste`molchilariga uzatish mumkin bo‘lgan reaktiv quvvatning yanada qiymati kichiklashadi. Maksimal yuklama vaqtida kuchlanishni normal ushlab turish uchun reaktiv quvvat balansiga amal qilish kerak, bu esa elektr qabul qiluvchilarning reaktiv quvvat iste`molini kamaytirish tadbirlari hisobiga erishiladi.
4.1 - rasm. Tajriba qurilmasining prinwipial sxemasi
Tajriba ishini bajarish uchun vazifalar
Tajriba ishi bilan tanishish.
Quvvat koeffiwientini motorning yuklanish koeffitsientiga bog‘liqligiga olish va qo‘yidagi xolatlar uchun grafik qurish va ni aniqlash:
a) Asinxron motor stator cho‘lg‘amlari uchburchak ulangan;
b) Asinxron motor stator cho‘lg‘amlari yulduzcha ulangan;
Quvvat koeffitsientini belgilangan normaga keltirish
kerak bo‘ladigan kondensator batareyalarining sig‘imi va
quvvatini hisoblash.
Kondensator ulanish sxemasini yig‘ish. 4-rasm.
bog‘liqligini olish va kondensatorlarini ishlashini hisobga olgan holda grafik qurish.
Xisoblagichning 10 minutdagi ko‘rsatkichi asosida (1 soat va 24 soat uchun) elektr energiya sarfini aniqlash.
Elektr energiya sarfi asosida abonent to‘lovini hisoblab topish.
Laboratoriya qurilmasida bajarilayotgan tajribalar natijasidan chiqqan xulosalar.
|
| |