Mashinalar ishonchliligi haqida tushunchalar. Reja




Download 19.8 Kb.
Sana18.04.2024
Hajmi19.8 Kb.
#200581
Bog'liq
Mashinalar ishonchliligi haqida tushunchalar
Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari, Diniy fanatizmning, marten, . Nodir metallarning fizik va kimyoviy xossalari., KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIKARISH QUVVATLARI , Radial taqsimlash tarmog\'ida elektr energiyasini uzatish, Geomexanik jarayonlar modelini qurish bosqichlari, Elektr apparat MUST, Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing., Qisqa tutashuvning boshlang\'ich toklarini hisoblashda qo\'llaniladigan usullar, GIDRAVLIKA, Eyler tenglamasi shakldagi qovushqoq bolmagan suyuqlik uchun har-fayllar.org, Bernulli tenglamasining geometrik va energetik mohiyati. , bir cho\'michli ekskavatorlar, 24. Yuqori molekulyar birikmalar.Babayev.B.

Mashinalar ishonchliligi haqida tushunchalar.
Reja:

  1. Mashinalar ishonchliligi haqida

  2. Ta’mirlashga moyillik

  3. Ishonchlilik ko’rsatkichlari 

  4. Materiallarning chidamlilik chegarasi. 

Ishonchlilik - bu ob’ekt (mashina)ning ishlatish (foydalanish)ning berilgan 


sharoitlarida talab etilayotgan vazifaning bajarilishini ta’minlaydigan barcha 
ko’rsatkichlarni belgilangan chegarada vaqt davomida saqlab turish xossasidir. 
Texnika sohasida ishonchlilikning ustuvorligi shundan iboratki, 
ishonchlilikning darajasi tom ma’noda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, ish 
jarayonlari va tashishni jadallashtirish, material va quvvatni tejash, axborotni 
saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi sohalardagi texnikaning taraqqiy etishini 
aniqlaydi. 
Hozirgi zamon texnik vositalari o’zaro ta’sirlashuvchi mexanizmlar, apparatlar 
va asboblardan iborat. Masalan, oddiy tikuv mashinasi bir necha o’n yoki yuz 
detaldan iborat bo’lsa, zamonaviy raketalarni uchirish va radioboshqarish majmui 
tizimi o’n millionlab elementlardan tashkil topgan. Birorta ma’sul elementning 
ishdan chiqishi, albatta butun tizimning ish maromining buzilishiga olib keladi. 
«Kursk» atom suvosti kemasining halokati, Chernobil atom elektrostansiyasidagi 
portlash, neftь tashuvchi katta sig’imli tankerlardagi ishlatish va tashish 
talablarining buzilishi hammamizga ma’lum bo’lgan insoniyat uchun halokatli 
ekologik ofatlarga olib keldi. 
Jihozlar, mashinalarning etarli darajada ishonchli emasligi ta’mirlashdagi katta 
sarflarga, mashinalarning ishsiz turib qolishiga, aholini elektroenergiya, suv, gaz, 
transport vositalari bilan ta’minlanishining uzilib qolishiga olib keladi. 
Ishonchlilik tushunchalari va atamalari standartlashtirilgan. Mashinalar 
ishonchliligining asosiy ko’rsatkichlariga raddiyasizlik, umrboqiylik, 
ta’mirlashga moyillik va saqlanuvchanlik kiradi. 
Raddiyasizlik (tor ma’noda, ishonchlilik) - ishlash muddatida yoki berilgan 
vaqt davomida mashinaning ishga yarokliligini uzluksiz saqlash xossasi. 
Mashinaning bu xossasi ayniqsa, avtomatlashgan ishlab chiqarishning to’xtab 
qolmasligida, qimmatbaho mahsulotni nuqsonsiz tayyorlashda, insonlar hayotining xavfsizligi bilan bog’liq bo’lgan sharoitda juda ahamiyatlidir. 
Umrboqiylik - belgilangan texnikaviy xizmat va ta’mirlash tizimida 
mashinaning chegaraviy holatgacha ishga yaroqliligini davomiy saqlay olish 
xossasidir. Mashinaning chegaraviy holati uni yana ishlatish mumkin yoki mumkin emasligi, samaradorligi yohud xavfsizligining keskin kamayib ketishi bilan 
tavsiflanadi. Qayta tiklanmaydigan mahsulotlar uchun umrboqiylik va 
raddiyasizlik tushunchalari bir xil ma’noni anglatadi. 
Ta’mirlashga moyillik - mashinaning texnikaviy xizmat va-ta’mirlash yo’li 
bilan radsiya va buzilishlarning yuz berish sabablarini aniqlash va oldini olish, 
ishga yaroqli holda ushlab turish va shu holga tiklanishga moslanuvchiligidir. 
Mashinalar tuzilmasi va tizimining murakkablashuvi raddiya sabablari va 
ishdan chiqqan elementni tezlikda aniqlash imkoniyatini kamaytirib yuboradi.
Zamonaviy samolyotlarda uchuvchi nazorati ostida bo’lishi lozim bo’lgan 
ko’rsatkichlar 10 mingdan oshiqrokdir. Shuning uchun ham eng muhim 
omillarning nazorati EHM (elektron hisoblash mashinalari)ga yuklatilgan. 
Ta’mirlashga moyillikning muhimligi xalq xo’jaligida mashinalarni ta’mirlashda 
juda katta miqdordagi vositalarning jalb qilinishi bilan belgilanadi. 
Saqlanuvchanlik - mashinaning saqlash va transportirovkadan so’ng 
raddiyasizlik, umrboqiylik va ta’mirlashga yaroqlilik ko’rsatkichlari qiymatlarini 
saqlash xossasidir. Bu xossaning amaliy ahamiyati zahiradagi detal, qism va 
mashinalarni hamda mavsumiy ishlatiladigan texnikani yana ishlatishda yaqqol 
ko’rinadi. 
Ishonchlilik ko’rsatkichlari haqida yanada to’liq ma’lumotlarni maxsus 
adabiyotlardan topish mumkin. 
Ishonchlilik mahsulotni (masalan, detalni) loyihalash davrida konstruktor tomonidan 
ta’minlanadi, uni tayyorlash jarayonida va ishlatish mobaynida ham qator omillarga bog’liq.
Ishonchlilik quyidagi jarayonlarga bog’liq bo’ladi: loyihalash, ishlab 
chiqarish va ekspluatasiya. 
Loyihalash paytida ishonchlilikka katta ahamiyat beriladi. Yomon va etarli 
ishlanmagan konstruksiyalar ishonchli bo’lmaydi. Konstruktor hisoblarda, 
chizmalarda, texnik sharoitlarda va boshqa texnik hujjatlarda ishonchlilikni 
ta’minlovchi barcha omillarni hisobga olishi lozim.
Ishlab chiqarish davrida konsruktor tomonidan qo’yilgan ishonchlilikni 
oshiruvchi barcha vositalar ta’minlanadi. Konstruktor hujjatlaridan chetlanish 
ishonchlilikni buzadi. Ishlab chiqarish nuqsonlarining ta’sirini bartaraf etish 
maqsadida barcha mahsulotlar obdon teshiriladi. 
Ekspluatasiya paytida mahsulotning ishonchliligi joriy qilinadi. Buzilmasdan 
ishlash va umrboqiylik kabi ishonchlilik tushunchalari mashinalar ishlashi 
jarayonida vujudga keladi va ekspluatasiya sharoitlari va usullariga bog’liq bo’ladi.
Ishonchlilik berilgan xizmat muddati davomida ishlash qobiliyatini saqlash 
ehtimoli orqali baholanadi. Ishlash qobiliyatining yo’qotilishi ishdan chiqish 
deyiladi. Agar masalan, mahsulotning buzilmasdan ishlash ehtimoli 1000 soat 
davomida 0,99 ga teng bo’lsa, unda 100 ta mahsulotdan bir foizi yoki bittasi 
o’zining ishlash qobiliyatini oldinroq yo’qotadi deb tushunish mumkin. Bu holatda buzilmasdan ishlash ehtimoli (yoki ishonchlilik koeffisienti) ishonchli mahsulotlar sonini kuzatuvdan o’tkazilgan mahsulotlar soniga nisbatiga teng, 
Materiallarning chidamlilik chegarasi. 
Qaytariluvchan-o’zgaruvchan kuchlanishlarda mustahkamlikka hisoblashlarda 
materialning mexanikaviy tavsiflari juda yig’inchokdik bilan jilvirlangan 
andozaviy namunalar turkumini maxsus mashinalarda chidamlilikka sinash orqali 
aniklanadi. Simmetrik siklli kuchlanishda egilishga sinash oddiyroq usullardan 
hisoblanadi. Namunalarga σmax kuchlanishning turli qiymatlarini berib, ularning 
emirilishi yuz bergan sikllar N soni σ max – N aniqlanadi. Olingan qiymatlarga 
ko’ra σmax - N koordinatalarida toliqish egri chizig’i quriladi. (2.5-rasm). 
2.5-rasm. Toliqish egri chizig’i σB kuchlanishdan boshlab, egri chiziq gorizontal asimptotaga intilishini ko’pgana tajribalar ko’rsatdi. Bu ma’lum σB
kuchlanishda namuna emirilmasdan 
(sinmasdan) yuklanishning cheksiz sonli sikliga material dosh berishi mumkin
degan xulo-sani beradi. N 0=107
siklga dosh bergan po’lat namuna yana shunday 
siklga ko’p marotaba chidashi mumkin. Kosikllar sonini sinash bazasi (negizi) 
deyiladi. N0sikldan o’tilgandan so’ng tajribalar to’xtatiladi. Toblangan po’latlar va rangli metallar uchun N0=108. N0
ga mos keladigan kuchlanish chidamlilik 
chegarasi deb qabul qilinadi. 
Demak, chidamlilik chegarasi deb shunday eng katta kuchlanishga aytiladiki, 
bunda namuna yoki detal emirilmasdan cheksiz uzoq qarshilik ko’rsata oladi va 
namuna uchun σR hamda detal uchun (σR)dsifatida belgilanadi. 
Me’yoriy kuchlanishlarda siklning R = -1 asimmetriklik koeffisientida namuna va 
detallar uchun chidamlilik chegarasi σ
–1 va (σ–1)D R = 0 siklda esa mos ravishda σ0 va (σ0)Dtarzida belgilanadi. 
Jadvallarda chidamlilik chegarasini aniqlash uchun tajribaviy natijalar mavjud 
bo’lmagan hollarda, empirik (tajriba asosidagi) nisbatlar olinadi. Masalan, 
uglerodli po’latlar uchun: 
bu yerda: σv - cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi. 
Download 19.8 Kb.




Download 19.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mashinalar ishonchliligi haqida tushunchalar. Reja

Download 19.8 Kb.