• Yo‘l poyini barpo qilishda ruhsat etilgan og‘ish qiymatlarini aniqlash Ishdan maqsad
  • 2-laboratoriya ishi mavzu: Yo‘l poyini barpo qilishda ruhsat etilgan og‘ish qiymatlarini aniqlash. Asfaltbeton qoplamalarni qurishda ruxsat etilgan og‘ish qiymatlarini aniqlash. Sementbeton qoplamalarni qurishda sifat ko‘rsatkichlarini




    Download 33.4 Kb.
    bet1/3
    Sana06.03.2024
    Hajmi33.4 Kb.
    #167754
      1   2   3
    Bog'liq
    2LI
    Amaliyot Hisoboti Sardor Mamashov, OCHIQ VA YOPIQ TIZIMLAR, filips egri chizig\'i modelning zamonaviy talqini, amerika qo\'shma shtatlari davlat byudjeti byudjet tizimi va byudlararo munosabatlarning xususiyatlari, bekiston Respublikasining investitsiya siyosati., tizim va muhit, Kesish nazariyasi va asboblar, MI tetul

    2-LABORATORIYA ISHI
    Mavzu: Yo‘l poyini barpo qilishda ruhsat etilgan og‘ish qiymatlarini aniqlash. Asfaltbeton qoplamalarni qurishda ruxsat etilgan og‘ish qiymatlarini aniqlash. Sementbeton qoplamalarni qurishda sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash. Yo‘l qurilishida qurilish-montaj ishlarining sifatini kompleks baholash.


    Yo‘l poyini barpo qilishda ruhsat etilgan og‘ish qiymatlarini aniqlash
    Ishdan maqsad: Amaldagi me’yoriy xujjatlarga asosan yo‘l poyini qurishda ruhsat etilgan og‘ish qiymatlarini o‘rganish.
    ShNQ 3.06.03-08 ga asosan yo‘l poyini qurishda quyidagilar nazorat qilinadi:
    Yo‘l poyini qurishda, avval loyihada ko‘rsatilgan kar’erlardagi, zahiralardagi, o‘ymalardagi, tabiiy asoslardagi gruntlarning haqiqiy ko‘rsatkichlari (zarra kattaligi, loysimon gruntlar plastikligi), hamda holati(namligi, zichligi) tekshiriladi.
    Ish bajariladigan joylarda nishabligi 1:3 dan katta qiyaliklar va yonbag‘irlarlar mavjud bo‘lsa, qurilish jarayonida yo‘l poyining surilish va cho‘kish xavfi bor-yo‘qligi nivelir yordamida tekshirib olinishi lozim.
    Yo‘l poyi qurilishi sifatini texnologik jarayonga muvofiq nazorat qilishda quyidagilarni tekshirilishi lozim:
    -yo‘l poyining o‘qi bo‘ylab rejada va balandlikda to‘g‘ri joylashganini;
    - olinadigan gruntni unumdor qatlami qalinligini;
    - yo‘l poyi asosidagi grunt zichligi;
    - ishlatiladigan gruntning namligi;
    - yotqizilayotgan qatlam qalinligi;
    -ko‘tarma qatlamlarida gruntning bir xilligi;
    - ko‘tarma qatlamlaridagi gruntning zichligi;
    - yuza ravonligi;

    Grunt zichligini har texnologik qatlamni yotqizishda yo‘l poyi o‘qida, chetidan 1,5-2,0 masofada, qatlam kengligi 20 m dan ortiq bo‘lganda oraliq nuqtalarda tekshiriladi.


    Grunt zichligi, bir smenada zichlovchi mashinalar bajaradigan qismda, ko‘tarma balandligi 3 m gacha bo‘lganda har 200 m da, ko‘tarma balandligi 3 m dan ko‘p bo‘lganda esa ko‘pi bilan har 50 m masofada aniqlanadi.

    Bundan tashqari qurilish-montajishlarini sifatini baholashda o‘lchamlar va ularni baholash shartlari bo‘yicha ShNQ 3.06.03-08 majburiy ilovalar berilgan.


    2.1-jadval

    Konstruktiv bo‘lak, ish turi va nazorat o‘lchamlari

    “yaxshi”

    “a’lo”

    Tuproq to‘shamasi

    Tuproq to‘shamasi asosini tayyorlash

    Olinayotgan hosildor grunt qatlamining qalinligi

    Aniqlash natijalarining 10% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatkichlari, loyihadagidan 40% gacha, qolganlari 20 % gacha farq qilinishi mumkin

    Aniqlash natijalarining 5% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatkichlari, loyihadagidan 40% gacha, qolganlari 20 % gacha farq qilishi mumkin




    Tabbiy asosning zichligi kamayishi

    Aniqlash natijalarining 10% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatkichlari, loyihadagidan 4% gacha, qolganlari loyihada hal qilingandan kam bo‘lmasligi kerak

    Aniqlash natijalarining 10% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatkichlari, loyihadagidan 2% gacha, qolganlari loyihada hal qilingandan kam bo‘lmasligi kerak




    Ko‘tarmalarni o‘yish va o‘ymalarni ishlash

    Aniqlash natijalarining 10% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatkichlari, loyihadagidan 4% gacha, qolganlari loyihada hal qilingandan kam bo‘lmasligi kerak

    Aniqlash natijalarining 10% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatkichlari, loyihadagidan 2% gacha, qolganlari loyihada hal qilingandan kam bo‘lmasligi kerak




    Bo‘ylama kesimning balandlik belgilari

    Aniqlash natijalarining 10% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatkichlari, loyihadagidan ±100/(20)mm, qolganlari ±50/(10) mm farq qilishi mumkin

    Aniqlash natijalarining 5% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatkichlari, loyihadagidan ±100/(20) mm, qolganlari ±50/(10) mm farq qilishi mumkin




    Tuproq to‘plamining o‘qi bilan qoshi orasidagi masofa

    Aniqlash natijalarining 10% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatkichlari, loyihadagidan ±20sm, qolganlari ±10 cm gacha farq qilishi mumkin

    Aniqlash natijalarining 5% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatkichlari, loyihadagidan ±20sm gacha qolganlaridan 10 cm gacha farq qilishi mumkin




    Ko‘ndalang nishablar

    Aniqlash natijalarining 10% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatkichlari, loyihadagidan minus 0,015 (0,010) dan 0,030 (0,015)gacha, qolganlari ±0,010 (0,005) gacha farq qilishi mumkin

    Aniqlash natijalarining 5% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatkichlari, loyihadagidan minus 015 (0,010) dan 0,30 (0,015)gacha, qolganlari ±0,010 (0,005) gacha farq qilishi mumkin




    Qiya nishabligi

    Aniqlash natijalarining 10% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatkichlari, loyihadagidan 20% gacha, qolganlari 10 % gacha farq qilinish mumkin

    Aniqlash natijalarining 5% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatkichlari, loyihadagidan 20% gacha, qolganlari 10 % gacha farq qilinish mumkin







    Download 33.4 Kb.
      1   2   3




    Download 33.4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-laboratoriya ishi mavzu: Yo‘l poyini barpo qilishda ruhsat etilgan og‘ish qiymatlarini aniqlash. Asfaltbeton qoplamalarni qurishda ruxsat etilgan og‘ish qiymatlarini aniqlash. Sementbeton qoplamalarni qurishda sifat ko‘rsatkichlarini

    Download 33.4 Kb.