• Elektromagnit spektr
  • Elektromagnit toʻlqinlar




    Download 333.5 Kb.
    Sana15.06.2023
    Hajmi333.5 Kb.
    #73296
    Bog'liq
    Elektromagnit spektr
    guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim

    Elektromagnit toʻlqinlar

    Elektromagnit nurlanish energiya fazoda tarqalishining koʻplab yoʻllaridan biridir. Yonayotgan olovning issiqligi, quyosh nuri, doktorlar qoʻllaydigan rentgen nurlari, shu bilan birga, mikrotoʻlqinli pechda ovqat pishirish uchun ishlatiladigan energiya – bularning barchasi elektromagnit nurlanishning turlaridir. Ushbu energiya turlari bir-biridan ancha farq qilishi mumkin boʻlsa-da, ularning hammasi toʻlqin xususiyatlariga egaligi bilan bir-biriga bogʻliq.




    Elektromagnit spektr
    Elektromagnit toʻlqinlar turli xil toʻlqin uzunliklari yoki chastotalariga koʻra tasniflanishi mumkin; bu tasniflanish elektromagnit spektr sifatida tanilgan. Quyidagi jadval bizga koinotimizda mavjud boʻlgan barcha turdagi elektromagnit nurlanishlardan iborat spektrni koʻrsatadi.

    Guvohi boʻlib turganimizdek, koʻrinadigan spektr, yaʼni koʻzimiz bilan koʻradigan yorugʻlik mavjud boʻlgan har xil nurlanishlarning juda oz qismini tashkil etadi. Koʻrinadigan spektrning oʻng tomonida, koʻrinadigan yorugʻlikka qaraganda pastroq chastotadagi (va uzunroq toʻlqin uzunlikdagi) toʻlqin energiya turlarini topamiz. Ushbu toʻlqin energiya turlariga infraqizil (IQ) nurlar (issiq jismlardan tarqalgan issiqlik toʻlqinlari), mikrotoʻlqinlar va radiotoʻlqinlar kiradi. Bu turdagi nurlanish bizni doimo oʻrab turadi va zararli emas, chunki ularning chastotalari juda past. Buni biz hali “foton” boʻlimida koʻrib chiqamiz, past chastotali toʻlqinlar kamroq energiyaga ega boʻladi va shu sababli bizning sogʻligʻimiz uchun xavf tugʻdirmaydi.


    Koʻrinadigan spektrning chap tomonida ultrabinafsha (UB), rentgen va gamma nurlari mavjud. Ushbu turdagi nurlanish juda yuqori chastotaga (shuningdek, yuqori energiyaga) egaligi bois tirik organizmlar uchun zararli hisoblanadi. Aynan shuning uchun biz plyajda quyoshdan himoyalovchi losyon suramiz (quyoshning ultrabinafsha nurlarini toʻsish uchun) va rentgen nurlari mutaxassisi rentgen nurlari tanamizning tasvirlanadigan sohasidan boshqa joylariga tushmasligi uchun bizning ustimizdan qoʻrgʻoshin qalqonini joylashtiradi. Gamma nurlari eng yuqori chastota va energiyaga ega boʻlib, eng koʻp zarar yetkazadi. Yaxshiyamki, atmosferamiz kosmosdan kelayotgan gamma nurlarini yutadi va bizni zararlanishdan himoya qiladi.
    Download 333.5 Kb.




    Download 333.5 Kb.