• 15.2. Topshiriqni bajarish uchun qisqacha nazariy ma’lumotlar Object (obyektlar) tipi. Obyektlar
  • Misol. PHP dasturlash tilida obyektlar.
  • Resource (resurslar) tipi. Resurs
  • Masalaning yechilishi.
  • 15.3. Topshiriq variantlari
  • Mavzu: Veb-saytlarni ishlab chiqishning Backend tomonida AngularJs dan foydalanish




    Download 400,2 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana19.02.2024
    Hajmi400,2 Kb.
    #158829


    15-laboratoriya ishi 
    Mavzu: Veb-saytlarni ishlab chiqishning Backend tomonida AngularJs dan foydalanish 
    15.1. Ishning maqsadi va mazmuni.
    Ushbu tajriba ishining asosiy maqsadi Variant bо‘yicha yaratilgan sahifaning server tomonini 
    dasturlashda PHP funksiya va obyektlaridan foydalanish kо‘nikmasini hosil qilish hisoblanadi. 
    15.2. Topshiriqni bajarish uchun qisqacha nazariy ma’lumotlar
    Object (obyektlar) tipi. 
    Obyektlar – obyektga yо‘naltirilgan dasturlashdan kirib kelgan ma’lumot tipidir. Obyektga 
    yо‘naltirilgan dasturlash tamoyiliga kо‘ra, sinf – aniq xossalarga ega va ular bilan ishlaydigan metodli 
    obyektlar tо‘plami. Obyekt esa mos ravishda sinf nusxasidir. Masalan, dasturchilar – bu dasturni 
    tuzuvchi, kompyuter adabiyotlarini о‘rganadigan odamlar sinfi va bundan tashqari hamma odamlar 
    qatori ism va familiyasi mavjud. Endi agarda biror aniq dasturchi – Azamat Boboyevni olsak, u holda 
    uni shu xossaga ega bо‘lgan dasturchi sinfini obyekti sifatida qarash mumkin va u ham dastur tuzadi, 
    hamda ismi mavjud va boshqalar. 
    PHP dasturlash tilida obyekt metodiga murojaat -> amalidan foydalaniladi. Obyektni initsializatsiya 
    qilishda obyektni о‘zgaruvchan nusxasini yaratadigan new ifodasidan foydalaniladi. 
    Misol. PHP dasturlash tilida obyektlar. 
    // odam sinfini yaratamiz. 
    class Person 

    // PHP dasturlash tilini о‘rganadigan odam metodi 
    function know_php() 

    echo "Endi men PHP dasturlash tilini bilaman!"; 
    }

    $bob = new Person; // odam sinfini 
    // obyektini yaratamiz. 
    $bob -> know_php(); // uni PHP tiliga о‘rgatamiz. 
    ?> 
    Resource (resurslar) tipi. 
    Resurs – bu tashqi resursga (masalan, ma’lumotlar bazasi bilan bog‘lanish) ssilka orqali bog‘langan 
    maxsus о‘zgaruvchidir. Resurslar maxsus funksiyalar (masalan, mysql_connect(), pdf_new() va 
    shunga о‘xshashlar) yordamida yaratiladi va foydalaniladi. 
     
    Null tipi. 
    Maxsus NULL qiymati о‘zgaruvchini qiymatga ega emasligi haqida ogohlantiradi. 
    О‘zgaruvchi NULL qiymat qabul qiladi, agarda:
     
    unga о‘zgarmas NULL ($var = NULL) о‘zlashtirilgan bо‘lsa;


     
    unga hech qanday qiymat berilmagan bо‘lsa;
     
    unset()funksiya yordamida tozalangan bо‘lsa.
    NULL tipli faqat bitta qiymati mavjud – registrga sezgirligi kichik NULL kalit sо‘zidir.
    Masalaning yechilishi. 
    Endi bо‘limning boshida qо‘yilgan masalaga qaytsak. U turli sabablar bо‘yicha har xil odamlarga 
    tuzilgan maktubni jо‘natishdan iborat edi. Bu masalani hal etish uchun о‘rganilgan vositalardan – 
    о‘zgaruvchilar, amallar, о‘zgarmaslar, satrlar va massivlardan foydalanishga harakat qilamiz. 
    Kо‘rsatilgan maktub qabul qiluvchiga bog‘liq ravishda murojaat va holati о‘zgaradi, shuning uchun 
    tabiiy ravishda bu kattalikni о‘zgaruvchi deb belgilaymiz. Bundan tashqari hodisalar va odamlar kо‘p, 
    shuning uchun massiv о‘zgaruvchi tipidan foydalanish qulay. Maktub matni har doim о‘zgarmas, 
    shuning uchun uni о‘zgarmas deb berish maqsadga muvofiqdir. Juda uzun va qо‘pol satrlarni 
    yozmaslik uchun satrlar konkatenatsiya(qо‘shish) amalidan foydalanamiz. Shunday qilib, quyidagiga 
    ega bо‘lamiz:
    // bizning yozuvimiz
    // о‘zgarmas bо‘lsin. 
    define("SIGN","Hurmat bilan, Azamat");
    // odamlar va hodisalar massivini beramiz 
    $names = array("Ivan Ivanovich", 
    "Petr Petrovich", 
    "Semen Semenovich"); 
    $events = array( 
    "f" => "ochiq eshiklar kuni", 
    "o" => "kо‘rgazmaning ochilishi", 
    "p" => "bitiruvchilar bali"); 
    // taklifnoma matnini tuzamiz. 
    $str = "Hurmatli, $names[0]"; 
    $str .= "
     Sizni taklif etamiz ". 
    $events["f"]; 
    $str .= "
    " . SIGN; 
    echo $str; // matnni ekranga chiqaramiz. 
    ?> 
    Xulosa. 
    Shunday qilib, bu bо‘limda biz PHP dasturlash tilining asosiy sintaksisi bilan tanishib chiqdik, turli 
    tipdagi о‘zgaruvchilar, о‘garmaslar va amallar bilan ishlashni, PHP dasturlash tilidagi mavjud 
    tiplarini о‘rgandik. Massivlar va satrlar ma’lumot tiplari haqida gap ketganda ularni chuqur va 
    qismlarga ajratib о‘rgandik. Bu konstruksiyalar foydalanishga qulay va soddadir. Bular haqida keng 
    ma’lumotlar keyingi bо‘limlarda keltirilgan. Masalaning yechilishi bor bilimlarga asoslangan holda 
    sodda yechilgan, shuning uchun yechim amaliyotda qо‘llashga juda yaqin kelmaydi. Keyingi 
    bо‘limlarda bu kamchiliklarni tо‘g‘rilaymiz va elektron maktubni umumiy shablonini yaratamiz. 


    15.3. Topshiriq variantlari: 
    1. О‘zbekiston sporti veb sayti. 
    2. Elektron hujjat aylanishi tizimi. 
    3. Ijtimoiy tarmoq sayti. 
    4. Psixodiagnostik test tizimi. 
    5. Multimediali test tizimi. 
    6. Kutubxona axborot tizimi. 
    7. Masofaviy о‘qitish tizimi. 
    8. Axborot texnologiyalari tо‘g‘risida forum veb sayti. 
    9. О‘zbekiston meva-sabsavotlari veb sayti. 
    10. Toshkent tо‘yxona–restoran hizmatlari veb sayti. 
    11. Korxona moliya tizimini boshqarish axborot tizimi. 
    12. Restoran kafelar uchun “Mijoz-buyurtma” tizimi 
    14. Foto atelye veb sati. 
    15. Kino afisha axborot tizimi. 

    Download 400,2 Kb.




    Download 400,2 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Veb-saytlarni ishlab chiqishning Backend tomonida AngularJs dan foydalanish

    Download 400,2 Kb.
    Pdf ko'rish