Iplarni qayta o‘rash Ishnin maqsadi




Download 301,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.05.2024
Hajmi301,34 Kb.
#238066
  1   2   3
Bog'liq
1-Laboratoriya.uz



2-
Laboratoriya

 Iplarni qayta o‘rash
 
Ishnin maqsadi 
1.
To`quvchilik iplari o`ralgan o`ramalar turlari.
2.
Tanda va arqoq iplarini to`quvchilikka tayyorlash texnologik jarayonlari. 
3.
Qayta o`rashdan maqsad va bu jarayonning mohiyati. 
4.
Qayta o`rashga qo`yilgan texnologik talablar. 
To’qimachilik korxonalariga yigirilgan iplar naychalarda yoki g’altaklarda, 
kimyoviy iplar esa turli g’altaklarda yoki kalavalarda keltiriladi. 
Iplar o’ramalarining shakli birinchi navbatda ipni qanday tezlikda qayta
ishlashni belgilaydi. Zamonaviy o’rash jixozlarining texnik imkoniyati bu 
tezlikni 2000 m|min gacha bo’lishini ta`minlay oladi. Ipni o’ramadan chuvalib
chiqishidagi qarshiliklar ipda taranglik kuchlarini yuzaga keltiradi. O’z navbatida 
taranglik kuchlari ipni o’rash sifatiga ta`sir ko’rsatishi bilan birga uzilishlarga ham 
olib kelishi mumkin. Shuning uchun ip o’ramasi to’g’ri tanlanishi lozim.
To’qimachilik amaliyotida iplarni bobinalar shaklida o’rash tajribasi juda 
keng tarqalgan. Bulardan konus shaklidagi bobinalar texnologik jihatdan eng qulay
hisoblanadi. Konus bobinalarining oddiy konusli, o’tkir konusli va uch konusli
shakllari mavjud (3-rasm, a.b.v)
Uch konusli o’ramalar ipni chuvalib chiqishida ishqalanishni kamligi va
ip qatlamlarini bir-biriga kirishmasligi bilan ajralib turadi. Qayta o’rash
jarayonida ipdagi taranglik kuchini o’zgarishi ham nisbatan kam bo’ladi. 
3-rasm. Ip o’ralgan bobinalarning shakllari 
TSilindr shaklidagi o’ramalar (6.3-rasm, g, d) odatda yigiruv mashinalarida
hosil qilinadi. Ularni qayta ishlashda iplar qatlamlarini sidirilib chiqishi, ipni 
qo’shimcha buram olishi sababli qayta o’rash tezligi cheklangan. Ushbu
ko’rinishlardagi o’ramalarni hosil qilish zarurati yigirish mashinalarining
konstruktsiyasi bilan bog’liq. 


Ayrim turdagi iplar, jumladan qo’shimcha ishlov berilgan, bo’yalgan iplar 
kalava holatida yetkazib beriladi. Tashish xarajatlarini kamaytirish maqsadida 
kimyoviy iplarni g’altaksiz o’rama holida yetkazib berish tajribasi ham mavjud. 
O’ramalarda ipning o’ralish zichligi ip xom ashyosi va ishlab chiqarish 
texnologiyasiga bog’liq. Yigirilgan iplarni o’rash zichligi 0,40 g|sm
3
gacha, 
kimyoviy iplarni 0,7 – 0,9 g|sm
3
gacha bo’ladi. Elastik iplarni o’rash zichligi 0,2-
0,3 g|sm
3
bo’lib, ularni elastiklik xossalarini uzoq vaqt saqlab qolishi uchun qabul 
qilingan. 
Korxonaga keltiriladigan ip o’ramalarining turlicha bo’lishi ularni
noto’qima matolar ishlab chiqarishda bir xil shakl va o’lchamlarda qayta o’rashni 
taqozo etadi. 
Qayta o’rashda iplar asosan konus shaklidagi bobinalarga o’raladi. Bunda 
o’rama massasini oshirish, ipdan foydalanishda yengil chuvalib chiqishini
ta`minlash, ipdagi nuqson va notekis joylarni yo’qotish, ipni silliqlash,
tarangligini bir xilda bo’lishini ta`minlash vazifalari bajariladi. O’rash jarayonida
bobinalar borabanchalarga ishqalanish hisobiga friktsion usulda aylantiriladi. Bu 
usulda o’rash mexanizmida ilgarilanma-qaytma harakatlantiruvchi qismlar
bo’lmaydi. Odatda o’rash barabanchalarida vintsimon chiziqlar bo’ylab o’yiqlar
hosil qilingan bo’ladi. Iplar ana shu o’yiqlarda harakatlanadi va bobina kengligi 
bo’ylab suriladi.
Barabanchalarda 3 tagacha vint o’ramasi bo’ylab o’yiqlar bo’ladi. Bunday 
tuzilish barabancha aylanish tezligi va ipni o’rash tartibi orasida bog’lanish 
mavjudigini ko’rsatadi. Bir vint o’ramali barabancha bir marta aylanganda bir 
qatlam oxirigacha o’raladi. Ikki o’ramalida esa bitta qatlamni o’rash uchun 
barabancha ikki marta aylanishi lozim. Demak, barabanchadagi o’yiqlar o’ramasi 
soni ko’p bo’lsa iplarni bir birini kesib o’tish burchagi kamayadi va o’rash zichligi
ortadi. 
Kesib o’tish burchagini nazariy kattaligini quyidagi formuladan topiladi:


)
/(
2

Download 301,34 Kb.
  1   2   3




Download 301,34 Kb.
Pdf ko'rish