Bobinalarga qo’yilgan
talablar uni qaysi jihozda, qanday tezlikda va
tezlanishlar bilan ishlatilishiga qarab belgilanadi. Noto’qima matolar ishlab
chiqarishda ipni qayta ishlash tezligi turlicha bo’ladi. Bobina shakliga qayta o’ralgan
iplarni tandalash jihozlarida bitta katta g’altakka o’raladi. Bunday g’altakni tanda
g’altagi, jarayonni esa tandalash deb yuritiladi. Tandalashda ip 600-1000 m|min
tezlikda chuvalib chiqadi. Shuning uchun bobinadagi ip imkoni boricha ko’p
bo’lishi muhim hisoblanadi. O’z navbatida bobina o’lchamlarini katta bo’lishi ipni
chuvalib chiqishida taranglikni ortishiga olib keladi.
Bobina diametri katta
bo’lganda konus burchagi katta bo’lgan g’altaklar ishlatiladi. Shlyafxorst
firmasining tajribalariga asosan konus burchagini 5
o
57
'
dan 11
o
gacha oshirish
imkoni mavjudligini tavsiya etadi.
Noto’qima matolarni ishlab chiqarish mashinalarini
bevosita bobinalardan
ta`minlanganda tezlik uncha katta bo’lmasligi o’ziga xos sharoitni yuzaga keltiradi.
Bunday tezlikda ip ballon hosil qilmasdan bobinaga ishqalanib chuvalib chiqadi.
Ishqalanishni kamaytirish maqsadida konus burchagi tezlikka mos ravishda ortib
borishi maqsadga muvofiq.
Trikotaj matolari ishlab chiqarish uchun deyarli barcha iplarni mumlash
(parafinlash) amalga oshiriladi. Ipdagi mum miqdori
uni bobinadan chiqishida
o’ziga xos rol o’ynaydi. Ipda parafinni bir xilda va bir tekisda qoplanishi uchun uni
nazorat qilinadigan usulda amalga oshirish lozim bo’ladi. Shuning uchun konus
burchagini, ipni parafinlash usulini va qayta o’rash sharoitini maqbul qiymatlarni
tanlash zarur.
Ayrim hollarda iplarni bobinalardan ta`minlash davriy o’zgaruvchan tezlikda
amalga oshiriladi. Bunda ip o’rtacha tezlik va tezlanish bilan uzatiladi. Bunday
hollar uchun tezlik va ishqalanishning salbiy ta`sirlarini
kamaytirishga intilish
lozim. Ipni konus burchagi uncha katta bo’lmagan (4
o
20
gacha) g’altaklarga 83-
125 mm uzunlikda o’rash shunday sharoitlarni ta`minlaydi. O’ramaning
geometriyasi bilan bir qatorda iplarni kesib o’tish burchagini ham katta bo’lishi
ma`qul. Bunday o’ramada o’rash zichligi kam bo’lsada, u qattiq va turg’un bo’lib,
ipni chigallanib, sirpanib chiqishi kuzatilmaydi.
Har qanday bobinaga ipni o’rashda qo’shimcha o’rash lozim bo’ladi.
Qo’shimcha ip odatda o’rash jarayoning boshlanishida konus g’altagining oxiridagi
bo’sh joyga o’ralgan bo’ladi. Bunday bobinadan ta`minlanganda ishlatilayotgan
bobinadagi ipning orqa uchi zahiraga qo’yilgan bobinadagi ipning bosh uchi bilan
ulab qo’yiladi. Shu yo’l bilan ishchi bobinada ip tugaganda jihozni to’xtatmasdan
ta`minlashni davom ettiriladi. Shlyafxorst firmasining so’nggi modeldagi o’rash
avtomatlarida bobinalarning quyi va yuqori qismiga qo’shimcha ip o’rash amalga
oshiriladi.
Tanda g’altaklari tsilindr shaklidagi o’rama bo’lib, unga bir necha yuzlab iplar
parallel tarzda o’raladi. G’altakdagi iplarni o’rash kengligi doimiy bo’lishi uchun,
g’altak ikki tomonida gardish (flants) bilan cheklanadi. O’rash kengligi odatda
to’qimaning enidan bir oz katta bo’ladi. Shuning uchun g’altakka o’raladigan iplarni
bir tekisda va bir xil taranglikda bo’lishini ta`minlash qiyin.
Noto’qima mato ishlab chiqarishda jihozlarning tezliklarini yuqori bo’lishi,
g’altakda ip uzunligini mumkin qadar oshirishni taqozo etadi. Mashinalarning ishchi
kengligini kattaligi esa g’altakni uzun bo’lishini talab etadi.
Bunday talabni
qondirish imkoniyati cheklangan hollarda bitta o’qga o’rnatilgan bir necha tanda
g’altaklaridan ta`minlanadi. Shuning uchun ham tanda g’altagining o’lchamlari,
unga ipni sifatli o’rashga katta e`tibor qaratilmoqda.
G’altakka ipni o’rash zichligi ham muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Bunda
tanda g’altagi qanday jixozga o’rnatilishi, ishlab
chiqariladigan mato turi,
jixoz tezligi va iplar sonini hisobga olinadi. Masalan, to’qib-tikish yoki tafting
mashinasi uchun o’rash zichliklari turlicha bo’ladi. Ipni bo’yash lozim bo’lganda
zichlik odatdagidan ancha kam bo’lishi lozim.