Ip gazlama to’qimalarini to’qishni texnologik jaryoni




Download 301,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana16.05.2024
Hajmi301,34 Kb.
#238066
1   2   3
Bog'liq
1-Laboratoriya.uz

 


Ip gazlama to’qimalarini to’qishni texnologik jaryoni 
Suniy va sintetik to’qimalarni to’qish uchun iplarni to’quvchilikga tayyorlash 


Shoyi to’qimalarni to’qish jarayoni
Yigiruv, pillakashlik, ip pishitish va kimyo zavodilarda ishlab chiqarilgan 
iplar to`quvchilik korxonalariga turli o`ramalarda keltiriladi. Yigirilgan iplar qog`oz 
naychalarda yoki bobinalarda, tabiiy ipak yigirilganda, pishitilgan iplar bobina yoki 
gardishli g`altaklarda, kimyoviy iplar bobinalarda keltiriladi. 
Iplarini qayta o`rashdan asosiy maqsad to`qimachilik matolarni ishlab 
chiqarishni iqtisodiy samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashdan 
iborat. Qayta o`rash jarayonida ip nazoratdan o`tib nuqsonlari (yo`g`on va ingichka 
joylari) bartaraf etiladi va turli xas cho`plardan tozalanadi. Qayta o`rash natijasida 
ip sifati yaxshilanib, ulardan sifatli trikotaj va to`qima matolar ishlab chiqariladi. 
To`qimachilik matolar ishlab chiqarishni yuqori unumli usul va dastgohlarini 
yaratilishi qayta o`rash jarayoni ahamiyatini yanada oshiradi. 
-rasmda qayta o`rash jarayonlarining umumiy texnologik sxemasi ko`rsatilgan.


4-rasm. Qayta o`rash jarayonlarining umumiy texnologik chizmasi 
Yigiruv mashinasidan keltirilgan naycha 1, qo`zg`almas naycha tutgichga 
o`rnatilgan. Naychadan chuvalanib chiqayotgan ip yo`naltiruvchi chiviq 2 ni egib 
o`tib, taranglovchi asbob 3, tozalovchi - nazoratchi asbob 6, o`zi to`xtatguvchi 
mexanizm chivig`i 7 ni egib o`tadi. So`ngra ip yurgizgich orqali o`tib, aylanma 
harakatdagi patron 9 ga o`raladi. 
Agar ip, yigirilgandan qayta o`ralishi kerak bo`lsa, yigirilgan maxsus charxga 
o`rnatiladi va qayta o`rash jarayonida u bilan aylanadi. Yigirilgandan chuvalanib 
chiqayotgan ip yo`naltiruvchi chiviqdan o`tib, tozalovchi-nazoratchi asbob
to`xtatuvchi chiviq, ip yurgizgich orqali bobinaga o`raladi. 
Yigirilgandan chuvalib chiqayotgan ipga kerakli miqdorda taranglik berish uchun 
charx cho`piga kiydirilgan qayish yoki ip pilta yordamida yuk osiladi. 
O’rama shaklilari . 
Parallel o’rama uchun: 
 
1 - tsilindrik
2 - bochkasimon
3 - trapetsiyasimon 
a)
Krestsimon o’rama uchun: 
1 - tsilindrik. 
2 - konussimon. 
b)
Qayta o`rashga qo`yilgan texnologik talablar. 
Ipni qayta o`rash jarayoni quyidagi texnologik talablarga javob berishi zarur: 
- Ipning fizik- mexanik xususiyatlari yomonlashmasligi (pishiqligi va elastikligi 
saqlanib qolishi); 


- O`ramadagi o`ramlar tuzilishi ipni keyingi jarayonlar (tandalash va to`quvchilik)da
yengil chuvalab chiqib, bu jarayonlarni katta tezlikda bajarilishini ta`minlash; 
- Bobinalardagi ipning uzunligi iloji boricha katta bo`lib, xamma guruhlar 
(partiyalar)dagi barcha bobinalarda bir xil bo`lishi; 
- Iplarning tarangligi doimo o`zgarmasdan va xamma bobinalarda bir xil bo`lishi 
kerak; 
- Iplarning uchlari pishiq ulangan bo`lib, ulangan joy yo`g`onlashmasligi va 
keyinchalik to`qimani sirtqi ko`rinishiga salbiy ta`sir etmasligi kerak; 
- Qayta o`rashda chiqindilar iloji boricha kam bo`lishi kerak; 
Jarayon serunumli va kam mehnat talab etilishi maqsadga muvofiq. 
Muhokama uchun savollar: 
1. Qayta o`rash jarayoniga qanday texnologik talablar qo`yilgan? 
2. Qayta o`rashda ipning xossalariga qanday o`zgarishlar kuzatiladi? 
3. Nima uchun bobinalarga qayta o`ralayotgan iplar partiyasining tarangligi bir 
xilda saqlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi? 
 

Download 301,34 Kb.
1   2   3




Download 301,34 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ip gazlama to’qimalarini to’qishni texnologik jaryoni

Download 301,34 Kb.
Pdf ko'rish