• Birinchi operatsion tizim
  • Birinchi operatsion tizim




    Download 18,03 Kb.
    bet1/6
    Sana07.12.2023
    Hajmi18,03 Kb.
    #113310
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    o s

    Operatsion tizimlar tarixi — birinchi kompyuterlarda operatsion tizimlar boʻlmagan. Oʻsha davrda birinchi kompyuterlarda ishlaydigan har bir dastur kompyuterda ishlash uchun zarur boʻlgan barcha kodlarni oʻz ichiga olishi, oʻrnatilgan apparat bilan aloqa qilish va dastur bajarishi kerak boʻlgan hisob kitoblarni bajarishi kerak edi. Bu holat hatto eng oddiy dasturlarni ham juda murakkab holga keltirardi. Ushbu muammoga javoban markaziy kompyuterlar egalari kompyuterga kiritilgan dasturlarni yozish va bajarishni osonlashtiradigan tizimli dasturiy taʼminotni ishlab chiqa boshladilar va shu bilan birinchi operatsion tizimlar dunyoga keldi. Operatsion tizimlar evolyutsiyasi yettita asosiy bosqichdan oʻtgan.

    Birinchi operatsion tizim


    • Birinchi operatsion tizim

    Kompyuterlar uchun birinchi operatsion tizim GM-NAA deb atalgan. U 1955-yilda General Motors vakili Robert Patrik hamda North American Aviation vakli Ouen Mok tomonidan tuzilgan. U tizim monitorlariga asoslangan va faqat katta mashinalarda ishlashga moʻljallangan. GM-NAAʼning asosiy vazifasi eski dastur tugashi bilan yangi dasturni avtomatik ravishda bajarishdan iborat boʻlgan. Meinfreym — bu katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash va katta hajmdagi maʼlumotlarni saqlash uchun moʻljallangan. Shuningdek, katta hajmdagi xotiraga ega boʻlgan yuqori unumdor kompyuter (superkompyuter)dir. Dastlabki meinfreym kompyuterlar 1940- 1950-yillarda ishlab chiqarilgan boʻlib, birinchisi ENIAC kompyuteri 1947-yilda AQSHda ishlab chiqarilgan va u operatsion tizimlarga ega emas edi. Keyinchalik 1964-yilda IBM tomonidan yaratilgan boʻlib, u IBM System/360 deb nomlangan.

    Meinfreymlar uchun operatsion tizim Meinfreymlar bugungi kunda ham mavjud boʻlgan yirik korporativ maʼlumotlar markazlarida katta, koʻp qirrali mashinalar koʻrinishidagi butun zallarni egallagan. Bunday kompyuterlar shaxsiy kompyuterlardan maʼlumotlarni kiritishchiqarish hajmi bilan farq qiladi. Meinfreymlar kuchli veb-serverlar, yirik onlayn-doʻkonlar uchun serverlar va korxonalararo tranzaktsiyalar uchun serverlar sifatida ishlatiladi.


    Download 18,03 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 18,03 Kb.