Reja: Morfema eng kichik ma’noli qism




Download 19,68 Kb.
Sana30.11.2023
Hajmi19,68 Kb.
#108751
Bog'liq
MORFEMIKA


MORFEMIKA
Reja:
1.Morfema eng kichik ma’noli qism.
2. Morfemalar vazifasiga ko‘ra so‘z yasalishi.
3. Morfemalarning ma’no va vazifasiga ko’ra turi.
Morfemika so‘zning eng kichik ma’noli qismlari haqidagi taiimotdir. Bu kichik qismlar tilshunoslikda m orfem alar deb yuritiladi. Masalan, paxtakorlarimizga so‘zi paxta, -kor, -lar, - irniz, -ga qismlaridan iborat. Bu qismlar turli xil so‘zlar tarkibida qatnashib, o‘ziga xos ma’nolar ifodalaydi. Bu qismlar yana boiinadigan boisa, uning ma’nosi yo‘qoladi. Demak, morfema so‘zning eng kichik ma’noli qismidir.
Morfema tarkibiga ko‘ra fonemalar kompleksidan, ba’zan bitta fonemadan iborat bo‘ladi. Masalan, u-ni, kitob-i. Morfema so‘z tuzilishida zarur boigan eng kichik ma’noli qism sifatida yasama so‘zlaming ham, socz shakllarining ham tarkibiga kiradi va shu shakllarda ajratiladi. Boshqacha aytganda, morfema affikslari boigan so‘zlardagina ajratiladi. Masalan, gulzor, paxtakor, temirchilik, о ‘qiganman kabilar morfemalarga ajratiladi, ammo uy, kitob, olma, oq, k o ‘m-ko‘k kabi so'zlar morfemalarga ajratilmaydi. Ular yaxlit so'zlardir.
Morfemalar vazifasiga ko‘ra so‘z yasalishiga ham so‘z o'zgarishiga ham aloqadordir. Masalan, temir-chi so‘z yasash, hodisasi, temir-ni shakl yasash hodisasidir. Ko'rinadiki, «yasash» termini (keng ma’noda) hosil qilish ma’nosini ifodalaydi. Morfema eng kichik ma’noli qism sifatida shu tilda (o'zbek tilida) so‘zlovchilaming xotirasida saqlanadi. Bu esa so'zlami ma’nosi anglashilib turadigan qismlarga ajratish va, aksincha, xotirada mavjud boigan morfemalar asosida yangi so'z yasash yoki so‘zlami turli grammatik shakllarga ko‘ra o‘zgartirish imkoniyatini beradi.
Shu jihatdan qaraganda, morfema, hammadan burun, tilning eng muhim elementidir. Biroq morfema o‘z holicha xotirada saqlanib qoladigan narsa boiibgina qolmay, balki grammatik shakllaming tuzilishida ham ishtirok etadi. Bu jihatdan esa morfema til elementi boiishi bilan birga, ayni zamonda nutq elementi ham hisoblanadi.
Morfema biror so‘z doirasiga kirmay turib, leksik yoki grammatik qiymatga ega boimaydi. Masalan, -chi morfemasi garchi 6 o‘zbek tilida shaxs oti yasovchi element sifatida xotirada saqlansada, ammo bunda konkret biron shaxs oti nazarda tutilmaydi.
Shuningdek, -ni affiksi tushum ma’nosidagi til elementi sifatida xotirada saqlansa ham, u konkret so^zning tushum kelishigi ma’nosini bildirmaydi. Morfemaning leksik yoki grammatik xarakterdagi konkret ma’noga ega boiishi faqat nutqda, ya’ni gapda yuzaga keladi. Shuning uchun so4zIaming morfemalarga boiinishi nutq jihatidan emas, til jihatidandir.
Hozirgi o‘zbek tilida mavjud boigan so‘zlaming morfologik tuzilishi tahlil qilinar ekan, unda ajratiladigan har bir morfema hozirgi paytda anglanishi, ya’ni m a’nosi tusbunarli boiishi shart.
Shuning uchun hozirgi o‘zbek tilidagi morfemalami so‘zning hozirgi davrda tushunarli boigan, xotirada til elementi sifatida saqlanadigan eng kichik ma’noli qismlari deb ta’riflash mumkin. Masalan, talabalar-ning, san ’at-kor-lar-imiz-ning, tin-ch-lik~ parvar-lik, mustaqil-lik-ni kabilar. Qo‘shimchali sodda so"zlami (o‘zak va qo‘shimcha) morfemalarga ajratish tartibini qo‘shma, juft va takroriy so‘zlarga tadbiq qilinishi u qadar to‘g ‘ri boimaydi. Chunki bu so‘zlar tarkibidagi har bir qism (komponent) aslida so‘zga xos boigan grammatik tugallikka ega. Shuning uchun bu qismlar ma'lum «ichki» grammatik munosabatda boiadi. Masalan, Yangiyer, oshqozon, uchburchak, beshbarmoq (ovqat) Yangiobod, Mirzacho‘l, otquloq, osh-non, qozon-tovoq, baland-past, qop-qop (bug‘doy), tog‘-tog1 (paxta), k o ‘m-ko ‘k (osmon) kabi qo"shma, juft va takroriy so‘zlaming har biri grammatik jihatdan to ia shakllangan so‘zdan tashkil topgan.
Bundan tashiari, ular tarkibida affikslar ham yo‘q. Ammo ba’zi qo‘shma va juft so‘zlarda affiks morfemalar boiishi mumkin. Bunday paytda ular morfemalarga ajratiladi. Masalan, kun-ga-boq-ar, muzyor-ar, ol-ibsot-ar, qo '1-ma-qo 7, kun-dan-kun-ga, oy-ma-oy kabi. Shunday qilib, morfema so‘zning hozirgi paytda yangidan ma’noli qismlarga boiinmaydigan har bir o‘zagi, har bir qo4 shimchasidir.
Morfemalar ma’no va vazifasiga ko4ra 2 xil boiadi: 1. 0 ‘zak morfema. 2. Affiksal morfema.
0 ‘zak morfema. O'zak morfema so'zning leksik ma’nosini bildiruvchi asosiy qism boiib, qo4shimchalar shu o‘zak bilan birgalikda qo4llanadi. Shunga ko4ra, o4zak morfema asosiy morfema, affiksal morfema esa ergash yoki yordam chi morfema deb ham yuritiladi. 0 4zak morfema so‘z yasalishi uchun ham, shakl yasalishi uchun ham asos hisoblanadi. U so4zning semantik yadrosini tashkil etadi. Masalan, paxtakor, paxtazor, paxtachilik kabi so‘zlarda paxta - so4z yasalishi uchun asos boiyapti. Paxtani, paxtaning, paxtalar kabi so‘zlarda u shakl yasalishi uchun asos hisoblanadi. So‘zga turli xil morfemalar qo4shilib kelganda ham, o ‘zakning ma’nosi o‘zgarmaydi. Undan yasalgan yangi so‘zlaming - yasalmalaming ma’nosi har vaqt o‘zak morfemaning ma’nosi bilan bogiangan, shu ma’noga asoslangan bo4ladi. Masalan aql, katta, temir, arava, ter, о V kabi so‘zlardan yasalgan katta-lik, temir-chi, arava-kctsh, ter-im, o ‘r-oq kabi yasalmalaming ma’nosi yuqoridagi so‘zlaming ma’nosiga asoslanadi. O'zakning qo‘shimchaga nisbatan yetakchi ekani faqat semantik jihatdandir. Shunki u so‘zning tarkibiy elementi til birligi boigan so‘zlar singari hali m aium grammatik qoida va qonunlar ta’sirida boimaydi. Shuning uchun ham o4zak grammatik qiymatga ega bo4 Igan birlik deb emas, balki leksik qiymatga ega bo4 Igan eng kichik butunlik deb baholanadi. 0 4zak morfema yasama bo4lmaydi. U faqat tub boiadi.
Yasama o‘zak deyish - bu so‘zda ikki va undan ortiq o4zak bo4lishi mumkin demakdir. Masalan, terimchi so‘zining ter - (tub) va terim - (yasama) o‘zaklariga, bilimdonlik so4zining bil - (tub) bilim -(1 -yasama), bilimdon - (2-yasama) o‘zaklarga ajratish lozim bo4ladi.
Vaholanki, bu so4zlarda bittadan {ter va bil) o4zak morfema bor. Demak, bitta so‘zda faqat bitta o‘zak boiadi. G ‘zak faqat qo‘shimchali so‘zlardagina mavjud.
So‘zni o‘zak va qo‘shimchaga ajratishning ikki sharti bor: 1. 0 ‘zak deb ajratiladigan qism bugungi tilda mustaqil ma’no ifodalashi, boshqa qo‘shimchalar qabul qila olishi shart. 2. Qo‘shimcha deb ajratiladigan qism esa boshqa o'zakka ham qo‘shila olishi shartdir. Masalan yig'-im, ter-im, y ig '-та, kos-ma, bos-iq, to's-iq, o ‘r-im, bos-im kabi. Ta’kidlanganidek, o‘zak avvalo, so‘zdagi asosiy tub, eng tub leksik ma’noni ifodalaydi. U so'zning semantik yadrosini tashkil qiladi. Bu ma’no hali obz xarakteriga ko‘ra konkretlashmaganligi uchun abstrakt ma’no hisoblanadi. Ammo o‘zbek tilida o‘zakning ma’nosi faqat abstrakt (mavhum) boiadi, deyish unchalik tQ-g'ri boimaydi. Ya’ni o‘zakning ma’nosi ham konkret, ham abstrakt boiadi. Masalan, terim, terma so‘zlarining o4zagi birinchisida «yigishtirib oiish» (paxtani), ikkinchisida narsalami (shaxslarni) «to‘plash», «tanlash» (terma komanda) ma’nosini ifodalaydi. Bu holatda o'zak abstrakt ma’no ifodalagan. Ammo paxtani, paxtaning kabi so‘zlaridagi paxta - o‘zagi ma’lum bir narsa tushunchasini (konkret ma'noni) ifodalagan.
Demak, o‘zbek tilidagi o‘zak ham konkret, ham abstrakt ma’no ifodalaydi. O'zakning ma’nosi ba’zi so‘zlarda so‘zning aniq leksik ma’nosiga teng kelsa, ba’zi so'zlarda teng kelmaydi. Masalan, kitobdan so'zining leksik ma’nosi shu so‘zning o ‘zagi - kitob anglatgan ma’noga teng keladi. Shu oiinda, demak, o ‘zakning ma’nosi leksik ma’nodan iborat. Ammo boshliq, boshla, boshqarma so'zlarining leksik ma’nolari bosh (golova) o‘zagi anglatgan ma’nodan farq qiladi. Chunki yuqoridagi so'zlaming o‘zagi bosh - o ‘sha so'zlarning leksik ma’nolarini ifodalamaydi, balki shu so^zlarning asosida yotgan umumiy, abstrakt tushunchani ifodalaydi. Bu tushuncha alohida bosh - (golova) so‘zininggina leksik ma’nosi boiishi mumkin.
0 ‘zak morfema o‘z konkret ma’nosidan uzoqlashib, umumiy xarakterda , ma’no ifodalaydigan vositaga, ya’ni affiksal morfemaga aylanishi mumkin. Masalan, oshxona, ishxona, choyxona, talabnoma, taklifnoma, ruxsatnoma kabi so‘zlardagi xona, noma elementlari shu o‘rinda bir ish faoliyat joyi ma’nosini, biror narsa turi ma’nosini ifodalovchi qo‘shimchaga aylangan.
Download 19,68 Kb.




Download 19,68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Morfema eng kichik ma’noli qism

Download 19,68 Kb.