MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK
JARAYONNI TASHKIL ETISHNING SHAKLLARI
Nigora Raximovna Abdullayeva
Kamola Vaxidjon qizi Yuldasheva
Qo‘qon davlat pedagogika instituti
Annotatsiya:
Ushbu makolada bolalarda bolalar bog‘chasida bolalar hayotini
tashkil etish har tomonlama tarbiyalash vazifalariga kompleks yondoshish asosida,
ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli va metodlari birligi asosida kursatib utilgan.
Kalit suzlari:
bolalar, tarbiya, vazifalar, metodlar, shakli, sog‘lomlashtirish,
fiziologlar, psixologlar, pedagoglar, printsiplar, rivojlantirish, jamoatchilik
FORMS OF ORGANIZING THE PEDAGOGICAL PROCESS IN
PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS
Nigora Rakhimovna Abdullayeva
Kamola Vakhidjon kizi Yuldasheva
Kokand State Pedagogical Institute
Abstract:
In this article, the organization of children's life in kindergarten is
shown based on a comprehensive approach to the tasks of comprehensive education,
on the basis of the unity of the content, form and methods of education.
Keywords:
children, education, tasks, methods, form, rehabilitation,
physiologists, psychologists, pedagogues, principles, development, public
Bolalar bog‘chasida bolalar hayotini tashkil etish har tomonlama tarbiyalash
vazifalariga kompleks yondoshish asosida, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli va
metodlari birligi asosida quriladi. Hayotning tashkil etish-bu hayot faoliyatning
asosiy jarayonlarini turli yosh guruhlaridagi bolalarning yakka, kichik guruhlar va
umumiy guruhlar shaklidagi faoliyati va ta’limini maqsadga muvofiq joriy etish,
birga qo‘shib olib borish va navbatlashtirib turish, shuningdek har bir bolani har
tomonlama va garmonik tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun zarur sharoit
yaratishdir.
Hozirgi paytda bolalar bog‘chalarida o‘quv tarbiya jarayoni sifatini oshirish va
bolalar hayotini tashkil etish zarurati vujudga keldi. Bolalar bog‘chalari ta’lim-
tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish ishining barcha bosqichlarida bolalarning yosh
guruhlaridagi hayotini tashkil etish takomillashib kelgan va bunga fiziologlar,
psixologlar, pedagoglar:
"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / http://oac.dsmi-qf.uz
Volume 4 Issue 3 / June 2023
681
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
- E.I.Tixeeva, E.A.Flerina, A.P.Usova, N.M.Shelovanov, N.M.Aksarinalarning
tadqiqotlari asos bo‘lgan. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi bolalar hayoti va
faoliyatini tashkil etishning quyidagi umumiy printsiplarini ishlab chiqqan:
1. Bolalarning har bir yosh guruhlardagi birgalikda hayot tarzi. Bu printsip
asosida guruhdagi barcha bolalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni
jamoatchilik ruxida tarbiyalash uchun bir xil sharoitni ta’minlash ko‘zda tutiladi.
2. Guruhlarni komplektlashning yosh printsipi bolalarning har bir guruhida bir
yoki ikki yoshning bo‘lishni taqozo etadi va ularning yosh xususiyatlarini xisobga
olgan holda ta’lim va tarbiya jarayonini ta’minlaydi.
3. Guruhning bolalarini har tomonlama faoliyati va muloqoti uchun zarur
moddiy muhitini yaratish. Bu printsipga ko‘ra guruhlar xonalarini va uchastkalarini
pedagogik gigienik va estetik talablarining yagona birligi asosida jixozlash va
obodonlashtirish amalga oshiriladi.
4. Kun tartibining doimiyligi va yosh xususiyatiga bog‘liqligi. Ilk va
maktabgacha tarbiya yoshida asosiy hayotiy faoliyatri bir xil emas. Ilk yoshdagi
birinchi va ikkinchi guruh bolalarining o‘z xatti-harakatini idora etishdagi ixtiyoriy
qobiliyatining yo‘qligi nochorligi ular hayotini tashkil etishda har bir bolaga
parvarish uchun ko‘p vaqt ajratish zaruratini keltirib chiqaradi. Kun tartibini
bajarishda o‘z-o‘zini tashkil eta olish ko‘nikmasi tufayli mashg‘ulotga, o‘yinga,
mehnatga vaqt qoladi.
Bolalar hayoti bu faqat kattalarning bo‘lg‘usi hayotiga tayyorgarlik emas,
bolalalik davri bolalarni qiziqtiradigan va uni zavqli qiladigan, ular tomonidan
ijtimoiy tajribaning o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan rang-barang faoliyat bilan
qiziqarlidir.
5. Turli faoliyat ko‘rinishlarini (o‘yin, mehnat, ta’lim) joriy etish: ularning kun
tartibidagi o‘rni, bolalarning rivojlanish darajasiga ko‘ra bu faoliyat turlarini qo‘shib
va navbatlashtirib turish, bola shaxsiningshakillanishidagi roli.
Kun mobaynida o‘yinlar, mehnat va ta’lim uchun vaqt ajratiladi. Ularning
bolalar bog‘chasidagi turli guruhlaridagi o‘rni bolalarning yosh imkoniyatlariga
yakka tarzda yoki guruh bo‘lib harakat qila olish ko‘nikmasiga, bir-birlari bilan
muloqotda bo‘la olish malakasiga bog‘liq. O‘yin faoliyati va boshqa faoliyat
turlarining asta-sekin kuchaya borishi ham ahamiyatga ega bo‘la boradi.
6. Yosh guruhlarida bolalar hayotini ular hayoti va sog‘ligini muhofaza etishga
yo‘naltirilgan holda tashkil etish. Mazkur printsip asosida yasli bog‘chalaridagi yosh
guruhlari uchun xonalar ajratiladi, mebel va jihozlar tanlanadi, qo‘llanma va
materiallar joylashtiriladi, ovqat tayyorlanadi, chiniqish sistemasi va harakat faoliyati
rejimi joriy etiladi. Tarbiyachilar, enagalar va bolalar, shuningdek bolalar o‘rtasidagi
munosabatlarda vazminlik, olijanoblik, insonparvarlik ruhi hukum suradi. Ziddiyatlar
oldi olinadi va odilona hal etiladi, bolalar asabiyligining payi qirqiladi.
"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / http://oac.dsmi-qf.uz
Volume 4 Issue 3 / June 2023
682
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
7. Bolalar hayotini tashkil etishda estetik talablarga rioya qilish ulardan faqat
xonalarni jihozlashda foydalanishni emas, balki pedagogik jarayonda foydalanishni
ham ko‘zda tutadi.
Bolalar bog‘chasiga kelishi bilan bolaning ijtimoiy ahvoli ham o‘zgaradi. U
oilada cheklangan miqdordagi odamlar bilan muloqotda bo‘lar, ko‘proq oila a’zolari
diqqat markazida bo‘ladi. Maktabgacha tarbiya muassasasida esa u bolalar jamoasi
a’zosiga, boshqa bolalar tengdoshiga aylanadi. Shu tufayli bolaga psixologik jihatdan
o‘zini qayta qurishga o‘z xulqini o‘zgartirishga, notanish katta kishilar va
tengdoshlari bilan aloqaga kirishga to‘g‘ri keladi.Bularning barchasi bola faoliyati va
xulqida shakllangan odatlarning buzilishiga olibkeladi, undan yangi sharoitlarga
biologik va ijtimoiy jihatdan moslashishni talab qiladi.
Biologik qayta qurish bolaning maktabgacha tarbiya muassasidagi dastlabki
kunlarda ham kechadi. U kun tartibida belgilangan yangi havo va yorug‘lik rejimiga,
ovqatlanishdagi o‘zgarishlarga ko‘nikishi lozim. Biologik moslashish qatorida
ijtimoiy moslashish amalga oshiriladi, ya’ni o‘z xulqini yangi ijtimoiy sharoitga ko‘ra
o‘zgartirish qobiliyati hosil qilinadi.
Bola oila a’zolari o‘rtasidagi munosabat normalarini o‘zlashtira boshlaydi, ular
asosida esa xulqning elementar ko‘rinishlari shakillanadi. Bola bog‘chaga kelishi
bilan shakllangan xulqiy odat va munosabatlar anchao‘zgaradi. U tengdoshlari bilan
faol aloqaga kirisha boshlaydi. Uning hayoti oila a’zolari tomonidan emas, balki
kattalar tomonidan yangi qoida va rejimga ko‘ra tashkil etiladi, unga yangi talablar
qo‘yiladi.
Biologik va ijtimoiy moslashishilar o‘zaro bog‘liq va ular bir-birini taqoza etadi.
Bolalarning o‘zlashish imkoniyatlari o‘rtasida katta farq mavjud ular ayniqsa bolalar
bog‘chasida bo‘lishning daslabki kunlarida yorqin namoyon bo‘ladi. Juz’iy ijtimoiy
muhitdagi o‘zgarishlarni ko‘proq 9 10 oylikdan 1,6 yoshgacha va 3 yoshda 3,5
yoshgacha bo‘lgan bolalar kiyinroq kechiradilar. engil moslashishdan nutqiy
faollikning susayishida, xatti-harakatdagi ba’zi buzulishlarda, uyquning va
ishtaxaning yomonlashuvida namoyon bo‘ladigan qisqamuddatli salbiy ruhiy holat
kuzatiladi. Odatda, bu holatlar bolalar bog‘chasida bo‘lishning dastlabki ikki xaftasi
davomida kechadi.
O‘rta darajadagi moslashish xatti-harakatdagi birmuncha katta va uzoq davom
etadigan siljishlarda ifodalanib, u faqat oyning oxirida normallashadi. Bola qisqa vaqt
ichida ozadi nutqi buziladi, asoratlarsiz tugaydigan engil 7-10 kun davom etadigan
kasalliklar vujudga keladi.
Og‘ir moslashishda bolaning ko‘nikishi uzoq va murakkab kechadi, ba’zan bir
necha oyga cho‘ziladi. U tez-tez qaytalanib turadigan, asoratli kechadigan kasalliklar,
xatti-harakatlarning barqaror buzulishi, qator holatlarda asabiy holatlar birgalikda
"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / http://oac.dsmi-qf.uz
Volume 4 Issue 3 / June 2023
683
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
voqe bo‘ladi. Jismoniy rivojlanishning susayishi, nutq va ruhiyatda o‘sishning
kechishi kuzatiladi.
Moslashish davrining qiyinchiliklari, moslashishga oid siljishlarning
ifodalanganlik darajasi tarbiyaning ilgarigi sharoit bilan ham uzviy bog‘liqki, uning
ta’siri ostida bolaning oliy nerv faoliyati sistemasi shakllanadi.
Bolani ijtimoiy tarbiya sistemasiga olib kirish bosqichma-bosqich amalga
oshiriladi. Tayyorlov bosqichdagi pediatriya xizmati, ota-onalar va maktabgacha
tarbiya muassalarining kuch-g‘ayrati bola organizmini yangi sharoitdagi hayotga,
tayyorlashga uning biologik moslashishini engillashtirishga qaratilgan bo‘ladi.
Bunga quyidagicha erishiladi:
a) bola kun rejimini bolalar muassasasi rejimiga o‘ta yaqinlashtirish bilan;
b) uni rejim jarayonlariga faol qatnashtirish bilan;
v) chiniqtiruvchi usullardan keng ravishda kompleks foydalanish bilan;
g) bola organizmi ish qobiliyatini o‘stirish uchun zarur harakat faolligini
oshirish bilan.
Ota-onalarning pedagogik savodxonligi va ularning tarbiyachilar bilan aloqa
o‘rnatishi ushbu talablarni amalga oshirishning shartidir. Ota-onalar yakka suxbatlar,
eslatishlar orqali bola hayotining tayyorlov davrida tashkil etishga oid tavsiyalar
oladilar. Bolani bolalar muassasasidagi yangi sharoitlar talablariga o‘rgatish izchil
tarzda amalga oshiriladi. Bir xafta davomida bola bolalar bog‘chasida 2-3 soatdan
ko‘p bo‘lmaydi. Bu vaqt uning ruhiy holatiga qarab asta-sekin ko‘paytirib boriladi.
Bolalarni qabul qilishda bog‘cha xodimlari bolalar hayotini ularning ahvoli,
alohida o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan holda tashkil etishlari uchun uzoq
vaqt talab etiladi.
Moslashish davrida (2-3 xafta) bola emlanmaydi, barcha mavjud odatlari, xatto
salbiy odatlari ham saqlab qolinadi, uyidagi o‘yinchoklardan foydalanishga ruxsat
etiladi. Ijtimoiy moslashishning ko‘pchilik bolalarda murakkab kechishi va cho‘zilib
ketishining asosiy sababi bola qoshida yaqin kishilarining yo‘qligi va odamlar bilan
muomala tajribasining kamligidir (N.D.Vatutina). Shuning uchun bolaning
bog‘chadagi dastlabki kunlarida uning yonida onasining ham bo‘lishiga yo‘l
qo‘yiladi, u notanish sharoitni o‘zgartirishga, tarbiyachi bilan aloqa o‘rnatishga,
so‘ng u bilan hamkorlik qilishga yordam beradi.
Bolalar xayotini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar. Kunning birinchi yarmida
bolalar xayotini tashkil etish, bolalarning bogchada 9-12 soat bo‘lishi kun tartibida
belgilab qo‘yilgan. Bunda ertalabki qabul muxim rol o‘ynaydi. Tarbiyachi
bolalarning bog‘chadagi vaqti qiziqarli, sermazmun o‘tishni ta’minlaydi. Buning
uchun ertalab bolalarni ochiq chexra bilan kutib oladi, ota-onalari bilan
xushmuomala, xayrihoh munosabatda bo‘ladi.
"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / http://oac.dsmi-qf.uz
Volume 4 Issue 3 / June 2023
684
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Nonushtadan keyin dasturda ko‘rsatilgan vaqt mobaynida mashg‘ulot
o‘tkaziladi. Mashg‘ulotgacha va mashg‘ulot o‘rtasi o‘yinlar tashkil etiladi. Qanday
o‘yin o‘tkazilishi mashg‘ulotning mazmuni va xususiyatiga bog‘liq. Bolalar o‘tirib
shuullanadigan mashg‘ulotdan oldin harakatli o‘yinlar, jismoniy tarbiya va musiqaviy
mashg‘ulotdan oldin tinch o‘yinlar o‘ynashadi. Mashg‘ulotdan keyin sayr o‘tkaziladi.
Tarbiyachi tevarak-atrofdagi tabiatni,kattalar mehnatini, ijtimoiy xayot voqealarini
kuzatishni tashkil etadi. Xarakatli o‘yinlar o‘tkazadi, mustaqil o‘yin o‘tkazishni taklif
etadi. Mana shu vaqt ichida bolalarning mustaqil faoliyatlari, mehnat, didaktik
o‘yinlar, ijodiy o‘yin turlari bilan shug‘ullanishlari uchun katta e’tibor beriladi.
Maqsadli sayrlar uyushtiriladi. Sport o‘yinlari va mashqlar, jismoniy dam olish va
shunga o‘xshashlar bolalarning harakatfaolligini o‘stirishga ham katta ahamiyat
beriladi.
Bolalarning sayrdan qaytishlari, echinib yuvinishlari, tushki ovqat va kunduzgi
uyqu ham juda uyushqoqlik bilan o‘tishi kerak.
Kunning ikkinchi yarmida tarbiyachi bolalarni uyg‘otib, faoliyatga kirishlarini
ta’minlaydi va kechki nonushta tashkil etiladi. Keyin musiqaviy yoki jismoniy tarbiya
mashg‘uloti o‘tkazilishi mumkin. Kechki sayrga quyidagilar kiradi: hamma ijodiy,
didaktik o‘yinlar, tinch harakatli o‘yinlar, kuzatish, qo‘l mehnati, bolalarning
mustaqil tasviriy faoliyati, ko‘ngil ochishlar (haftada bir marta). Kunning birinchi va
ikkinchi yarmida bolalar hayotini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talab har bir
bolaning mazmunli va qiziqarli faoliyat bilan shug‘ullanishini, ularning har
tomonlama rivojlanishi va baxtli bolaligini ta’minlashdir.
Ta’lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o‘rtiasidagi o‘zaro ta’sir
xususiyatiga, o‘tkazish joyiga, shuningdek kun tartibida egallagan o‘ringa qarab
birbiridan farq qiladi.
Bolalar bog‘chasida ta’limning frontal (umumiy), gruppaviy va yakka tartibdagi
shakillardan foydalaniladi. Bundan tashqarii, bolalarga ta’lim berish ishlari
ekskursiya, dedaktik o‘yinlar orqoli, kun davomida bolalarning Mashg‘ulotdan
tashqarii har xil faoliyatlarida, ularning o‘yinlariga rahbarlik qilish jarayonida va
shunga o‘xshashlarda amalga oshirib boriladi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlangich bo‘g‘ini bo‘lib,
bola
shaxsini ta’lim-tarbiyasiga qo‘llanadigan Davlat talablariga muvafiq sog‘lom va
yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi.
Belgilangan maqsadni amalga oshirishda bolalar bog‘chasida pedagogik jarayonni
tashkil etishning o‘ziga hosligini hisobga olish shart. Buning uchun bolalar
bo‘g‘chasining raxbari mudiradan tortib hatoki enagagacha bolalar bog‘chasida
pedagogik jarayonni tashkil etishning mazmuni, maqsad va vazifalari,
bolalarning
yosh guruhlarida tarbiyalash va ta’lim berish mohiyatini chuqur anglab yetishi kerak.
Bu borada ko‘proq ma’suliyat guruh tarbiyachilari zimmasiga yuklanadi. Har bir
"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / http://oac.dsmi-qf.uz
Volume 4 Issue 3 / June 2023
685
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
guruh tarbiyachisi bolalar bog‘chasida pedagogik jarayonni tashkil etishning asosiy
va tashkiliy shakllari to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lishi talab etiladi.
Guruh tarbiyachilari mashg‘ulotlar - bolalar bog‘chasida pedagogik jarayonni
tashkil etishning asosiy va yetakchi shakli sifatida quyidagilarni ham nazarda tutishi
shart:
- Mashg‘ulot bolalar bog‘chasida bolalarga ta’lim berishning asosiy shakli;
- Mashg‘ulot - pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal
holda xabardor qilishi;
- Mashg‘ulot maktabgacha tarbiya yoshidagi hamma bolalar uchun majburiyligi:
unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma’lim o‘rin va vaqt
ajratilgan.
- Mashg‘ulotning tarbiyachi rahbarligida o‘tkazilishi, tarbiyachi mashg‘ulotda
bolalarni yangi bilimlardan xabardor qilishi, bolalar egallab olgan bilimlarni esa
aniqlab, mustahkamlashi, bolalarning amaliy mashg‘ulotlarini tashki etishi;
- Mashg‘ulotning o‘quv materialini mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib
borilishi va h.k.
Shunday qilib, mashg‘ulotlar mazmuni xam ta’limiy ham tarbiyaviy vazifalarni
ular birligida va o‘zaro xarakatda xal etishga yo‘naltirilgandir. Xar bir
mashg‘ulotdagi o‘quv mazmunining xajmi uncha katta bo‘lmaydi. U turli yosh
guruhlardagi bolalarning xotira va qobiliyatlarini xisobga olgan xolda belgilanadi.
Masalan kuzatish chog‘ida yangi obektlar bilan tanishtirishda kichik tarbiya yoshi
guruxdagi bolalar 2-3 yorqin belgini eslab qolish, o‘rta tarbiya yoshi guruhiga
mansub bolalar 3-4 tagacha katta tarbiya yoshi guruhdagilar esa 5-6 tagacha belgini
eslab qolishga qodirdirlar
Guruh tarbiyachisi bolalar bog‘chasida
pedagogik jarayonni tashkil etishning
kundalik hayotdagi tashkiliy shakllari haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Bu
borada bolalarga ta’lim berishni kun davomida amalga oshirilishini nazarda tutishi
shart. Tarbiyachi kundalik hayotdagi tashkiliy shakl orqali bolalarning:
- bilimlarini boyitadi, madaniy-gigienik, xulq madaniyati, gaplashish nutiqi,
- sanoq-hisob harakatlari kabi turli-tuman malaka va ko‘nikmalarini
shakllantirib boradi.
|