Telefon so‘zlashuvlarini ta’minlanishi nazorati bo‘yicha navbatchi quyidagilarga




Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/66
Sana08.02.2024
Hajmi1,94 Mb.
#153132
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66
Telefon so‘zlashuvlarini ta’minlanishi nazorati bo‘yicha navbatchi quyidagilarga 
majbur: 
– telefon so‘zlashuvlarini olib borish uchun aloqa vosita(kanal)larini belgilangan 
muddatlarda taqdim yetilishini ta’minlashga; 
– aloqa yo‘nalishlari bo‘yicha telefon so‘zlashuvlarini taqdim etish navbatini 
ularning shoshilinchliligi va buyurtmalarning soniga bog‘liq holda aniqlashga; 
– asosiy yo‘nalishlarda aloqa buzilganda telefon so‘zlashuvlarini olib borishni 
aloqaning aylanib o‘tuvchi yo‘nalishlari orqali ta’minlashga; 
– telefon so‘zlashuvlarini taqdim etishda belgilangan navbatga amal qilinishini 
kuzatib borishga; 
– qo‘mondonlikning so‘zlashuvi kutilayotgani haqida ATEBNlarni oldindan 
ogohlantirishga, bunday so‘zlashuvlarning ta’minlanishini shaxsan nazorat qilishga va bu 
haqida axborotlarning o‘tishi nazorati bo‘yicha navbatchiga bildiruv berishga; 
– aloqaning holatini va uning telefon so‘zlashuvlarini ta’minlash uchun shaylik 
darajasini, shuningdek aloqaning aylanib o‘tuvchi yo‘nalishlari holatini doimo bilishga; 
– navbatchi telefonistlarga shaxsan yo‘riqnoma berishga hamda ularning ishiga 
rahbarlik qilishga; 
– telefon so‘zlashuvlarini taqdim etishdagi ushlanishlar yoki umuman 
ta’minlanmaganligi sabablarini aniqlashga, bular haqida ATBN va axborotlarning o‘tishi 
nazorati bo‘yicha navbatchiga bildiruv berishga; 
– o‘z boshqaruv punkti abonentlari ro‘yxatidagi o‘zgarishlar haqida yuqori turuvchi 
AT navbatchi smenasining tegishli shaxslariga o‘z vaqtida xabar berishga. 


28 
ATEBN quyidagilarga majbur: 
– jangovar boshqaruv signallarining, barcha turdagi axborotlarning belgilangan 
nazorat muddatlarida o‘tishini ta’minlash bo‘yicha, hamda aloqaning, aloqa, QABT va 
MTT vositalarining, aloqa kanal(liniya)larining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha AT 
elementi navbatchi smenasi harakatlariga rahbarlik qilishga; 
– jangovar boshqaruv signallari, o‘ta muhim axborotlar qabul qilinganligi va 
uzatilganligi haqida ATBNga (axborotlarning o‘tishi nazorati bo‘yicha navbatchiga) 
bildiruv berishga; 
– jangovar boshqaruv signallarini, o‘ta muhim axborotlarni uzatish (qabul qilish) 
uchun va qo‘mondonlikka so‘zlashuvlarni ta’minlash uchun aloqa(apparatura, 
kanallar)ning shayligini shaxsan tekshirishga; 
– barcha turdagi axborotlarni uzatish (qabul qilish) bo‘yicha JP NHRlari harakatlarini 
belgilangan davriylikda nazorat qilishga; 
– aloqa yo‘nalishlari yuklamasiga (nagruzka) qarab, AT elementiga kelib 
tushayotgan hujjatli axborotlarni JP(stansiya)larga taqsimlanishiga rahbarlik qilishga; 
– qabul qilingan hujjatli axborotni ekspedisiyaga (oluvchiga) o‘z vaqtida 
yetkazilishini kuzatishga; 
– aloqa yo‘nalishlarida yuklama birdaniga oshib ketganda ularni boshqa (kamroq 
yuklamadagi) aloqa yo‘nalishlari mutaxassislari hisobidan kuchaytirishga; 
– jangovar boshqaruv signallarining, o‘ta muhim axborotlarning ushlanishi, 
qo‘mondonlik so‘zlashuvlari ta’minlanmaganligi, aloqa va axborot xavfsizligining
maxfiylik rejimining buzilishi sabablarini aniqlashga; 
– jangovar boshqaruv signallarining, o‘ta muhim axborotlarning barcha ushlanishlari 
haqida ATBNga (axborotlarning o‘tishi nazorati bo‘yicha navbatchiga) bildiruv berishga. 

Download 1,94 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66




Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Telefon so‘zlashuvlarini ta’minlanishi nazorati bo‘yicha navbatchi quyidagilarga

Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish