24
Ruxsat etilmagan harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik va ularning oldini olish bo‘yicha
tadbirlarning bajarilishi uchun ATBN (ATEBN) va JP NH boshliqlari
javobgardirlar.
Navbatchi smena(hisob)larning qo‘yilgan vazifalarni bajarishga tayyorligini aniqlash,
navbatchilikni olib borish sifatini oshirish, shuningdek navbatchi smena shaxslari ishida
buzilishlarning
oldini olish maqsadida navbatchilik olib borilishini tekshirish tashkil
qilinadi.
Navbatchilik olib borilishini tekshirish navbatchilikni olib
borishning yuqori sifatini
kafolatlaydigan va navbatchi smena(hisob)ga yuklatilgan vazifalarning to‘la hal etilishini
ta’minlaydigan davriylikda rejalashtiriladi va o‘tkaziladi:
– aloqa boshlig‘i – bir yilda kamida bir marta;
– AT boshlig‘i – kvartalda kamida bir marta;
– AT boshlig‘i o‘rinbosari – oyiga kamida bir marta;
– ATE boshlig‘i – oyiga kamida bir marta;
– ATE boshlig‘i o‘rinbosari – oyiga kamida ikki marta;
– bo‘linma (apparatxona) boshlig‘i – haftasiga kamida bir marta;
– ATBN (ATEBN) – navbatchiligi davomida kamida ikki marta, shundan kamida bir
marta – tunda.
Navbatchilikni olib borishda quyidagilar tekshiriladi:
– axborotlar o‘tishining nazorat vaqtlariga rioya qilinishi va JP NHR tomonidan uni
qayta ishlash sifati;
– muhim yo‘nalishlarda aloqaning holati hamda asosiy va rezerv telefon va telegraf
kanallarining alohida elektr xarakteristikalarini tanlab tekshirish orqali ularning ishlash
sifati;
– navbatchi smena tarkibi va uning tasdiqlangan hisobga mosligi;
– tezkor-texnik xizmat bo‘yicha belgilangan hujjatlar mavjudligi
va ularni yuritish
sifati;
– JP NHR tomonidan aloqani va axborot o‘tishini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni,
shuningdek AT (ATE) jangovar shaylikning belgilangan darajalariga keltirilganda va
avariyaviy holatlarda aniq majburiyatlarini va harakatlarini (vaqt ko‘rsatkichlari bilan)
bilishi;
– aloqa, QABT va MTT vositalarida ishlash va aloqa bilan ta’minlash bo‘yicha
amaldagi me’yorlarni bilishi va bajarishi;
– JP NHR tomonidan yuklatilgan majburiyatlarni bajarilishining to‘laligi va sifati;
– NHRning buzilgan aloqani tiklash bo‘yicha harakatlari;
– JP NHRning texnik vositalar va inshootlarning yashovchanligini ta’minlash
bo‘yicha harakatlari;
– navbatchi smena shaxsiy tarkibi tomonidan aylanib o‘tuvchi aloqa yo‘nalishlarini
bilishi hamda ular orqali aloqani ta’minlay olish ko‘nikmalari;
– JP NHR tomonidan aloqa apparatura(vosita)lari va kanal(liniya)lari, QABT va
MTT vositalari parametrlari uchun o‘rnatilgan ekspluatasion me’yorlarni bilishi;
– aloqa va axborot xavfsizligini ta’minlash, maxfiylik rejimiga rioya etish bo‘yicha
talablarning bajarilishi;
– aloqa apparatura(vosita)lari va kanal(liniya)lariga,
QABT va MTT vositalariga
texnik xizmat ko‘rsatishning o‘z vaqtida bajarilishi va sifati;
25
– JP NHR tomonidan xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya
etilishi;
– JP NHR bilan buzilgan aloqani tiklash,
yangi aloqa tashkil qilish, AT
yashovchanligini ta’minlash bo‘yicha mashqlarning o‘tkazilishi;
– MTT vositalarining holati va ishlatishga shayligi;
– rezervdagi aloqa apparatura(vosita)lari va kanal(liniya)larining, avtonom elektr
ta’minotining qo‘llanishga shayligi;
– navbatchi smena shaxsiy tarkibi tomonidan AT(ATE)ni qo‘riqlash va himoya qilish
bo‘yicha harakatlarini bilishi;
– harbiy xizmatchilarning tashqi ko‘rinishi;
– JP, xona(apparatxona)larning tutilishi, tozalik va tartibga rioya qilinishi.
ATda
navbatchilik olib borilishini tekshirish oylik rejasi tuziladi, unda kim
tomonidan, qachon va nimalar tekshirilishi belgilab qo‘yiladi.
Tekshirish natijalari
tekshirishni o‘tkazgan mansabdor shaxs tomonidan ATBN(ATEBN)ning navbatchilikni
olib borish jurnaliga (bildiruvlar jurnaliga) yozib qo‘yiladi, unda
aniqlangan kamchiliklar
va ularni bartaraf etish muddatlari ko‘rsatiladi.
Ko‘rsatilgan barcha kamchiliklar to‘g‘risida ATBN (ATEBN) bevosita boshlig‘iga
doklad qiladi, u bularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rishga majbur.
Navbatchi smena shaxsiy tarkibi tomonidan
navbatchilikni olib borish yakunlari
quyidagicha o‘tkaziladi:
– ATBN (ATEBN) tomonidan – navbatchi hisoblar smenasini almashtirish paytida,
har bir mutaxassisga to‘rt balli tizim bo‘yicha personal baho berib;
– ATE boshlig‘i tomonidan – har haftada.
– ATlarda doimiy ravishda navbatchilikni olib borish tahlili olib boriladi, unda uning
sifatini oshirishga qaratilgan amaliy tadbirlar aniqlab beriladi.
Navbatchilikni olib borish
tahlili natijalariga bo‘yicha AT boshlig‘i har oyda buyruq chiqaradi.