22
Navbatchilikni qabul qilish-topshirish paytida kelib tushgan signal (komanda),
buyruq, farmoyishlarni qabul qilish (uzatish) va manziliga
yetkazish uchun hamda
so‘zlashuvlarni taqdim etib berish uchun navbatchilikni topshirayotgan NHR javob beradi.
JP NHRlari navbatchilikni qabul qilgani (topshirgani) to‘g‘risida navbatchi hisob
boshlig‘iga bildirgi beradilar
va navbatchilikni olib borish jurnaliga (texnik
yoki apparat
jurnaliga) vaqtini ko‘rsatgan holda yozib qo‘yadilar.
Navbatchi smena shaxsiy tarkibi navbatchilikni qabul qilganliklari (topshirganliklari)
to‘g‘risida bo‘ysunuvi bo‘yicha bildirgi beradilar va navbatchilikni olib borish jurnaliga
vaqtni va aniqlangan kamchiliklarni ko‘rsatgan holda yozib qo‘yadilar.
ATBN smena shaxsiy tarkibining navbatchilikni qabul qilgani (topshirgani)
to‘g‘risida AT boshlig‘iga va AT bo‘ysunadigan aloqani boshqaruv punktiga doklad qiladi.
Navbatchilikni qabul qilish va topshirish uchun ketadigan vaqt AT boshlig‘i tomonidan
belgilanadi.
Navbatchilikni
qabul qilgan vaqtidan boshlab, JP NHR aloqaning to‘g‘ri ishlashi va
talab qilingan sifatini ta’minlab berish uchun, axborotning tasdiqlangan nazorat vaqtlarida
o‘tishini ta’minlash uchun, hujjatlarning saqlanishi uchun,
JP moddiy qismlarining va
barcha uskunalarining sozlik holati va jangovar shayligi uchun javob beradi.
AT navbatchi smenasi shaxsiy tarkibi
navbatchilikni olib borish davomida