• ALOQA TO‘G‘RISIDA
  • 1-modda. Aloqaning vazifalari
  • 2-modda. Aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari va subyektlari
  • Aloqa obyektlari davlat kadastrini yuritish




    Download 1,66 Mb.
    bet1/21
    Sana16.05.2024
    Hajmi1,66 Mb.
    #237183
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    Asliddin Xolbo\'tayev davlat kadastri


    Aloqa obyektlari davlat kadastrini yuritish

    1. Aloqa obyektlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuni

    2. Davlat kadastri to’g’risidagi Qonun

    3. O’zbekiston Respublikasi Fazoviy malumotlar milliy infratuzilmasini yuritish tartibi to’g’risidagi NIZOM

    4. Aloqa obyektlari davlat kadastrini yuritish

    5. Davlat kadastri yuritish holati



    1. ALOQA TO‘G‘RISIDA

    O‘zbekiston Respublikasining “Aloqa to‘g‘risida”gi Qonuni aloqa tarmoqlarini tashkil qilishning umumiy huquqiy, iqtisodiy asoslarini, aloqa shoxobchalarini barpo etish va ulardan foydalanishda, aloqa xizmati ko‘rsatishda mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va fuqarolarning aloqa vositalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish va boshqarish sohasidagi huquqlari va vazifalarini, shuningdek berilgan huquqlarni buzganlik va vazifalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi.
    1-modda. Aloqaning vazifalari
    Aloqa O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik va ijtimoiy infrastrukturasining tarkibiy qismi bo‘lib, aholining, xo‘jalik subyektlarining, davlat idoralarining pochta, telefon, telegraf, radio va axborotning o‘zga turlarini uzatish va qabul qilish hamda aloqa tarmog‘i orqali jo‘natilayotgan ashyolarni yetkazib berishga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydi.
    2-modda. Aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari va subyektlari
    Aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari pochta jo‘natmalarini qabul qilib olish, tashish va ko‘rsatilgan joyga yetkazib berish vositalarining yig‘indisi bo‘lgan pochta aloqasi tarmoqlaridan hamda bir yoki bir nechta uzatish turlarini: telefon, telegraf, faksimil uzatishlarni, hujjatli xabarlarning boshqa turlari ma’lumotlarini uzatishni, televideniye va radioeshittirish dasturlarini translatsiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiyalar vositalari yig‘indisi bo‘lgan telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan iborat.
    O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, ajnabiy yuridik shaxslar va fuqarolar aloqa sohasidagi munosabatlarning subyektlaridir.

    Download 1,66 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 1,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aloqa obyektlari davlat kadastrini yuritish

    Download 1,66 Mb.