|
-modda. Davlat kadastrlarini yuritishning asosiy prinsiplari
|
bet | 6/21 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #237183 |
Bog'liq Asliddin Xolbo\'tayev davlat kadastri7-modda. Davlat kadastrlarini yuritishning asosiy prinsiplari
Davlat kadastrlarini yuritishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
kadastr obyektlarining har bir turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining butun hududini to‘la qamrab olish;
fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qo‘llash;
kadastrga doir axborotni shakllantirish uslubiyatining yagonaligi;
kadastrga doir axborotning aniqligi;
kadastrga doir axborotning hamma uchun ochiqligi.
8-modda. Davlat kadastrlarini yuritish sohasida davlat boshqaruvi
Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli organ va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
davlat kadastrlarining yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, ularni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi, moliyalashtirish va investitsiya masalalarini hal qiladi;
Davlat kadastrlari yagona tizimini Milliy geografik axborot tizimida yuritish tartibini belgilaydi;
Davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiritish uchun davlat kadastrlari axborotini taqdim etish tartibini belgilaydi;
kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastrga doir axborotni foydalanuvchilarga taqdim etish tartibini belgilaydi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
10-modda. Maxsus vakolatli organning davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Milliy geografik axborot tizimini va davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi:
Davlat kadastrlari yagona tizimini Milliy geografik axborot tizimida yuritadi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarni tegishli davlat kadastrlarini yuritish uchun zarur bo‘lgan kartografiya materiallari bilan belgilangan tartibda ta’minlaydi;
davlat kadastrlari yuritilishiga doir normativ hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
|
| |