• 11-modda. Aloqa xizmatlariga haq to‘lash
  • 12-modda. Radiochastotalarni taqsimlash
  • 13-modda. Aloqada xizmatga oid muomala tili, yozishmalarni jo‘natish tili hamda hisobga olish va hisobotga doir vaqt
  • -modda. Yozishma, telefon so‘zlashuvlari va telegraf xabarlarini sir saqlash




    Download 1,66 Mb.
    bet3/21
    Sana16.05.2024
    Hajmi1,66 Mb.
    #237183
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    Asliddin Xolbo\'tayev davlat kadastri

    10-modda. Yozishma, telefon so‘zlashuvlari va telegraf xabarlarini sir saqlash
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq yozishma, telefon so‘zlashuvlari, telegraf xabarlarining sir saqlanishi qonun bilan muhofaza etiladi.
    Yozishmalarni ochib o‘qishga va ushbu moddaning birinchi qismida qayd etilgan qoidalar boshqacha tarzda buzilishiga yo‘l qo‘ygan aloqa xodimlari ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.
    11-modda. Aloqa xizmatlariga haq to‘lash
    Pochta va telekommunikatsiyalar ko‘rsatadigan universal xizmatlarning tariflari qonunchilikda belgilangan tartibda pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan tartibga solinadi.
    Pochta va telekommunikatsiyalar ko‘rsatadigan xizmatlarning qolgan turlari tariflari qonunchilikka muvofiq shartnoma asosida belgilanadi.
    12-modda. Radiochastotalarni taqsimlash
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organ radiochastotalarni korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar o‘rtasida belgilangan tartibda taqsimlaydi, radiochastotalar spektri to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qiladi.
    13-modda. Aloqada xizmatga oid muomala tili, yozishmalarni jo‘natish tili hamda hisobga olish va hisobotga doir vaqt
    O‘zbekiston Respublikasi hududida tezkor boshqaruv va dispetcherlik aloqa tizimida xizmatga oid muomala, shuningdek pochta va telegraf yozishmalarini yo‘llash “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonunning qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
    Xalqaro axborot va jo‘natmalar pochta va elektr aloqa orqali ikki tomonlama bitimlarda, shuningdek xalqaro kelishuv va bitimlarning qoidalarida belgilangan tillarda jo‘natiladi.
    Ma’lumotlarni uzatishning texnologik jarayonlarida O‘zbekiston Respublikasi hududida hisobga olish va hisobotga oid yagona vaqt — mahalliy vaqt belgilanadi.
    Ma’lumotlarni uzatishning xalqaro texnologik jarayonlarida axborotlar uzatish va pochta jo‘natmalarini yuborishda hisobga olish va hisobotga oid vaqt xalqaro kelishuv va bitimlarga muvofiq belgilanadi.

    Download 1,66 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 1,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Yozishma, telefon so‘zlashuvlari va telegraf xabarlarini sir saqlash

    Download 1,66 Mb.