-bob. Fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarning axborot va funksional interoperabelligiga qo‘yiladigan asosiy talablar




Download 1,66 Mb.
bet14/21
Sana16.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#237183
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
Asliddin Xolbo\'tayev davlat kadastri

7-bob. Fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarning axborot va funksional interoperabelligiga qo‘yiladigan asosiy talablar
48. Fazoviy ma’lumotlar to‘plamlari, metama’lumotlar, fazoviy ma’lumotlar servislari, FMMI texnik va dasturiy vositalarining axborot va funksional interoperabelligiga ma’lumotlar modellari, ularni taqdim etish va almashish formatiga yagona standartlar tizimini qo‘llash hamda fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarni olishning birxillashtirilgan geoaxborot servislaridan foydalanish orqali erishiladi.
49. Turli manbalardan olinadigan fazoviy ma’lumotlar to‘plamlarining semantik darajasida interoperabellikni ta’minlash maqsadida ularni yaratishda quyidagi talablar bajarilishi lozim:
yagona koordinatalar asosini qo‘llash;
fazoviy obyektlarga noyob identifikatorlarni berishning yagona tizimini qo‘llash;
ularning interoperabelligini ta’minlash uchun turli darajalarda qo‘llaniladigan identifikatorlarni integratsiya qilish;
fazoviy obyektlar o‘rtasida mantiqiy va topologik o‘zaro bog‘liqlikni saqlab turish;
atributiv axborotning ochiq tasniflash tizimidan foydalanish;
ma’lumotlarning vaqt intervali to‘g‘risida axborot bo‘lishi;
ma’lumotlarning muntazam yangilanib turilishi.
50. Fazoviy ma’lumotlarning alohida mavzulari interoperabelligi va uyg‘unligini ta’minlash uchun ishlab chiqaruvchilar ma’lumotlarning umumiy turlariga, fazoviy obyektlarni identifikatsiyalashga, metama’lumotlar elementlariga qo‘yiladigan talablarga va fazoviy ma’lumotlarning barcha mavzulariga tatbiq etiladigan qoidalarga rioya etishlari lozim.
Fazoviy ma’lumotlarning bitta mavzusi doirasida interoperabellik va uyg‘unlikni ta’minlash uchun barcha ishlab chiqaruvchilar fazoviy ma’lumotlarning ushbu mavzusiga qo‘llaniladigan fazoviy ma’lumotlar tasniflari va ta’riflaridan, ularning asosiy atributlari va assotsiativ rollaridan, ma’lumotlar turlaridan, yo‘l qo‘yiladigan qiymatlar sohasidan va maxsus qoidalardan foydalanishlari lozim.
51. Interoperabellikka bo‘lgan batafsil talablar, interoperabellikni ta’minlashning tashkiliy, texnik usullarini belgilaydigan davlat standartlari hamda fazoviy ma’lumotlar sohasini texnik jihatdan tartibga soluvchi normativ hujjatlarda belgilanadi.

Download 1,66 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarning axborot va funksional interoperabelligiga qo‘yiladigan asosiy talablar

Download 1,66 Mb.