|
-bob. Fazoviy ma’lumotlardan, metama’lumotlardan va fazoviy ma’lumotlar servislaridan ma’lumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etish tartibi
|
bet | 15/21 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #237183 |
Bog'liq Asliddin Xolbo\'tayev davlat kadastri8-bob. Fazoviy ma’lumotlardan, metama’lumotlardan va fazoviy ma’lumotlar servislaridan ma’lumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etish tartibi
52. FMMI administratori fazoviy ma’lumotlardan, metama’lumotlardan va fazoviy ma’lumotlar servislaridan foydalanuvchilarning foydalanishlarini hamda fazoviy ma’lumotlar saqlovchilari manfaatlarini himoya qilishni tashkil etadi.
FMMI administratori bazaviy fazoviy ma’lumotlarni va metama’lumotlarni ushbu Nizomga, fazoviy ma’lumotlar sohasini texnik jihatdan tartibga soluvchi normativ hujjatlarga muvofiq foydalanuvchilarga taqdim etadi.
53. Bazaviy fazoviy ma’lumotlar foydalanuvchilarga FMMIning geoportal servislaridan va “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashgan platformasidan foydalangan holda Kadastr agentligi bilan kelishuvga muvofiq taqdim etiladi.
54. Fazoviy ma’lumotlarning ishlab chiqaruvchilari va saqlovchilari FMMI administratoriga bazaviy fazoviy ma’lumotlarni fazoviy ma’lumotlar servislariga kirishga ruxsat berish hamda fazoviy ma’lumotlarni kelishilgan shakl va sifatda uzatish yo‘li bilan taqdim etadilar.
55. Fazoviy ma’lumotlar ishlab chiqaruvchisi va saqlovchisi:
fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarni FMMI administratoriga taqdim etilishini ta’minlaydilar;
FMMI administratoriga o‘z fazoviy ma’lumotlari va metama’lumotlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydilar;
o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlardan foydalanadilar;
rasmiy veb-saytlarida o‘z geoportallari va FMMI geoportali orqali fazoviy ma’lumotlardan foydalanish shartlari haqidagi axborotni joylashtiradilar.
56. FMMI administratori fazoviy ma’lumotlarni ishlab chiqaruvchilar va saqlovchilar bilan birgalikda FMMI geoportallari tarmog‘ini yaratadi hamda uning quyidagi fazoviy ma’lumotlar servislari bilan faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi:
fazoviy ma’lumotlar va fazoviy ma’lumotlar servislarini axborot tarmoqlarida topishni ta’minlaydigan izlash servislari;
fazoviy ma’lumotlarni, fazoviy obyektlar tavsiflari va metama’lumotlar mazmuni haqidagi axborotni ko‘rib chiqish servislari;
fazoviy ma’lumotlarni bevosita olishni va (yoki) ularning nusxalarini olishni ta’minlaydigan servislar;
fazoviy ma’lumotlar koordinatalarini transformatsiyalash, bitta koordinatalar tizimidan yoki kartografik proyeksiyadan boshqasiga o‘tkazishni ta’minlaydigan koordinata operatsiyalari servislari.
57. Geoportallar tarmog‘i FMMI geoportalini hamda fazoviy ma’lumotlarni ishlab chiqaruvchilar va saqlovchilarning geoportallarini o‘z ichiga oladi.
FMMI geoportalida fazoviy ma’lumotlarni saqlovchilar tomonidan mazkur Nizomga muvofiq taqdim etiladigan bazaviy va sohaga oid fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlar joylashtiriladi.
Fazoviy ma’lumotlarni ishlab chiqaruvchilar va saqlovchilar geoportallariga davlat organlari hamda fazoviy ma’lumotlarga ishlov beruvchi boshqa shaxslar tomonidan tarmoqqa oid vazifalarni amalga oshirish uchun yaratilgan sohaga oid fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlar joylashtiriladi.
58. Geoportallar quyidagi funksiyalarning amalga oshirilishini ta’minlashi lozim:
kartografik vizuallashtirish;
metama’lumotlardan foydalanib fazoviy ma’lumotlar bankiga kirish;
fazoviy ma’lumotlarni, fazoviy ma’lumotlarni ishlab chiqaruvchilar va saqlovchilarni izlash;
namunaviy so‘rovlarni ta’minlaydigan servislar to‘plamlari;
taqdim etilgan fazoviy ma’lumotlarni ta’riflab beruvchi va ularni qo‘llash darajasini baholovchi metama’lumotlardan foydalanish;
FMMI asosiy vazifalari va funksiyalariga mos keladigan ilovalarning mavjudligi;
veb-servislar sifatini monitoring qilish, shu jumladan, servislar sifatini oshirish maqsadida turli statistik axborotni to‘plash va uni tahlil qilish.
59. Axborotni geoportallarda samarali izlash fan sohasidagi lug‘atlar, ma’lumotnomalar, tezauruslar va ontologiyalar orqali ta’minlanadi.
60. Geoportallarda fazoviy ma’lumotlarni izlash uchun quyidagi minimal mezonlar bo‘yicha servislar kiritiladi:
xaritada joylashgan joyi va nomi;
tashkilotlarning nomlari;
kalitli so‘zlar;
tuzilma turi (davlat boshqaruv organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik subyektlari, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar);
taqdim etish shakli;
holati (tugallangan, yaratilayotgan va yangilanayotgan);
boshlang‘ich masshtabi;
ma’lumotlarning dolzarbligi;
ma’lumotlarni yuklab olish mumkinligi.
61. Geoportallar vizuallashtirish vositalari yordamida fazoviy ma’lumotlarni dastlabki ko‘rib chiqish yo‘li bilan zarur ma’lumotlarni izlashni ta’minlashi shart.
Fazoviy ma’lumotlarni vizuallashtirish ularni kartografik tasvirlar ko‘rinishidagi rastr va (yoki) vektor shaklida, shuningdek, matritsali (to‘rli) taqdim etishda turli aniqlikdagi aero yoki kosmik surat, ortofotoplan (ortomozaika) ko‘rinishida taqdim etilishini ta’minlashi lozim.
Qo‘shimcha vizuallashtirish vositalarida fazoviy ma’lumotlar asosida kartografik tasvirlarni hosilaviy jamlash, ularni uch o‘lchamli ko‘rinishda, real vaqt rejimida taqdim etish va boshqalar nazarda tutilishi mumkin.
62. Geoportallar metama’lumotlardagi tegishli axborotga qarab fazoviy ma’lumotlardan foydalanishning har xil turlarini ta’minlashi lozim, xususan:
erkin foydalanish — ularni cheklanmagan doiradagi foydalanuvchilar olishga haqli, materiallar (ma’lumotlar) beg‘araz taqdim etiladi va istalgan maqsadlarda foydalanilishi mumkin;
haq evaziga cheklanmagan foydalanish — ularni cheklanmagan doiradagi foydalanuvchilar olishga haqli, foydalanuvchilar identifikatsiya qilinadi, materiallar (ma’lumotlar) haq evaziga beriladi;
litsenziyalanadigan foydalanish — intellektual faoliyat natijalaridan foydalanuvchilar faqat litsenziya shartnomasi asosida foydalanishlari mumkin.
63. Fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlar davlat organlariga — o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun beg‘araz, boshqa foydalanuvchilarga esa — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Kadastr agentligi tomonidan belgilangan miqdorda haq evaziga taqdim etiladi.
64. Davlat organlari, fazoviy ma’lumotlarga ishlov beruvchi shaxslar qonunchilikka muvofiq fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlardan foydalanishni cheklab qo‘yishlari mumkin.
65. Metodik, lingvistik, texnik va dasturiy vositalar respublika, hududlar va mahalliy darajada FMMIni yuritish jarayonidagi quyidagi asosiy operatsiyalarning avtomatlashtirilgan tarzda bajarilishini ta’minlashi lozim:
elektron hujjatlar aylanmasining va ma’lumotlar almashinuvining birxillashtirilgan tizimidan foydalangan holda hujjatlashtirilgan ma’lumotlarni boshqa kadastr va axborot tizimlari bilan ayirboshlash;
FMMIda saqlanadigan ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratish va himoya qilish;
yangi hujjatlar va ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish, shuningdek, belgilangan tartibda haqiqiy emas deb tan olingan hujjatlar va ma’lumotlarni arxivda saqlash rejimiga o‘tkazish yo‘li bilan axborot resurslarini dolzarblashtirish;
fazoviy ma’lumotlarni bazaga kiritish, tahrir qilish va yangilash, raqamli xaritalarni yaratish, chop etish va ulardan foydalanish;
axborotni obyekt manzili yoki uning identifikatsiya raqamiga, yer uchastkasining koordinatalari yoki kadastr raqamiga, hujjatning nomi va rekvizitlariga qarab izlash;
tahliliy hisobotlarni tuzish, chiqish hujjatlarini bosma va (yoki) elektron ko‘rinishda shakllantirish, chop etish va taqdim etish;
FMMI axborot resurslaridan foydalangan holda bosma va (yoki) elektron ko‘rinishda kiritilgan yoki shakllantirilgan, chop etilgan yoki taqdim etilgan hujjatlarning kirish (chiqish) reyestrini yuritish.
66. FMMI geoportalining texnik va dasturiy vositalariga, funksiyalariga va fazoviy ma’lumotlar servislariga batafsil talablar davlat standartlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-bob. Fazoviy ma’lumotlardan, metama’lumotlardan va fazoviy ma’lumotlar servislaridan ma’lumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etish tartibi
|