Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo
‘llagan holda “Davlat organlari va davlat
muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi
” xizmatini ko‘rsatish reglamenti
1. Xizmat tavfsifi (pasporti)
1.1. Xizmat nomi
Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
bilan ishlash tartibi
1.2. Xizmat natijasi
“Jismoniy
va
yuridik
shaxslarning
murojaatlari
to
’g’risida”gi
O
’zbekiston
Respublikasining Qonuniga muvofiq
“OZAVTOSANOAT” AKda murojaatlarini qabul
qilish, ro
’yxatga olish va ko’rib chiqish uchun yuborish, shuningdek uning ko’rib
chiqilishini nazorat qilish
“OZAVTOSANOAT” AKning murojaatlar bilan ishlash uchun
mas
’ul bo'lgan tarkibiy bo'linmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Elektron murojaatlar tushgan kunida bosib chiqariladi, ish vaqti tamom bo
’lgandan
keyin tushgan taqdirda esa
– navbatdagi ish kunida qog’ozga bosib chiqariladi.
Yozma va elektron (qog
’ozga bosib chiqarilgan) murojaatlar murojaatlarni ro’yxatga
olish jurnaliga tegishli yozuvlar kiritiladi, murojaatning birinchi saxifasi quyi o
’ng qismida
ro
’yxatga olish shtampini qo’yish bilan murojaatlar bilan ishlash bo’yicha bo’linmada
ro
’yxatga olinadi.
Murojaat pochta orqali kelib tushganda konvertda murojaat va uning ilovalari borligi
tekshiriladi.
Konvertda murojatning mavjud emasligi yoki uning uning yaroqsizlanganligi,
shuningdek murojfftda ko’rsatilgan ilovalarning yo’qligi aniqlanganda ikki nusxada
dalolatnoma tuziladi, ulardan biri murojaatlar bilan ishlash bo’limida qoladi, ikkinchisi
murojaat qiluvchiga konvertda ko’rsatilgan manzil bo’yicha jo’natiladi.
Og’zaki murojaatlar bilan kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari
murojaatlar bilan ishlash bo’limining rahbari yoki boshqa mas’ul xodim, shuningdek
“O’ZAVTOSANOAT” AK tarkibiy bo’linmalarining rahbarlari yoki boshqa mas’ul
xodimlari tomonidan qabul qilinadi.
“O’ZAVTOSANOAT” AK kelib tushgan murojaatlar tegishliligi bo’yicha boshqa davlat
organiga yuborishi mumkin.
1.3.
Xizmat ko‘rsatish organlari va shakllarni olish joyi.
“O‘ZAVTOSANOAT” AKga tegishli bo’lgan masalalarni “O‘ZAVTOSANOAT” AK o’z
zimmasiga oladi. Shakllarni
“O‘ZAVTOSANOAT” AK hamda uning rasmiy sati
(uzavtosanoat.uz)dan olishingiz mumkin.
1.4. Huquqiy asoslar
Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
bilan ishlash tartibi to’g’risidagi NIZOM. “O‘ZAVTOSANOAT” AKning 5-IB buyrug’i
1.5. Xizmatdan foydalanuvchilar
Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik
shaxslari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar davlat organlariga murojaat qilish huquqiga
ega.
1.6. Hujjatlarni topshirish muddati
Cheklanmagan
1.7. Bajarish muddati
Ariza yoki shikoyat masalani mazmuni
bo‘yicha hal etishi shart bo‘lgan davlat
organiga kelib tushgan kundan e'tiboran o‘n besh kun mobaynida, qo‘shimcha
o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa
bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Ariza
va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha
materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda,
ularni ko‘rib chiqish muddatlari “O’ZAVTOSANOAT” AK rahbari tomonidan, istisno
tariqasida, ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga
xabar qilinadi.
Taklif “O’ZAVTOSANOAT” AKga kelib tushgan kundan e'tiboran bir oygacha bo‘lgan
muddatda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan
mustasno, bu
haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o‘n kun muddatda
yozma shaklda xabar qilinadi.
Ayrim hollarda “O’ZAVTOSANOAT” AKning rahbari yoki uning o‘rinbosarlari
murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirishlari mumkin.
Murojaatlar
bilan ishlash muddatlari ular “O’ZAVTOSANOAT” AKga kelib tushgan
kundan boshlab hisoblanadi. Agar tegishli muddatning oxirgi kuni dam olish va bayram
kunlariga to‘g‘ri kelsa, navbatdagi ish kuni muddat tugaydigan kun hisoblanadi.