• 5. Sifat bilan taminlash
  •   Xizmatni ko‘rsatuvchilarga ma'lumot berish




    Download 276,4 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/2
    Sana02.12.2023
    Hajmi276,4 Kb.
    #110039
    1   2
    Bog'liq
    murojat shakli

    2. 
    Xizmatni ko‘rsatuvchilarga ma'lumot berish 
    2.1. Ma'lumotlarning tarkibi va hajmi 
    Rad javobini olgan holda, uning sabablarni tushuntirib berishni talab qilgan yuridik 
    shaxslar ma'lumotlarida ko‘rsatilgan pochta manzili, telefon aloqasi yoki faks orqali 
    ishchi guruhga yozma murojaat qilishi mumkin.
     
    2.2. Batafsil ma'lumot berish
    Batafsil ma
    ’lumotlarni “O‘ZAVTOSANOAT” AKdan va “O‘ZAVTOSANOAT” AKning 
    rasmiy sayti (uzavtosanoat.uz)dan olishingiz mumkin. 
    2.3. 
    So‘rovnoma bo‘yicha ma'lumot berish 
    Telefon orqali: 9-00 dan 18-00 gacha h
    ar qanday savol bo‘yicha og‘zaki konsultatsiya 
    berish. 
    Pochta orqali yozma murojjat qilish; 
    Faks orqali: 9-00 dan 18-
    00 gacha so‘rov bo‘yicha yozma hujjatlarni jo‘natish (3 
    varaqgacha). 
     


    Elektron pochta orqali: har qanday yozma so‘rovlarni tekstning keng tarqalgan 
    formatlarida sutkalab qabul qilish (oddiy tekst, DOC, RTF, PDF formatda ilova 
    qilingan fayl yoki kelishuvga binoan, 9-00 dan 18-00 gacha yozma hujjatlarni oddiy 
    tekst formatida yoki DOC, RTF, PDF formatda ilova qilingan
     holda) yoki kelushuvga binoan 
    boshqa formatda, hozirgi standartdagi jo‘natishga tayyor fayllar, kerakli shakllar mavjud.
    3. 
    Xizmat ko‘rsatish 
    3.1. Ish vaqti 
    Yozma murojaatlar uchun ish vaqti 9-00 dan 18-00 gacha. Dam olish kuni: shanba, yakshanba. 
    Elektron murojaatlar uchun ish vaqti cheklanmagan.
     
    4. 
    Xizmat ko‘rsatish tartibi 
    4.1. Kerakli (zarur) hujjatlar 
    Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) yoki guvohnoma
    4.2. 
    Xizmat uchun to‘lov. 
    Xizmat bepul
    4.3. Davlat organlarining ichki idoraviy tartibi 
    “Jismoniy 
    va 
    yuridik 
    shaxslarning 
    murojaatlari 
    to’g’risida”gi 
    O’zbekiston 
    Respublikasining Qonuniga muvofiq “OZAVTOSANOAT” AKda murojaatlarini qabul 
    qilish, ro’yxatga olish va ko’rib chiqish uchun yuborish, shuningdek uning ko’rib 
    chiqilishini nazorat qilish “OZAVTOSANOAT” AKning murojaatlar bilan ishlash uchun 
    mas’ul bo'lgan tarkibiy bo'linmasi tomonidan amalga oshiriladi. 
    Elektron murojaatlar tushgan kunida bosib chiqariladi, ish vaqti tamom bo’lgandan 
    keyin tushgan taqdirda esa 
    – navbatdagi ish kunida qog’ozga bosib chiqariladi. 
    Yozma va elektron (qog’ozga bosib chiqarilgan) murojaatlar murojaatlarni ro’yxatga 
    olish jurnaliga tegishli yozuvlar kiritiladi, murojaatning birinchi saxifasi quyi o’ng qismida 
    ro’yxatga olish shtampini qo’yish bilan murojaatlar bilan ishlash bo’yicha bo’linmada 
    ro’yxatga olinadi. 
    Murojaat pochta orqali kelib tushganda konvertda murojaat va uning ilovalari borligi 
    tekshiriladi. 
    Konvertda murojatning mavjud emasligi yoki uning uning yaroqsizlanganligi, 
    shuningdek murojfftda ko’rsatilgan ilovalarning yo’qligi aniqlanganda ikki nusxada 
    dalolatn
    oma tuziladi, ulardan biri murojaatlar bilan ishlash bo’limida qoladi, ikkinchisi 
    murojaat qiluvchiga konvertda ko’rsatilgan manzil bo’yicha jo’natiladi. 
    Og’zaki murojaatlar bilan kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari 
    murojaatlar bilan 
    ishlash bo’limining rahbari yoki boshqa mas’ul xodim, shuningdek 
    “O’ZAVTOSANOAT” AK tarkibiy bo’linmalarining rahbarlari yoki boshqa mas’ul 
    xodimlari tomonidan qabul qilinadi. 
    “O’ZAVTOSANOAT” AK kelib tushgan murojaatlar tegishliligi bo’yicha boshqa davlat 
    organiga yuborishi mumkin. 
    4.4. Rad qilish uchun asos 


    Quyidagi murojaatlar ko
    ’rib chiqilmaydi: 

    Anonim xujjatlar; 

    Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilga murojaatlar, ularning 
    vakolatini tasdiqlovchi xujjatlar mavjud bo
    ’lmagan holatda; 

    Qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar. 
    Murojaatni anonym deb etirof etish murojaatlarni ko’rib chiqish bo’linmasi tomonidan 
    amalga oshiriladi. 
    Murojaat anonim deb e'tirof etilganda bu haqda xulosa tuziladi. Xulosada murojaatni 
    anonim deb e'tirof etish uchun asoslar ko‘rsatiladi. Murojaatni anonim deb e'tirof etish 
    to‘g‘risidagi xulosa murojaatlar bilan ishlovchi bo‘linma rahbari yoki tarkibiy bo‘linma 
    rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
    Davlat organlarining «ishonch telefonlari»ga tushgan murojaatlar Qonunda va ushbu 
    Nizomda nazarda tutilgan tartibda anonim deb e'tirof etilishi mumkin. 
    Anonim deb e'tirof etilgan murojaatlar xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab 
    nazoratdan yoki ijrodan olinadi. 
    Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar kelib tushganda
    murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma yoki tarkibiy bo‘linma ularning vakolatlarini 
    tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradi.
    Agar murojaatda jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan 
    hujjatlar mavjud bo‘lmasa, bu haqda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linmaning 
    rahbari yoki tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tuziladi. 
    Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud 
    emasligi to‘g‘risidagi xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab ushbu murojaat ko‘rib 
    chiqilmaydi, bu haqda murojaat qiluvchi yozma ravishda xabardor qilinadi. 
    5. Sifat bilan ta'minlash 
    5.1. Sifatsiz xizmatlar uchun shikoyat
    “O‘zavtosanoat” AK rahbariyatiga tegishli xat jo‘natish bilan, murojaatlar ko’rib chiqilmaganligi
    yuzasidan, kompaniyaning ishchi guruhi ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
     

    Download 276,4 Kb.
    1   2




    Download 276,4 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      Xizmatni ko‘rsatuvchilarga ma'lumot berish

    Download 276,4 Kb.
    Pdf ko'rish