• 1. «Мастер» yordamida hisobot tuzish
  • 13-mavzu. Access muhitida hisobotlarni tuzish Reja




    Download 238 Kb.
    bet1/3
    Sana02.05.2023
    Hajmi238 Kb.
    #55652
      1   2   3
    Bog'liq
    13-Маъруза
    3-m, BOYQOZIYEVA OLIY REFARAT

    13-mavzu. ACCESS muhitida hisobotlarni tuzish

    Reja:


    1. «Мастер» yordamida hisobot tuzish.
    2. Konstruktor yordamida hisobot tuzish.
    3. Diagrammalar masteri.
    4. ACCESSda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining asosiy elementlari.


    1. «Мастер» yordamida hisobot tuzish

    Endi mavjud jadvallardan foydalangan holda hisobotlar qanday tayyorlanilishi kerakligini kо‘rib chiqamiz. Buning uchun 3 – rasmda kо‘rsatilgan asosiy oynaga о‘tib, «Отчети» (hisobotlar) imkoniyatini tanlaymiz va quyidagi kо‘rinishdagi suhbat oynasiga ega bо‘lamiz:





    Yuqoridaga barcha ishlarda «Мастер» rejimidan foydalanganligimiz uchun bu yerda ham xuddi shu rejimda ishlashni tanlab oldik, ya’ni «Создание отчета с помошю мастера» imkoniyatini tanladik.


    Agar uni ekranda bir marta turtsak, biroz vaqtdan sо‘ng hisobotlar tashkil qilishning dastlabki dialog oynasi «Создание отчетов» hosil bо‘ladi:



    Bu oynaning asosiy maqsadi hisobot uchun mavjud jadvallardan tegishli maydonlarni tanlab olishdir. Bunda bir qancha jadvallarni qо‘llash va sо‘rovlarni tashkil qilish imkoniyati mavjud. «Таблитси и запроси» maydonida kerakli jadval nomi tanlanadi, «Доступние поля» maydonida esa jadvaldagi ustunlar nomi tanlanib, ular > tugmachasi orqali «Вибранние поля» maydoniga о‘tkaziladi. Buni ishni quyidagi darchada kо‘rsatishimiz mumkin:



    Ushbu ishlar tugatilganidan sо‘ng, «Далее» tugmachasi bosilib, keyingi dialogli oynada ishlashga о‘tiladi. Ushbu holda quyidagi dialog oyna hosil bо‘ladi:



    Ushbu oynadan hisobotdagi gurulashtirish qaysi kо‘rsatkich yoki kо‘rsatkichlar asosida amalga oshirilishini, ushbu kо‘rsatkichlarning qaysi biri birinchi, ikkinchi yoki uchinchi daraajali bо‘lishini aniqlab olishimiz mumkin. Bu ishlar > tugmacha va «Уровен» tugmachalarini bosish orqali amalga oshiriladi. Kо‘rilayotgan misolda Faoliyat turini tanlab > strelkali tugmani bosdik va bu bilan bir darajali guruhlashtirishni tanladik, ya’ni faoliyat turi guruhlashtirish kо‘rsatkichi bо‘ldi hamda natijada quyidagi oynani oldik:





    Bundan keyingi barcha ishlar suhbatli oynalardagi kо‘rsatilgan ishlarni xuddi Zapros rejimi singari bajarish va «Далее» tugmachasini bosish orqali amalga oshiriladi. Ishimiz sо‘ngida «Готово» tugmachasini bosib, tegishli hisobotni ekranda kо‘rishimiz va chop qilishimiz ham mumkin. Demak, endi Siz ma’lumotlar bazasi tuza olasiz, unga ma’lumotlar kiritish uchun shakllar, jadvallar majmuasidan xilma-xil turdagi sо‘rovlar tashkil qila olasiz va jadval kо‘rinishidagi (relyatsion ma’lumotlar bazasi) ma’lumotlar majmuasi asosida turfa xil kо‘rinishdagi hisobotlar tuza olasiz. Bu esa Sizga ishingizni yanda unumdor va qiziqarli qilishga imkon beradi. Tajribangizni yana ham oshirish maqsadida va Access tizimsi bilan bevosita ishlash malakasini orttirish uchun guruhingizni, potokingizni va fakultetdagi talabalarning ma’lumot bazasini kompyuterda tuzib kо‘ring hamda u bilan xilma – xil tajribalar о‘tkazing. Ishonchimiz komilki, bu Sizga ma’lumotlar majmuasi bilan ishlashda katta va qimmatli amaliy tajriba beradi.


    Access tizimsida kо‘zda tutilgan makros va modullar yordamida amalda qо‘llash mumkin bо‘lgan qulay va foydali amaliy dasturlar yaratish mumkin.
    Access ma’lumotlar bazalari bilan ishlashning keyingi va juda foydali imkoniyatlarini tajribangiz oshganidan sо‘ng tizimning kontekst yordam va Ma’lumotnoma kenja tizimlaridan foydalangan holda bemalol о‘zlashtirib olishingiz mumkin.



    Download 238 Kb.
      1   2   3




    Download 238 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    13-mavzu. Access muhitida hisobotlarni tuzish Reja

    Download 238 Kb.