|
11-Mavzu: Ma’lumotlarni kiritish uchun shakllar yaratish. Mashg’ulotning maqsadiBog'liq 11-Ma\'ruza
11-Mavzu: Ma’lumotlarni kiritish uchun shakllar yaratish.
Mashg’ulotning maqsadi: MS Access dasturida funksiya, protseduralar
yaratish va undan foydalanish
Mashg’ulotning jihоzi: ko’rgazmali material: kompyuterning xotira
qurilmalari.
Mashg’ulot o’tish vоsitasi: windows OS o’rnatilgan shaxsiy kompyuter
(qo’shimcha qurilmalari) bilan jihоzlangan kоmpyuter sinfi.
Funksiyalar
Funktsiyalar identifikatorlar kabi chaqirish nuqtasiga qiymatlarni qaytarish
uchun ishlatiladi. Qaytariladigan funktsiyaning qiymati uning turi bo‘yicha
aniqlanadi, masalan, NOW() funktsiya kompьyuter soatining sana va vaqtini
qaytaradi. Sintaktik funktsiyalar uning identifikatoridan keyin keluvchi qavslar bilan
ajratiladi. Ko‘p funktsiyalar argumentlar bo‘lishini talab qiladi. Ular funktsiyaga
murojat paytida bu qavslar ichiga bir biridan vergullar bilan ajratilib yoziladi.
Funktsiyalar yangi ifodalar va funktsiyalarni hosil qilishda ishlatilishi mumkin.
Statistik funktsiyalar
So‘rovlar joriy jadval qiymatlarini umumlashtirib hisob-kitoblarni bajarish va
xulosalar chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Bunday maqsadlar uchun Accessда
SQL statistik funktsiyalari nazarda tutilgan. Statistik funktsiyalar sigma grekcha
literli tugmani bosish bilan chiqadigan Групповая операция qatorida yoki Вид
menyusining Групповые операции buyrug‘i yordamida beriladi. Statistik
funktsiyalar yordamida so‘rovning barcha maydonlarining qiymatlarini qayta
ishlash mumkin. Qayta ishlash natijalari so‘rov yozuvlarining natijaviy to‘plamida
paydo bo‘ladi.
Funktsiya
Vazifasi
Sum
So‘rov natijasida ajratib olingan yozuvlarda joylashgan ma’lum
maydon
qiymatlarining yig‘indilarini
hisoblash
Avg
So‘rov natijasida ajratib olingan yozuvlarda joylashgan ma’lum
maydon
qiymatlarining o‘rtachasini
hisoblash
Min
So‘rov natijasida ajratib olingan yozuvlarda joylashgan ma’lum
maydon
qiymatlarining eng kichigini
hisoblash
Max
So‘rov natijasida ajratib olingan yozuvlarda joylashgan ma’lum
maydon
qiymatlarining eng kattasini
hisoblash
Count
So‘rov natijasida ajratib olingan ma’lum maydon yozuvlarining
sonini hisoblash
First
So‘rov natijasida ajratib olingan ma’lum maydon yozuvlarining
birinchi qiymatini
aniqlaydi
Last
So‘rov natijasida ajratib olingan ma’lum maydon yozuvlarining
oxirgi qiymatini
aniqlaydi
StDev
So‘rov natijasida ajratib olingan ma’lum maydonning barcha
yozuvlari qiymatlari
uchun standart og‘ishma
hisoblanadi
Var
So‘rov natijasida ajratib olingan ma’lum maydonning barcha
yozuvlari qiymatlari
variatsiya qiymati hisoblanadi
Topshiriqlar:
1. Konstruktor yordamida so’rov hosil qiling.
2. AVG funksiyasidan so’rov yaratish jarayonida foydalaning
3. Sum funsiyasidan foydlaning
4. Yuqorida ko’rsatilgan funksiyalardan foydalaning
|
| |