Amaliy mashg‘ulot: ms access dasturida ma’lumotlar bazasi uchun so‘rovlar yozishni о‘rganish Tayanch so’zlar




Download 131,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana12.12.2023
Hajmi131,73 Kb.
#117326
  1   2
Bog'liq
14-Amaliy mashg\'ulot.



Amaliy mashg‘ulot: MS Access dasturida ma’lumotlar bazasi 
uchun so‘rovlar yozishni о‘rganish 
Tayanch so’zlar: Jadval, so’rov, forma, hisobot, visual basic, makrobuyruq, 
maydon, now- funksiyasi, makroslar, maydon elementi, SQL. 
Microsoft Office ning o’zbek tilidagi varianti yo’qligi, uning faqat ingliz va 
rus tilida yaratilgan lahjalaridangina foydalanish imkoniyatiga ega ekanligimizdan 
mazkur fikrlar Microsoft Access ning ruscha lahjasiga tayanib yozilgan. Microsoft 
Access dasturi ham relatsion modellar asosiga qurilgan bo’lib, unda tashkil 
qilinadigan MBlar jadval ko’rinishida aks etadi. Bunday jadvaldagi ustunlar maydon 
deb, satrlar esa yozuv deb ataladi. 
Maydon – ma’lumotlarni tashkil etishning oddiy birligi bo’lib, ma’lumotning 
alohida, bo’linmas birligiga egaligi rekvizitga mos keladi. 
Yozuv–mantiqiy bog’langan rekvizitlarga mos keluvchi maydonlar 
yig’indisidir. 
Yozuvning tuzilishi o’z tarkibiga mos har bir oddiy ma’lumotga ega 
maydonlar tarkibi va ketma- ketligi bilan belgilanadi. Demak, maydon MBning 
asosiy tuzilmali elementi bo’lib quyidagi parametrlar bilan 
ifodalanadi: 
-uzunligi (belgi va simvollarda ifodalanib baytlarda o’lchanadi), 
- nomi (maydonning o’ziga xos alohida xususiyati), 
- подпись- imzo (ustun sarlavhasi haqida ma’lumot). 
Maydonlar xususiyatiga va tarkibiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: 
1. Matnli maydon. 
2. Sonli maydon. 
3. Vaqt va sanani ifodalovchi maydon. 
4. Mantiqiy maydon (1 0; Ha yoki yo’q; rost yoki yolg’on kabi mantiqiy 
birliklar bilan 
ifodalanadi). 
5. Pul birliklarida ifodalangan maydon (raqamlar pul birliklari bilan birgalikda 
ifodalanadi) 
6. OLE maydoni (shakl, tasvir, rasm, musiqiy kliplar va видeoyozuvlar 
shaklida 
ifodalanadi) 
7. MEMO maydoni- matn uzunligi 256 simvoldan uzun bo’lgan maydonda 
faqat 
matnning qayerdaligini ifodalovchi ko’rsatkich turadi. Bu holda har bir 
maydonda 65 535 simvol 
saqlanishi mumkin. 
8. Cчетчик (sanovchi) maydoni - maydonda turgan ifoda avtomatik ravishda 
sanalib 
o’zgaradi. 
Endi, keng foydalanuvchilar ommasi uchun mo’ljallangan va eng qulay 
bo’lgan relatsion 
MBni tashkil qilish haqida biroz to’xtalib o’tamiz. 


MBBT MS Access MBBT Access ning barcha vazifalari va imkoniyatlarini 
o’rganib uni ishlatish texnologiyasi bilan tanishib chiqamiz, hamda olib boriladigan 
amaliy mashg’ulotlarni shu MBBT da tashkil etishni tavsiya qilamiz. Buning uchun 
avvalo Microsoft Access bajaradigan vazifalari, uning darchasi va ish yurituvchi 
asosiy obyektlari bilan yaqindan tanishishga o’tamiz. 
Microsoft Access ish darchasi Microsoft Office tarkibidagi Microsoft Access 
piktogrammasi ustida «sichqoncha» chap tugmasini 2 marta bossak, ekranda Access 
darchasi paydo bo’ladi: Darchaning birinchi satrida MBBT nomi Microsoft Access 
deb ifodalangan, 2-nchi satrda 
esa tavsiyanoma punktlari: 
Файл Правка Вид Вставка Формат Записи Сервис Окно ? 
- Uchinchi satrida Standart paneli piktogrammalari joylashgan. Darchaning 
keng qismi ishchi maydon hisoblanadi. Ishchi maydonda yuqoridagi muloqot 
darchasi hosil bo’ladi. Bu darcha yordamida biz yangi MBni tashkil qilishimiz yoki 
mavjud MBni ochib ular ustida ishlashimiz mumkin. 
Access 9x (umumlashgan lahjasi) darchasi 6 ta obyektdan iborat bo’lib, 
asosan shular bilan ish yuritiladi. Bular: Таблица (jadval), Запрос (so’rov), Форма 
(forma), Отчет (hisobot), 
Макрос (makro buyruq) va Модул. 
Jadval - MBning ma’lumotlar saqlaydigan asosiy obyekti; 
So’rov - MB dagi ma’lumotlarni tartiblash, biror kerakli ma’lumotni qidirib 
topish kabi 
vazifalarni bajaradi. 
Forma – MBga yangi ma’lumotlar kiritadi, yoki joriy MBdagi ma’lumotlar 
ustida foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan turli-tuman shakldagi formalar yaratadi. 
Demak, forma – ekran obyekti bo’lib, elektron blank tarzida ifodalanib, unda 
ma’lumotlar kiritiladigan 
maydon mavjud va shu maydonlarga kerakli ma’lumotlar joylashtiriladi va 
jadval shu tariqa hosil qilinadi. 
Hisobot - MB tarkibidagi ma’lumotlardan keraklisini printerga chiqaruvchi 
qog’ozdagi asosiy hujjat. 
Modul - Visual Basic dasturlash muhitida yozilgan dastur bo’lib, nostandart 
operatsiyalarni foydalanuvchi tomonidan bajarilishiga imkon yaratadi, 
Makrobuyruq - bir qator buyruqlar majmui asosida hosil bo’lgan 
makrobuyruq bo’lib, foydalanuvchi tomonidan jadval tuzishda juda qiyin hal 
qilinadigan jarayonlarni yechadi. Sanab o’tilgan obyektlar ustida ishlash uchun 
darchaning o’ng tomonida Открыть (ochish), Конструктор va Создать (yaratish) 
degan tugmachalar joylashgan. Demak, bu tugmalar Access ning ishlash tartibini 
ifodalaydi. 
Открыть tugmasi bosilsa, joriy obyekt ko’z oldimizda namoyon bo’ladi. Agar 
bu obyekt jadval bo’lsa, uni ko’rib yangi ma’lumotlar kiritish yoki avvalgisini 
o’zgartirish imkoni bo’ladi. Конструктор tugmachasi bosilsa, u holda obyektning 
tuzilmasi namoyon bo’ladi. Agar obyekt jadval bo’lsa, unga yangi maydon kiritish 
yoki olib tashlash mumkin. Bordiyu forma bo’lsa, u holda boshqarish elementlarini 
tashkil etadi. Ammo bu hol foydalanuvchilar uchun emas, balki MBni tashkil 


etuvchilarga ko’proq foydali. Создать tugmasi bosilsa, u holda yangi obyektlar 
tuzish, uni boshqarish lozim bo’ladi. 
Xullas, ana shu sanab o’tilgan tartib(rejim)lar asosida obyektlar ustida 
quyidagi turda ish 
bajariladi: 
mexanik usul bilan, 
avtomatlashtirilgan holatda 
jadval ustasi (master) yordamida. 
Jadval tuzish - bu ma’lumotlarning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan 
holda uning maydonlarini ifodalash. Bu jarayon MB darchasida Создать tugmasini 
bosish bilan boshlanadi va ekranda quyidagi muloqot darchasi paydo bo’ladi: 
Bunda jadval tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi: 
1. Режим таблицы (Jadval holatida) Bunda jadval tuzish oddiy mexanik 
usulda 
yaratiladi va ekranda formal nomlarda jadval maydonlari paydo bo’ladi. 
Maydon 1, Maydon 2, 
Maydon 3, . . . va standart matnli maydon turi akslanadi: 
1. Конструктор holatida jadval yaratish. 
Конструктор holatini tanlasak, u holda maydonlar nomi ularning turi va 
xossalari kabi parametrlarni kiritish mumkin bo’lgan muloqot darchasi paydo 
bo’ladi. Ushbu muloqot darchasida bu parametrlar barchasi klaviatura yordamida 
qo’lda kiritiladi yoki keraksiz maydonlar olib tashlanadi, yoxud ba’zi 
maydonlarning turini o’zgartirish kabi amallarni bajarish 
mumkin bo’ladi. 
2. Мастер таблиц (jadval ustasi) bilan jadval tuzish. 
Jadval ustasi bilan ish yuritganda ekranda hosil bo’lgan muloqot darchasida 
namunaviy jadvallar ro’yhati va bu jadvallarga mos bo’lgan namunaviy jadval 
maydonlari foydalanuvchiga taklif etiladi. Foydalanuvchi bu muloqot darchasida 
mavjud bo’lgan ixtiyoriy jadval va uning maydonlarini tanlab olib (maydonlarning 
nomini o’zgartirishi mumkin) yangi jadval tuzishi mumkin. Bunda maydonlarning 
turi ham avtomatik ravishda maydon nomiga mos holda tanlanadi. 
Xullas, maydon turini o’zgartirish zarur bo’lsa, конструктор holatidan 
foydalanib 
o’zgartirish mumkin. 
3. Импорт (Boshqa ma’lumotlar bazasi)dan jadvalni tanlash 
Bunda import qilinuvchi jadvalni tanlash uchun muloqot darchasida import 
qilinuvchi MB tanlab olinadi va undan foydalanuvchiga kerak bo’lgan maydon 
bo’yicha ma’lumotlar ajratib olinishi mumkin. 
4. Связь с таблицами (Tashqi fayllardagi MB jadvallari bilan bog’lanish) 
orqali yangi jadvallar tuzish. 
Bunda ham yuqoridagi kabi muloqot darchasida o’zaro aloqa o’rnatilishi zarur 
bo’lgan MB tanlab olinadi. 
Assess da ishlash texnologiyasi 
Ms Assess ikki xil holatda ishlaydi: 
1) Проектирование (loyihalash) 


2) Экспулатация (amaliy foydalanish) 
MBBT qaysi tartibda ishlashidan qat’iy nazar, uni ishlatish texnologiyasi 
quyidagicha namoyon bo’ladi: 
Foydalanuvchi–MBni ma’lum formada to’ldiradi, muayyan запрос (so’rov) 
orqali qayta ishlaydi va natijalarni otchet (hisobot) tarzida tashkil qiladi. Birgina 
MBda millionlab foydalanuvchi ish yuritadi, ammo tuzilmasiga qo’l tekizmaydi. 
Foydalanuvchi asosan 6 ta obyektning 4 tasi bilan bemalol ish yuritadi. Xullas, 
ushbu obyektlar bilan ish bajarish uchun foydalanuvchi quyidagi tugmachalar bilan 
ish yuritishi mumkin: 
Открыть- tanlagan obyektni ochadi. 
Конструктор-tanlagan obyekt tuzilmasini ochadi. 
Создать- yangi obyektlarni tashkil qiladi. 
MB ning o’ziga xos xususiyatlari MB ning jadvali mustaqil ravishda hujjat 
bo’la olmaydi, ammo jadval tuzilmasi esa hujjat, biroq Microsoft Assessda uning 
uchun alohida fayl ajratilmagan. Jadvaldagi barcha 
o’zgarishlar avtomatik ravishda real vaqt holatida saqlanadi. Real vaqt 
holatida jadval bilan ishlash jarayonida uzluksiz saqlash davom etadi. Birinchi 
maydonga ma’lumotlarni kiritish to’xtatilgach, 2-maydonga o’tiladi, shu vaqtda 
ma’lumotlar vinchestrga yozila boradi va avtomatik ravishda saqlanadi. 
MB jadvallari bilan ishlash jarayoni 
1. MBBT darchasining pastki qismida поля номера записи (tartib raqamini 
yozish 
maydoni) bo’lib, bunda maydonga o’tish tugmalari bor (jadval bo’yicha 
siljishni amalga 
oshiradi). 
2. Har bir yozuv chap tomonida yozuv markeri (marker zapisi) tugmachasiga 
ega. Shu 
tugmani bossak, yozuv ajratilib ko’rinadi va nusxa olishga tayyorlanadi. 
3. Ajratilgan yozuvda sichqoncha o’ng tugmasini bossak, kontekst 
tavsiyanoma muloqot 
darchasi chiqadi va uning buyruqlari orqali yozuv ustida ish bajariladi. 
4. Jadvalning chap tomoni yuqori qismida turgan marker jadval markeri 
deyiladi. Uni 
bossak, butun jadval ajratilib ko’rinadi. Sichqoncha o’ng tugmasi bosilsa, 
kontekst tavsiyanoma 
muloqat darchasi ekranda paydo bo’ladi. Uning buyruqlari bilan jadval ustida 
ish yuritiladi. 
5. Maydon sarlavhasida sichqoncha tugmasini bossak, u holda maydon 
ajratilib ko’rinadi. 
Запрос (So’rov)lar tashkil qilish MB ga kirish uchun «So’rov» dan 
foydalaniladi. Bu jarayon MB darchasining Запрос (So’rov) bo’limida yaratish 
tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda quyidagi muloqot darchasi paydo 
bo’ladi. MB ga kirish uchun Запрос tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi: 
Конструктор - mustaqil ravishda yangi so’rovlar tuzish. 


Простой запрос (oddiy so’rov) - mavjud aniq maydonlarni tanlab olish yo’li 
bilan so’rovlar tuzish. 
Перекрестный запрос (qiyosiy so’rov) - MB da mavjud bo’lgan bir nechta 
jadval va so’rovlarni chatishmasidan yangi so’rovlar yaratish. 
Повторяющиеся записи (takrorlanuvchi yozuvlar) jadvalda yoki so’rovlarda 
takrorlanuvchi yozuvlarni qidirib topish uchun so’rovlar tuzish. Записи без 
подчененных (bog’lanmagan yozuvlar) joriy jadvalga mos kelmaydigan yozuvlarni 
qidirib topish uchun so’rovlar tuzish. Xullas, Запрос yordamida asosiy MBdan 
natijaviy (foydalanuvchini qiziqtirgan) jadval tashkil qilish va uni qayta ishlash 
imkoniyati paydo bo‘ladi. Запрос bilan ishlaganda ma’lumotlarni saralash (filtrdan 
o’tkazish), jamlash, ajratish, o’zgartirish mumkin. Ammo bu amal har bajarilganda 
asosiy MB da hechqanday o’zgarish sodir bo’lmaydi. Bundan tashqari, Запрос 
yordamida «natijalarni hisoblash», o’rta arifmetik qiymatini topish, yig’indi hosil 
qilish yoki biror maydon ustida matematik amallar bajarish mumkin. MBda ajratish 
uchun «So’rov» Запрос hosil qilishning turlari ko’p. Ammo eng ko’p 
qo’llaniladigani Запрос на «выборки» (Tanlashini tashkil qiluvchi so’rov) 
Accessda “So’rov” tashkil qilishning 3 ta usuli mavjud: avtomatik ravishda, qo’lda 
va мастер (usta) yordamida. 
Запрос tashkil qilish uchun maxsus SQL (Structured Query Language) tili 
mavjud, ammo bu tilda ishlash ancha murakkab, shuning uchun ham Access da 
maxsus «Namunaviy so’rov blanki» tashkil qilingan. Bunda Запрос elementlarini 
darchalararo tashish orqali amalga 
oshirish mumkin. MB ga Запрос bilan kirish «Создать» tugmasini bosish 
bilan amalga oshiriladi. Uning muloqat darchasi «Новый запрос» deb ataladi. Unda 
«Конструктор» holatida ish yuritiladi. Shunda MB tuzilmasidan kerakli jadval va 
uning maydonlari Запрос 
bo’yicha tanlanadi. Jadval tanlash «Добавление таблиц» (Jadval qo’shish) 
muloqat darchasida sodir bo’ladi. Bunda MBdagi barcha jadvallar ro’yhati bor. 
Ajratilgan jadvallar blankning yuqori qismiga Добавить (Qo’shish) tugmasini 
bosish bilan amalga oshiriladi. 
- jadval tarkibidagi ma’lumotlarni yangilash so’rovi, 
- yozuvlarni kiritish so’rovi, 
- yozuvlarni yo’qotish so’rovi. 
Buning uchun Запрос tavsiyanomasidagi Создать buyrug’i bilan 
Конструктор tartibida ish yuritiladi. Forma tashkil qilish Ma’lumotlarni kiritish 
uchun kerakli maydonga ega bo’lgan elektron blank forma deb 
ataladi. Forma tashkil qilish MB darchasining Форма bo’limida Создать 
tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda quyidagi muloqot darchasi paydo 
bo’ladi. Ekranda hosil bo’lgan muloqot darchasida yangi forma tuzishning bir qator 
usullari taklif 
qilinadi: 
Конструктор - mustaqil ravishda yangi forma tuzish. 
Мастер форм - tanlangan maydonlar asosida avtomatik ravishda formalar 
tuzish. 


Автоформа: В столбец (ustun ko’rinishida) – maydonlarni avtomatik 
ravishda bitta 
ustunga joylashtirilgan holda formalar tuzish. 
Автоформа: ленточная (lentasimon)– maydonlarni avtomatik ravishda 
lentasimon 
joylashtirilgan holda formalar tuzish. 
Автоформа: табличная (jadvalli)– maydonlarni avtomatik ravishda jadvallar 
ko’rinishida tuzish. 
Диаграмма – diagrammalar ko’rinishida formalar tuzish. 
Jamlovchi jadval - Excel jadvallari bilan solishtirish usulidan foydalanib 
formalar tuzish. 
Formalarni tuzish uchun uni tashkil qiladigan usullardan biri tanlab olingach, 
muloqot darchasining pastki qismida forma tuziluvchi jadval yoki so’rov nomi 
ko’rsatiladi. Ma’lumki, forma asosan boshqarish elementlaridan iborat bo’lib, uning 
tashqi ko’rinishi shu boshqarish elementlarini rejali joylashtirishga bog’liq. Shuning 
uchun ham formani avtomatik ravishda tashkil qilish (avtoforma yordamida) 
maqsadga muvofiq. Avtoforma–MB darchasida «Создать» tugmasini bosish bilan 
«Новая форма» muloqot darchasi ochiladi. Unda kerakli so’rov yoki jadvalni tanlab 
«sichqoncha» chap tugmasini Автоформа turlaridan biri (lentali, jadvalli yoki 
ustunli) ustida 2 marta bosiladi. 
Master yordamida forma tashkil qilish esa 4 bosqichdan iborat: 
a) formaga kiritish mumkin bo’lgan maydonlarni tanlash, 
b) formaning tashqi ko’rinishini tanlash, 
c) formaning fon tasvirini tanlash, 
d) forma nomini berish. 
Microsoft Access 9x boshqarish panelining Вид tugmasini bosish natijasida 
forma tuzilmasi bilan panel elementlari (formani boshqarish jarayonini tashkil 
qiladigan asboblari bilan jihozlangan) ochiladi. Shuni nazarda tutib Форма tuzilmasi 
haqida to’liqroq ma’lumot quyida keltirilgan. 
Forma tuzilmasi 
Forma tuzilmasi 3 qismdan iborat: 
-forma sarlavhasi, 
-ma’lumotlar beriladigan joy, 
-eslatmalar satri. 
Boshqarish elementlari asosan ma’lumotlar beriladigan joyda ifodalangan 
bo’ladi. Boshqarish elementlari tagida tasvirning foni joylashib, u formaning ishchi 
maydonini ifodalaydi. «Sichqoncha» ni surish bilan bu o’lcham o’zgartiriladi. Shuni 
eslatish lozimki, ba’zan maydon nomi bilan ma’lumotlar joylashadigan oraliqqa 
надпись (yozuv) kiritish mumkin. Yozuvlar tashkil qilish Elementlar panelida 
maxsus boshqaruv elementi mavjud bo’lib, unga va formaga bosib matnlar 
ramkasini hosil qilamiz. Matn kiritilganda uni formatlashning hojati yo’q. Matn 
kiritilgach, Enter tugmasi bosiladi. Boshqarish elementini formatlashda avval uni 
ajratish (выделить) lozim, so’ngra Выбор объекта (obyektni tanlash) asbobidan 
foydalanamiz. Boshqarish elementini ajratganda uning atrofida 8 markerli ramka 
hosil bo’ladi. Chegaralarini siljitish bilan ramkani siqish va cho’zish mumkin 


bo’ladi. Ramkaning chapdagi yuqori markerialohida ahamiyatga molik. Unga 
ko’rsatkichni to’g’rilaganda «sichqoncha» ko’rsatkichi xuddi bosh barmoq 
ko’rinishiga o’xshab ketadi. Obyekt ajratilgach, shrift parametrlarini o’zgartirish 
mumkin. Buni formatlash paneli piktogrammalari orqali amalga oshirish lozim. 
Bordiyu, «sichqoncha» o’ng tugmachasi bosilsa, u holda kontekst tavsiyanoma 
buyruqlari orqali ish bajariladi. Bog’langan maydonlarni tashkil qilish va tahrirlash 
Jadval maydonlari mazmunini aks ettiruvchi boshqarish elementlari esa elementlar 
panelidagi Maydon elementi orqali amalga oshiriladi. Boshqarishning bunday 
elementlarini bog’langan maydon deb ataladi. Ushbu bog’langan maydonni tashkil 
qilish uchun elementlar panelida Maydon elementi mavjud. Bog’langan maydonni 
tashkil qilish jarayonida boshqarishning yana bir elementi – bog’langan yozuv 
paydo bo’ladi. Bog’langan maydonni bog’langan yozuvdan ajratish uchun chap 
tomon tepasida turgan barmoq ko’rsatkichi markerni ishga solinadi. 
Отчет (hisobot)lar tashkil qilish 
Hisobot–bu natijalar aks etgan qog’ozli hujjat demakdir. MB muloqot 
darchasida Отчет ni tanlab Создать tugmasiga bossak, Новый отчет (yangi 
hisobot) degan muloqot darchasi paydo bo’ladi. Ekranda hosil bo’lgan muloqot 
darchasida yangi hisobot tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi: 
Конструктор – mustaqil ravishda yangi hisobot tuzish. 
Мастер отчетов (hisobotlar ustasi) – tanlangan maydonlar asosida avtomatik 
ravishda yangi hisobotlar tuzish. 
Автоотчет (avto hisobot)- в столбец (ustun ko’rinishida)– maydonlarni 
avtomatik ravishda bitta ustunga joylashtirgan holda hisobot tuzish. 
Автоотчет: lentasimon ko’rinishda – maydonlarni avtomatik ravishda 
lentasimon joylashtirilgan holda hisobotlar tuzish. 
Мастер диаграмм (diagrammalar ustasi)– diagrammalar asosida hisobotlar 
tuzish. 
Почтовые наклейки (pochta yorliqlari)–pochta markalarini nashr qilish 
uchun formatlangan hisobotlar tuzish. 
Hisobotlarni tuzish uchun ham xuddi formalar tuzishdagi kabi hisobotlarni 
tuzish usullaridan biri tanlangach, muloqot darchasining pastki qismida hisobot 
tuziluvchi jadval yoki so’rov nomi ko’rsatiladi. 
Hisobot tuzilmasi Xuddi forma kabi hisobot ham boshqarish elementlariga 
ega qismlardan tashkil topgan, ammo bunda qismlar ko’p-u, boshqarish elementlari 
formanikidan kamroq. Hisobot tuzilmasi 
asosan 5 qismdan iborat bo’ladi (15-rasm.): 
hisobot sarlavhasi, 
yuqori kolontitul, 
ma’lumotlar joylashgan joy, 
quyi kolontitul, 
hisobot eslatmasi. 
Odatda, hisobot tuzilmasi bilan tanishish uchun avtomatik ravishda hisobot 
tashkil qilib uni «конструктор» tartibida ochish qulay. Bunda hisobot sarlavhasi 
umumiy sarlavhani chop etishni ta’minlaydi, yuqori kolontitul qismlari esa 
sarlavhaga tegishli kichik-kichik sarlavhachalarni ifodalaydi. Ma’lumotlar 


maydonida esa boshqaruv elementlari joylashtirilib, ular asosan ma’lumotlar bazasi 
maydonlari mazmunini bildiradi. Quyi kolontitul qismida xuddi yuqori kolontitul 
kabi boshqarish elementlariga ega, Now funksiyasi bilan vaqtni va Page() funksiyasi 
bilan hisobot varaqlari belgilanadi. Hisobot eslatmasida esa yordamchi axborotlar 
kiritiladi Tuzilgan jadval, so’rov, forma va hisobotlarni foydalanuvchiga kerakli 
holatda printerga chiqarish mumkin. Buning uchun kerakli obyektni tanlab olish, 
so’ngra asosiy tavsiyanomaning fayl punktidan «Печать» buyrug’iga kirish lozim. 

Download 131,73 Kb.
  1   2




Download 131,73 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy mashg‘ulot: ms access dasturida ma’lumotlar bazasi uchun so‘rovlar yozishni о‘rganish Tayanch so’zlar

Download 131,73 Kb.
Pdf ko'rish