ACCESS ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining asosiy elementlari




Download 238 Kb.
bet3/3
Sana02.05.2023
Hajmi238 Kb.
#55652
1   2   3
Bog'liq
13-Маъруза
3-m, BOYQOZIYEVA OLIY REFARAT
4. ACCESS ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining asosiy elementlari

Yuqoridagi aytilganlardan kelib chiqqan holda xulosa qilishimiz mumkinki, ushbu amaliy dastur relyatsion turga mansub bо‘lib, u jadval kо‘rinishida ifodalangan ma’lumotlar majmuasi bilan ishlashga mо‘ljallangan. Masalan, mijozlar va ularning talablari yozilgan jadvallar orasida muayyan boyliklarni hosil qilish va uni boshqarish uchun ishlatilishi mumkin. Buning natijasida biz bir-biriga bog‘liq bо‘lgan ma’lumotlar tо‘plami bilan osongina ishlash imkoniyatiga ega bо‘lamiz.


Пуск (Start) tugmachasi orqali «Программи» (Programs) bо‘limidan Microsoft Access, belgisini tanlagan holda ushbu dasturni ishga tushirsak, bir qancha imkoniyatlardan birini tanlashimiz mumkin bо‘ladi. Ular quyidagilardir:

  • yangi ma’lumotlar bazasini tashkil qilish;

  • ma’lumotlarni Internet Explorer yordamida kо‘rib chiqish uchun ma’lumotlar kо‘rish sahifasini hosil qilish;

  • Access loyihasi hosil qilish;

  • oldindan tuzib quyilgan ma’lumotlar bazasini yoki loyihani ochish.

Access loyihasi ma’lumotlar bazasiga о‘xshash bо‘ladi, lekin unda ma’lumotlar bilan tо‘ldirilgan jadvallar bо‘lmaydi va u maxsus Microsoft SQL Server bilan bog‘langan bо‘lib, barcha kerakli jadvallar о‘sh yerda saqlanadi. Undan foydalangan holda foydalanuvchi loyihalalarga о‘xshash ma’lumotlar bazalarini tuzish va ularni boshqarish imkoniyatini olish mumkin.
Ma’lumotlar bazasining asosini unda saqlanuvchi ma’lumotlar tashkil qiladi va ular obyektlar orqali boshqariladi. Obyektlarning asosiy turlari quyidagilar:
Jadvallar (Таблитси) – ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi;
Talablar (Запроси) – ma’lumotlarni tanlash shartlarini berishni ularga о‘zgarishlar kiritish uchun xizmat qiladi;
Shakllar (Форми) – ma’lumotlarni kо‘rish va tahrir qilish uchun xizmat qiladi;
Sahifalar (Странитси) – HTML (gipermatn) shakltidagi fayllar, ular Access ma’lumotlarini Internet Explorer brauzeri yordamida kо‘rish uchun foydalaniladi;
Hisobotlar (Отчети) – ma’lumotlarni umumlashtirish va chop qilish imkonini beradi;
Makroslar – bir yoki bir qancha operatsiyalarni avtomatik ravishda bajaradi.
Access ma’lumotlar bazasiga kiritilgan har qanday ma’lumot jadvallarda saqlanadi. Jadvallarning qatorlari yozuvlar deb, ustunlari esa maydonlar deb ataladi.
Sо‘rovlar jadvallardan ma’lumotlarni bir yoki bir necha kriteriylar (kо‘rsatgichlar) asosida tanlab olish uchun ishlatiladi. Jadvallar soni ham bir yoki bir nechta bо‘lishi mumkin. Masalan, sо‘rovlardan foydalangan holda quyidagi savollarga javob olish mumkin:

  • Oxirgi kvartalda har bir mahsulotdan qanchadan sotildi?

  • Oxirgi oyda qancha yangi mijozlar murojaat qildi?

  • Qaysi korxonadan qancha mahsulot keldi?

Misol uchun agar jadvalning Nomlar yozilgan ustunidan foydalangan holda undagi Akrom Alimovga tegishli barcha yozuvlarni ajratib olish mumkin. Buning uchun Nomlar ustunining «Условия отбор» (Tanlash shartlari) deb nomlangan qatoriga Akrom Alimov deb yozish kerak bо‘ladi.
Sо‘rovlar konstruktorining imkoniyatlari faqatgina tanlovni amalga oshirish bilan chegaralanmaydi. U orqali quyidagi sо‘rovlarni ham amalga oshirish mumkin:
«Перекрестний запрос» (xilma – xil jadvallardan foydalangan holda amalga oshiriladigan sо‘rov) – u orqali ma’lumotlarni umumlashtirish mumkin bо‘ladi. Masalan, oldingi kvartalda har oyda har bir mahsulot bо‘yicha sotuv hajmi qancha bо‘lishini aniqlashimiz mumkin.
«Запрос на создание таблитси» (Jadval hosil qilish uchun sо‘rov) – bunda sо‘rov natijasida hosil bо‘lgan natijalar yangi jadvalga joylashadi.
«Запрос на обновление» (Yangilanish sо‘rovi) – bunday sо‘rovlar vositasida jadvaldagi yozuv guruhlariga о‘zgartirishlar kiritish, ma’lumotlarni tahrir qilish yoki bir jadvaldagi ma’lumotlarni boshqa jadvaldagi ma’lumotlardan foydalangan holda о‘zgartirish mumkin.
«Запрос на добавление» (qо‘shish maqsadidagi sо‘rov) – bunday sо‘rovlar bir jadvaldagi ma’lumotlarni boshqasiga qо‘shishga imkon beradi.
«Запрос на удаление» (Yо‘qotish uchun sо‘rov) – bunday sо‘rov jadvaldan yozuvlar guruhini yо‘qotish uchun xizmat qiladi.
Shakllar jadvaldagi ma’lumotlarni kо‘rishni osonlashtirish yoki jadvalga ma’lumotlar kiritish uchun ishlatiladi. Bunda jadvaldagi yozuvning barcha maydonlari shaklda kо‘rinib turadi. Shuning uchun ham ma’lumotlarni tahrir qilish ancha osonlashadi. Shakllar ham tegishli yordamida dastur – masterlar yordamda hosil qilinishi mumkin (Master form yoki Form Vizard).
Agarda shaklni tezlik bilan hosil qilish talab qilinsa, u holda Avtoshakl masteridan foydalanish mumkin. Bunda shakl turi tanlab olinadi xolos. Bir necha jadvallar asosida ham shakllar tashkil qilish mumkin.
Sahifalar (Странитси) – ular alohida holda saqlanadigan HTML (gipermatn) shakltidagi fayllar bо‘lib, Access ma’lumotlarini Internet Explorer brauzeri yordamida kо‘rish uchun ishlatiladi.
Hisobotlar (Отчети) - ma’lumotlarni kо‘rish va chop qilish uchun ishlatilib, quyidagi imkoniyatlarni yaratib berishi mumkin:
Hisobotlar masteri (Мастер отчетов – Report Wizard) – hisobotni bosqichma-bosqich tayyorlashga va chop qilishga imkon beradi.
Avtohisobot (Автоотчет - AutoReport) – ma’lumotlar bazasi dasturida oldindan mavjud bо‘lgan tasmali yoki ustunli kо‘rinishdagi hisobotlar tayyorlashga imkon beradi.
Download 238 Kb.
1   2   3




Download 238 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ACCESS ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining asosiy elementlari

Download 238 Kb.