|
Aloqa obyektlari davlat kadastrini yuritish
|
bet | 18/21 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #237183 |
Bog'liq Asliddin Xolbo\'tayev davlat kadastriI. Umumiy qoidalar
1. Aloqa obyektlari davlat kadastri (AODK) “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYaT)ni yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda ushbu Nizomga muvofiq yuritiladi.
2. AODK — bu aloqa obyektlari, ularning geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, muhofaza zonalari, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to‘g‘risidagi yangilab boriladigan ishonchli ma’lumotlar tizimidir.
3. AODK DKYaTning tarkibiy qismi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining barcha hududidagi aloqa obyektlarini tabiiy, xo‘jalik obyekti yoki boshqa obyekt muayyan turining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to‘g‘risidagi yangilanib turiladigan ma’lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat bo‘ladi.
4. Quyidagilar AODK obyektlari hisoblanadi:
xalqaro, shaharlararo, viloyat va tuman ahamiyatiga ega bo‘lgan telefon-telegraf stansiyalari, shu jumladan turg‘un aloqa asbob-uskunalari va magistral liniyalari;
telekommunikatsiya uzellari, shu jumladan asbob-uskunalari, liniya inshootlari;
radiorele aloqa liniyalarining stansiya va inshootlari;
yo‘ldosh aloqa stansiyalari;
qabul qilish-uzatish radiostansiyalari;
ko‘chma obyektlarga ega bo‘lgan quruqlikdagi radioaloqa stansiyalari (radial tizimlar, uyali telefonlar);
radiotelevizion stansiyalar va rentranslyatorlar;
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi AODKni yuritish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
6. AODK davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni aloqa obyektlari to‘g‘risidagi ishonchli kadastr ma’lumotlari bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
7. Quyidagilar AODKni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha aloqa obyektlarini qamrab olish;
fazoviy koordinatlari yagona tizimini va yagona topografik asosni qo‘llanish;
barcha obyektlar bo‘yicha kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko‘rgazmaliligi va hujjatliligi;
kadastr axborotlarining ochiqligi.
71. AODKga tegishli tematik qatlamlarning matematik asosi bazaviy kartografik asosning matematik asosiga muvofiq bo‘lishi lozim hamda taqdim etilayotgan ma’lumotlar 1984-yilgi koordinatalar butunjahon geodeziya tizimida (WGS-84) bo‘lishi zarur.
72. AODKga tegishli tematik qatlamlarni shakllantirishda vektorli obyektlarning (nuqtali, chiziqli va maydonli) o‘zaro bog‘liqligi va yondoshligi ularning fazoviy joylashuvini inobatga olgan holda tasvirlanadi.
8. DKYaTni yuritish aloqa obyektlarini xatlovdan o‘tkazish, hisobga olishni ta’minlaydi hamda davlat yer kadastri ma’lumotlaridan va bino va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlaridan majburiy foydalanishni nazarda tutadi.
9. Aloqa obyektlariga tegishli yer uchastkalari, bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vakolatli organlar tomonidan, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarida o‘rnatilgan va belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgan antenna-machta metall konstruksiyalari hamda ularga o‘rnatilgan va ularning ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar (tortqilar, atrofni o‘rovchi devorlar, yuk ko‘tarish moslamalari, chaqmoqdan himoya qilish tizimlari, erga ulash qurilmalari, signal-yoritish tizimlari, qo‘riqlash signalizatsiyasi va videokuzatuv tizimlari) ko‘chmas mulk obyekti hisoblanadi.
Antenna-machtalarga o‘rnatiladigan telekommunikatsiya qurilmalari: tayanch stansiya, signallarni efirga uzatish va qabul qilish qurilmalari, antennalar, fiderlar, radiorele qurilmalari, optik tolali aloqa qurilmalari, asosiy va zaxira elektr ta’minoti qurilmalari (elektr podstansiya, shit, dizel-generator, UPS, akkumulyatorlar) hamda mazkur qurilmalar ishlashi uchun zarur boshqa texnologik qurilmalar va apparat-dasturiy tizimlar ko‘chmas mulk obyekti hisoblanmaydi.
10. Davlat yer kadastridan AODKga beriladigan aloqa obyektlariga tegishli yer uchastkalari to‘g‘risidagi yer kadastri axborotlari maqsadli foydalaniladigan yerlar tuzilmasi, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi (shu jumladan yerlardan foydalanishda servitutlarda belgilangan mavjud cheklashlar va taqiqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar), yerlarning miqdori va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak.
11. Bino va inshootlar davlat kadastridan AODKga beriladigan aloqa obyektlariga tegishli bo‘lgan bino va inshootlar to‘g‘risidagi kadastr axborotlari ularning maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi, asosiy miqdor va sifat tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak.
12. AODKni yuritish geoaxborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
121. AODKni yuritishga mas’ul vazirlik va idora AODK geoaxborot tizimini yaratadi.
13. Aloqa obyektlari to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan ochiq tematik qatlamlar DKYaTga geoaxborot tizimi orqali integratsiya qilish yo‘li bilan real vaqt rejimida taqdim qilib boriladi.
Ma’lumotlar elektron-raqamli bazalarining texnik parametrlari (klassifikatorlar, shartli belgilar va boshqalar) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishilishi kerak.
Davlat siri hisoblangan davlat kadastrlariga doir axborotdan foydalanish qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdim qilinadi.
14. AODKni yaratish va yuritish ishlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi apparati ta’minoti uchun smetada nazarda tutilgan mablag‘lar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
|
| |