• PVG-18-2-0 pressi Pressning ishlash prinstipi.
  • Gidravlik uzatma.
  • NAZORAT SAVOLLARI
  • Poyabzal ostki detallarini chopish presslarining asosiy ishchi organlarini va ishlash prinsipini o’rganish




    Download 88.32 Kb.
    Sana15.03.2024
    Hajmi88.32 Kb.
    #173417
    Bog'liq
    4-лаборатория
    Akramjonova saodat, Elektr zanjirlarini himoyalovchi kommutatsion apparatlar, 04-22 ГЕОМЕТРИЯ, 63b7b453643db, akusher uchun onlayn topshiriq, METALLARNI PAYVANDLASH.PAYVANDLASH TURLARI VA BIRIKMALARI, Yo\'riqnoma BMI QDPI1, 2222222, Najimov Otabek Самастауателно Работа, 1691676363, ариза алимент, Struktura 2, Struktura 2, Kirish. Elektron apparaturalarni ishlab chiqarish texnologiyasi predmeti, Xamrayeva Klara Zakirovna

    4-LABORATORIYA MASHG’ULOTI


    Poyabzal ostki detallarini chopish presslarining asosiy ishchi organlarini va ishlash prinsipini o’rganish


    Ishni bajarishdan maqsad: poyabzal ostki detallarini chopish presslarining asosiy ishchi organlarini va ishlash prinsipini o’rganish
    Poyabzalning ostki detallari NPE, PV-38, PVG-18-0, PVG-18-1-0, PVG-18-2-0, PVG-18-1300, PVG-18-1600 presslarida cho­piladi. NPE va PV-38 elektromexanik presslari ham konstrukstiyasi va ishlash prinstipi jihatidan bir xilda tuzilgan bo’lib ular faqat ish yo’lining kengligi, zarba qiluvchi mexanizmning yo’li va tashqi o’lchamlari bilan farq qiladi. PVG-18dan PVG-18-1600 pressigacha bo’lgan presslar ham ish yo’lining kengligi jihatidan farq qiladi.
    PVG-18-1300 va PVG-18-1600 presslarida alohida boshqaruv pul­ti va pressni ishga qo’shish moslamasi mavjud.
    PVG-18-2-0 pressi
    Pressning ishlash prinstipi. PVG-18-2-0 pressi poyabzalning ostki detallari (charm, karton, rezina va boshqa materiallar)ni o’tkir tig’li keskichlar yordamida metallmas plita yoki kolodalarda, hamda tig’i o’tmas keskichlar yordamida metall plita yoki kolodalarda chopish uchun qo’llaniladi.Ishlash vaqtida pressning yuqoriga va past­ga щarakatlanuv-
    chi yuqori traversa qismi uning asosiy ishchi organi hisoblanadi.
    PVG-18-2-0 pressi (20-rasm) elektrgidravlik,bir zarbali,oyoq yordamida tepki bosilishi bilan ishlaydi. Texnologik jarayon qo’yidagicha bajariladi: bichish plitasining ustiga bichiladigan ma­terial to’shalib uning ustiga keskich qo’yiladi. Keyin keskichning muhofazalangan yon tomonidan ushlab qo’shish tepkisi bosiladi, undan so’ng yuqori traversa pastga tomon harakatlanib keskichning obux qismiga uriladi va material bichilgandan keyin yuqoriga ko’tarila­di.
    Keyingi zarbani hosil qilish uchun oyoqni tepkidan olib keskich qaytadan qo’yiladi va yana tepki bosilib press ishchi holatga qo’shi­ladi.
    Press-staninadan, yuqori traversa mexanizmidan, gidrouzatish, elektr jihozi va himoya blokidan iborat. Bichilgan detallarni qo’yish uchun pressda orqa yordamchi stoli mavjud. Pastki traversaga va pressning orqa tomonining o’ng burchagidagi ustuniga elektr shkafi mahkamlangan. Press ramkasiga gidroprivodli moy baki joy­lashtirilgan. Moy bakini pressdan chiqarib olish uchun pressning old tomonida moy bak qopqoјi ustida dastagi mavjud. Shu dastak yorda­mida moy bakini pressdan chiqarib olish mumkin.
    Pressning staninasi pastki traversa 9 ga bog’langan o’ng 35 va chap 39 ustunlari mahkamlangan tayanch ramasi 38 dan tuzilgan. Pastki traversa ustiga bichish plitasi joylashgan. Pastki traversa ramka 7 ga mahkamlangan chap 39 va o’ng 35 cho’yan ustunlarga o’rna­tilgan.
    Yuqori traversa mexanizmi gidroprivoddan kerakli kesish kuchini keskichga uzatadi. Yuqori traversa 24 press staninasining 10 va 33 yo’naltiruvchilariga o’rnatilgan ikkita skalkaga korpuslar 16 va 29 yordamida mahkamlangan. Pastdan traversa 24 ga muhofazalangan qistirma orqali plita 25 mahkamlangan. Pastki staninaning har bir yo’naltiruvchilariga flanlar 13 mahkamlangan bo’lib, ulardan trapestidial rezba kesilgan va unga shtok biriktirilgan. Shtokka press ishlayotgan vaqtda ko’zјalmay turuvchi porshenlar mahkamlangan. Ishchi stilindrlar skalkaning pastki qismida joylashgan.
    Tortkich 19 ga yuqori traversani dastlabki holatiga qaytarish uchun prujina kiygizilgan. Tortkichga skalkaning ichidan o’tib, kirmaksimon g’il­dirak 21 ni shtok 14 bilan biriktiradi. Yuqori traversaning ichida traversani balandlik bo’yicha harakatga keltiruvchi uzatish mexa­nizmi joylashgan. Uzatma elektr yuritgichidan, ikkita tishli јildi­rak, valiklar 25 va 26 dan, hamda uchta mufta 27, 28 va 29 dan iborat. Yuqori traversani harakatga keltiruvchi elektryuritgich qo’shilgandan keyin harakat undan stilindrik tishli uzatma orqali, ik­kita skalka va tortqich, kirmaksimon uzatmasi orqali shtokka uzatila­di. Keyin shtoklar flastlarga buralib kirib yoki flastdan chiqib, skalkalarni traversa bilan birgalikda ko’tarib yoki tushirib tura­di.
    Sozlanishi. Yuqori traversaning balandlik bo’yicha holati boshqa­ruv pulti 34 panelidan o’ng tomon tik qatordagi tugmachalar­dan birini bosib sozlanadi. Buning uchun elektryuritgichi 23, 22 va 21



    20–rasm. PVG-18-2-0 tipidagi poyabzal ostki detallarini chopish pressi.

    tishli јildiraklar. 20 va 28 valiklar, 19 mufta, ikkita skalkaning kirmakli uzatmalari va tortkich 14 orqali harakat shtok­larga uzatiladi va traversa 24 ko’tarilib tushib turadi. Traver­saning eng yuqori holatini sozlash vaqtida јildirak 7 dan ishlab ketuvchi oxirgi ajratgich 8 bilan chegaralanadi. Јildirak 7 korpus 29 bilan bohlangan va pressning ishlashi vaqtida yuqoriga va pastga harakatlanuvchi shtanga 17 ga qattiq mahkamlangan. Yuqori traversa­dan keskichning obux qismigacha bo’lgan masofa 70 mm.dan oshmasligi kerak.


    Gidravlik uzatma. Gidravlik uzatma elektr yuritgichidan harakat oluvchi nasos, gidrodozator-tezlatgich, zolotnik, to’yintirish gidroklapani, gidrobak, ikkita qaytarma klapan, moy o’tuvchi truba va moy bakidan tuzilgan. Girobakka moy filtr orqali quyiladi. Moyning sathi moy ko’rsatkich bo’yicha nazorat qilinib turiladi. Ish­chi suyuqlik sifatida T22 va Tp- 22 markali turbin moyidan foyda­laniladi.


    NAZORAT SAVOLLARI

    1. Poyabzal ostki detallarini bichish keskichlari nimalardan tashqil topgan?

    2. PVG-18-2-0 pressilarining sozlanishi to’g’risida ma’lumot bering?

    3. Gidravlik uzatma

    4. PVG-18-2-0 pressi qanday ishlar uchun mo’ljallangan?

    5. PVG-18-2-0 pressilarida texnologik jarayon tavsifi.

    Download 88.32 Kb.




    Download 88.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Poyabzal ostki detallarini chopish presslarining asosiy ishchi organlarini va ishlash prinsipini o’rganish

    Download 88.32 Kb.