|
67a- 22 guruh talabasi Turg’unov Hojiakbarning hr menejment fanidan tayyorlagan “keys”si
|
bet | 1/4 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 356,89 Kb. | | #152662 |
Bog'liq “PEPSI,COLA”ichimliklarini “SSSR”ga kirib kelishidagi va chiqib ketishidagi dolzarb qiyinchiliklari. “PEPSI,COLA”ichimliklarini “SSSR”ga kirib kelishidagi va chiqib ketishidagi dolzarb qiyinchiliklari. 1917 yilda sodir bo‘lgan Oktyabr to‘ntarishi Yevrosiyoning juda katta mintaqasida bozor qonuniyatlarini o‘zgartirib yubordi. Rossiya imperiyasi tugatilib, o‘rniga «sovetlar mamlakati» paydo bo‘lar ekan, yangi tuzum xususiy mulk egalariga qarshi ayovsiz kurash boshlaydi. Avvaliga zavod va fabrikalar tortib olinadi. Keyin do‘kondorlarga hujum boshlanadi. 1920-yillar oxiriga kelib kollektivlashtirish bahonasida butun mamlakat bo‘ylab odamlarning yer va mulklari oxirigacha tortib olinadi. Shu tariqa asrlar davomida shakllanib kelgan xususiy mulk munosabatlari to‘liq mahv etiladi. 1930-yillarda mamlakatda juda katta qurilishlar boshlab yuboriladi. Ammo kerakli mutaxassislar yetishmasdi. Ana shu paytda SSSRga dunyoning turli davlatlaridan ko‘plab kompaniyalar o‘z mutaxassislari bilan kelib ishlaydi. Ular orasida AQShliklar ham bor edi. 1937 yilda Stalin qatag‘onlari boshlangach, xorijiy mutaxassislarning bir qismi qochib qutuladi. Boshqalari esa ayg‘oqchilikda ayblanib, jazolanadi. Shundan so‘ng uzoq yillar davomida SSSRning G‘arb davlatlari bilan iqtisodiy aloqalari eng yomon ko‘rinishga keladi. Stalin vafotidan keyin bir muddat SSSR va AQSh munosabatlari yumshaganday bo‘ladi. Mamlakat rahbari Nikita Xrushchev AQShga tashrif buyuradi. Bunga javoban 1959 yilda Moskvada AQSh milliy sanoat ko‘rgazmasi tashkil etiladi va unga vitse-prezident Richard Nikson tashrif buyuradi. Ammo 1960-yillar boshida sodir bo‘lgan Karib inqirozi davrida SSSRning G‘arb bilan aloqalari yana yomonlashadi. 1964 yil 14 oktyabrda SSSR rahbari o‘zgaradi. Xrushchev o‘rniga Leonid Brejnev KPSS markaziy qo‘mitasi bosh kotibi bo‘ladi. O‘sha paytda Vetnam urushi davom etayotgan va unda AQSh armiyasi janubliklarga, SSSR harbiylari shimolliklarga yordam berayotgan edi. Shu sababli har ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar sovuqligicha qolad - SSSRda Pepsi Sola korxonasining qurilishi
|
| |