|
67a- 22 guruh talabasi Turg’unov Hojiakbarning hr menejment fanidan tayyorlagan “keys”si
|
bet | 3/4 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 356,89 Kb. | | #152662 |
Bog'liq “PEPSI,COLA”ichimliklarini “SSSR”ga kirib kelishidagi va chiqib ketishidagi dolzarb qiyinchiliklari.1973 yilda Krasnodar o‘lkasidagi Novorossiysk shahrida yangi zavod qurila boshlanadi va u 11 oyda bitadi. 1974 yilda zavod ishga tushiriladi va u yerda Pepsi Sola ishlab chiqarila boshlanadi. Bu ichimlikka qo‘shiladigan asosiy qo‘shimcha PepsiCo’ning Irlandiyadagi zavodidan kelar edi. - 1973 yilda Krasnodar o‘lkasidagi Novorossiysk shahrida yangi zavod qurila boshlanadi va u 11 oyda bitadi. 1974 yilda zavod ishga tushiriladi va u yerda Pepsi Sola ishlab chiqarila boshlanadi. Bu ichimlikka qo‘shiladigan asosiy qo‘shimcha PepsiCo’ning Irlandiyadagi zavodidan kelar edi.
- O‘sha paytda Novorossiyskdagi korxona bir sutkada 160 ming shisha idishda Pepsi Sola ishlab chiqargan. O‘zaro kelishuvga ko‘ra SSSRda ishlab chiqarilgan ichimlik yorlig‘iga brend nomi kirill alifbosida yozilgan edi.
- Pepsi Sola oddiy sovet limonadlariga qaraganda ancha sifatli bo‘lgani uchun tezda mamlakat bo‘ylab ommalashadi. Shundan so‘ng kompaniya ishlab chiqarishni kengaytira boshlaydi.
- Keyingi yillarda birin-ketin boshqa shaharlarda ham zavodlar ochiladi. Jumladan, 1978 yilda Yevpotoriyada, Leningradda (hozirgi Sankt-Peterburg), Novosibirsk va Moskvada Pepsi Sola ishlab chiqariladi.
- Pepsi Sola 0,33 litrli shisha idishga quyilar va turli shaharlarda 45-50 tiyindan sotilardi.
Moskva olimpiadasi tufayli kelib chiqqan raqobat - Moskva olimpiadasi tufayli kelib chiqqan raqobat
- Ma’lumki, AQShning turli yirik kompaniyalari o‘zaro raqobatda ishlaydi. Shu jumladan PepsiCo va AQShning yana bir yirik kompaniyasi Coca-Cola Company dunyo bo‘ylab o‘zaro raqobatda ishlagan.
- 1979 yilga kelib PepsiCo va Coca-Cola Company o‘rtasida SSSR bilan bog‘liq kichik mojaro yuzaga keladi.
- 1980 yilda yozgi olimpiada o‘yinlari o‘tkazilishini Moskva shahri yutib olgandi. 1979 yilda dunyoning ko‘plab mamlakatlari SSSRning Afg‘onistonga bostirib kirishiga norozilik sifatida Moskvadagi olimpiadada qatnashmasligini ma’lum qiladi. Ular orasida AQSh ham bor edi.
- Garchi Amerika Moskvadagi musobaqaga o‘z sportchilarini yubormasligini aytgan bo‘lsa-da, olimpiada boshlanishi arafasida Coca-Cola Company va PepsiCo o‘rtasida kichik mojaro yuzaga keldi.
|
| |