II. AODKni yuritishni tashkil etish




Download 1,66 Mb.
bet19/21
Sana16.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#237183
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Asliddin Xolbo\'tayev davlat kadastri

II. AODKni yuritishni tashkil etish
15. AODKni yuritish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining quyidagi tarkibiy bo‘linmalari hamda vakolatli shaxslari tomonidan amalga oshiriladi:
AODK xizmatining vazifalari yuklatilgan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ““UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” davlat unitar korxonasi;
mulkdorlar/foydalanuvchilar yoki aloqa obyektlariga boshqa huquqlar egalarining kadastr xizmatlari (vakolatli shaxslari).
AODKni yuritish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining AODK xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
AODKni yuritishni metodik ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
16. AODKni yuritish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining AODK xizmati:
kadastr xizmatlari (vakolatli shaxslar) ishlarini muvofiqlashtiradi;
tushayotgan axborotlar sifatini nazorat qiladi, ularning ishonchliligi va Aloqa obyektlarining geoaxborot tizimiga kiritilishi uchun javob beradi;
kadastr yuritish texnologiyasining takomillashtirilishini ta’minlaydi.
Aloqa obyektlarining geoaxborot tizimini joriy etadi va uning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;
mulkdorlar/foydalanuvchilar yoki aloqa obyektlariga boshqa huquqlar egalarining kadastr xizmatlari (vakolatli shaxslari)ning aloqa obyektlarining mavjudligi, miqdoriy va sifat holati, baholanishi va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida aloqa obyektlarining joylashish xaritasi tuzilishini ta’minlaydi;
manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kadastr axborotlaridan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi;
DKYaTga zarur kadastr axborotlarining tezkorlik bilan taqdim etilishini amalga oshiradi;
har oyning oxirida, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga DKYaT ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun aloqa obyektlarining holati va ulardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi.
20. Aloqa obyektlari mulkdorlari/foydalanuvchilari yoki aloqa obyektlariga boshqa huquqlar egalarining kadastr xizmatlari (vakolatli shaxslari) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining AODK xizmatiga kadastr obyektlarining geografik holati, huquqiy maqomi, miqdoriy tavsiflari va bahosi, shuningdek o‘tgan hisobot davri (oyi) mobaynida ularning holatidagi joriy o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotlarni har oyning 10 sanasiga qadar taqdim etishlari shart.

Download 1,66 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. AODKni yuritishni tashkil etish

Download 1,66 Mb.