|
III. AODKni yuritish tartibi
|
bet | 20/21 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #237183 |
Bog'liq Asliddin Xolbo\'tayev davlat kadastriIII. AODKni yuritish tartibi
21. AODKni yuritish aloqa obyektlarining barcha turlari ro‘yxatini, ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olishni, iqtisodiy baholashni, shuningdek kadastr axborotlarini to‘plash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilashni hamda ularni qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berishni o‘z ichiga oladi.
22. AODKni yuritishda shaharlararo aloqaning liniya inshootlari uchun yerlar faqat qurilish davrida ajratiladi. Aloqaning liniya inshootlaridan foydalanish jarayonida yerlardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-maydagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
23. Aloqa obyektlari ro‘yxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish hamda ekologik-iqtisodiy baholash uchun asos hisoblanadi.
24. Aloqa obyektlariga bo‘lgan mulkdorlar yoki boshqa huquq egalari darajasida, o‘z aloqa obyektlarining barcha turlari boshlang‘ich ro‘yxatga kiritiladi. Bunda asosiy ko‘rsatkichlar qayd etiladi, ushbu ko‘rsatkichlarning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli hujjatlar bilan belgilanadi. Ro‘yxatga kiritish natijalari bo‘yicha har qaysi obyekt uchun texnik pasport tuziladi.
25. Miqdor va sifat tavsiflarini asosiy hisobga olish hisobga qo‘yish vaqtida foydalanishga topshirilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan (sanoat maqsadida ishlatilayotgan) har qaysi aloqa obyekti bo‘yicha amalga oshiriladi.
Aloqa obyektlari tavsiflaridagi keyingi o‘zgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
26. Aloqa obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish ularning iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilari bo‘yicha klassifikatsiya qilishni o‘z ichiga oladi, ushbu belgilar tarkibi aloqa obyektlari davlat kadastrini yuritish bo‘yicha hujjatlarda belgilanadi.
Aloqa obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishgan holda kadastr axborotlarini taqdim etishning texnik parametrlari va hajmlari ishlab chiqiladi.
Hujjatli rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish axborotlari korxonaning elektron kadastr daftariga yoziladi va AODKning Aloqa obyektlarining geoaxborot tizimiga kiritiladi.
27. Aloqa obyektlarini iqtisodiy baholash soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har qaysi obyekt qiymatini baholash uchun amalga oshiriladi.
Aloqa obyektlarini iqtisodiy baholash ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Har qaysi aloqa obyekti bo‘yicha baholash kadastr ko‘rsatkichlari tizimi quyidagi natural (aloqa obyektining har qaysi turi uchun xos bo‘lgan) va qiymat ko‘rsatkichlari yig‘indisini o‘z ichiga oladi:
quvvat;
smeta qiymati;
balans qiymati;
ishlovchilarning son tarkibi;
ekologik ko‘rsatkichlar;
obyektning texnik holati;
asosiy asbob-uskunalar va ularning texnik hamda ma’naviy eskirganligi.
28. AODKni yuritish zimmasiga yuklangan vakolatli mansabdor shaxslar kadastr axborotlarining ishonchliligi va ularning DKYaTga geoaxborot tizimi orqali o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javob berishadi.
Aloqa obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
|
| |