• O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAZOVIY MA’LUMOTLAR SOHASINI TARTIBGA SOLUVCHI AYRIM NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
  • 4. Aloqa obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida
  • -bob. Yakunlovchi qoidalar




    Download 1,66 Mb.
    bet17/21
    Sana16.05.2024
    Hajmi1,66 Mb.
    #237183
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
    Bog'liq
    Asliddin Xolbo\'tayev davlat kadastri

    10-bob. Yakunlovchi qoidalar
    72. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
    Fazoviy ma’lumotlar sohasidagi huquqbuzarliklar uchun:
    fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarga ishlov berish va ulardan foydalanganda standartlar, normalar va qoidalarning buzilishida;
    bazaviy fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarni FMMI administratoriga taqdim etish shartlarini buzishda;
    FMMIga kiritilgan fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarning o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, buzib ko‘rsatilishi, foydalanish cheklab qo‘yilishi va qalbakilashtirishida;
    mualliflik huquqi va intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar javobgar bo‘ladilar.
    Yuridik va jismoniy shaxslarga fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlar axborot resurslarini shakllantirishda va ulardan foydalanishda qonun hujjatlarini buzganligi uchun qonunchilikka muvofiq boshqa choralar ham belgilanishi mumkin.
    73. FMMIni yaratish, uning faoliyat ko‘rsatishi va uni rivojlantirish sohasidagi nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
    74. Fazoviy ma’lumotlar sohasidagi faoliyat natijasida yuridik yoki jismoniy shaxsga yetkazilgan moddiy va (yoki) ma’naviy zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi lozim.
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAZOVIY MA’LUMOTLAR SOHASINI TARTIBGA SOLUVCHI AYRIM NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
    “Fazoviy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, fazoviy ma’lumotlar sohasini samarali tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. Quyidagilar:
    a) “Fazoviy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) fazoviy ma’lumotlar sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilanganligi;
    b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoni 5-bandiga muvofiq:
    2020-yil 1-oktabrdan boshlab yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin kuchga kirishi;
    davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali to‘plangan ma’lumotlar asosida amalga oshirilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
    2. Belgilansinki:
    Milliy geografik axborot tizimi fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib, milliy va boshqa fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasiga kiritilgan bazaviy va sohaga oid fazoviy ma’lumotlardan foydalangan holda umumdavlat va tarmoqqa oid ahamiyatga ega vazifalarni hal qilishga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan tizim hisoblanadi va Kadastr agentligi tomonidan yuritiladi;
    Milliy geografik axborot tizimi davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, ko‘chmas mulkka oid davlat xizmatlarini ko‘rsatishda vakolatli organlar hamda boshqa tashkilotlar bilan idoralararo elektron hamkorlik uchun zarur bo‘lgan fazoviy ma’lumotlarning yagona manbai hisoblanadi.
    3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
    a) O‘zbekiston Respublikasi Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
    Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasining tuzilishi va uni yuritishni tashkil qilish tartibi;
    Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli tematik qatlamlar davlat kadastrining har bir turi bo‘yicha axborotni to‘plash va unga ishlov berish ishlarining bajarilishiga asosan shakllantirilishi va ularning nazorat holatida yuritilishini vakolatli organlar tomonidan ta’minlash tartibi;
    Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etiladigan ma’lumotlarning tarkibi va mazmuni;
    fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlarning holati to‘g‘risida yillik hisobotni tayyorlash tartibi;
    b) Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq:
    Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) Kadastr agentligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda maslahat — kengashuv vazifasini amalga oshiradigan kollegial organ sifatida tashkil etilishi;
    Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligi;
    Muvofiqlashtiruvchi kengashning tarkibi, uning faoliyatiga umumiy rahbarlik masalalari;
    Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi va uning o‘rinbosari funksiyalari, kengash kotibiyati hamda kengash a’zolarining vazifalari;
    v) Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1010-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
    5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
    6. Kadastr agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
    7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.

    4. Aloqa obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida


    NIZOM

    Download 1,66 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Download 1,66 Mb.