|
Mavzu: yakunlovchi pardozlash
|
bet | 1/7 | Sana | 03.10.2024 | Hajmi | 34,7 Kb. | | #273280 |
Bog'liq 10- MA\'RUZA
10–MA`RUZA
MAVZU: YAKUNLOVCHI PARDOZLASH .
Mavzu rejasi:
1. Pardozlash jarayonining mohiyati.
2.Yakunlovchi pardozlash turlari.
3. Sellyuloza tolalaridan tayyorlangan matolarni pardozlash.
4.Pardozlashda kamg’ijimlanish, kamqiskarish, mustahkam shakl berish.
5.Mustahkam pardozlash xususiyati olish texnologiyasi va uskunalari.
6.Pardozlashning maxsus turlari. Matolarga suv itaruvchanlik xususiyati berish.
7.Matoga yaltillash naqsh kumushsimon ipakli pardoz berish.
8.Tabiiy ipak tolalaridan tayyorlangan matolarga pardoz berish.
9.Tabiiy jun va jun bilan boshqa tolalardan tayyorlangan aralashma matoni pardozlash.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. M.Z.Abdukarimova, A.L.Hamraev, A.A.Mirataev «Tolali materiallarni pardozlash kimyoviy texnologiyasi», Toshkent, Mexnat 2004 y. 322 bet.
2. Балашова Т.Д. и др. "Краткий курс химической технологии волокнистых материалов" Москва. Легкая и пищевая промышленность. 1984 г. 200 стр .
3. Ковтун Л.Г. "Технология отделки трикотажа". Москва Легпромбытиздат. 1990 г. 397 стр.
Pardozlash jarayonining mohiyati.
Oxirgi pardozlash shunday texnologik jarayonlar yig’indisidan iboratki, unda to`qimachilik mahsulotlarning, sifatini yaxshilash uchun tashqi chiroyli tovar ko`rinishi berish, standartga mos en berish, istemolchini didini ta`minlash va boshqa ba`zi xususiyat berish kabi jarayonlar bajariladi.
To`qimachilik mahsulotlari kerakli texnologik bosqichlardan o`tgandan keyin, oxirgi pardozlash jarayoniga o`tadi. Bu erda to`qimachilik mahsulotlarini tayyorlash tugatilib- rasmiylashtiriladi.
Oxirgi pardozlash jarayonida matoga turli xususiyat (ipakdek tovlanish, yaltillash, yumshoq vors berish va x.o) berib, yaxshi fazilatlarga ega bo`ladi. Sellyuloza tolasidan tayyorlangan matoga kam g’ijimlanadigan va suvga kirishmaydigan xususiyat beriladi. Sintetik tolalarda tayyorlangan matolarni antistatik mahsulotlar bilan ishlov beriladi.
Plashch, zont va boshqa texnika uchun kerakli matolarga suv o`tkazmaydigan xususiyat beradi. Maxsus korxona kiyimlariga yog’ o`tkazmaydigan, iflosliklarni o`tkazmaydigan, olovga chidamli va ba`zi biologik ta`sirlarga chidamli xususiyat beradi.
|
| |