|
Mavzu: yakunlovchi pardozlash
|
bet | 6/7 | Sana | 03.10.2024 | Hajmi | 34,7 Kb. | | #273280 |
Bog'liq 10- MA\'RUZAMatoga yaltillash naqsh kumushsimon ipakli pardoz berish.
Bunaqa xususiyatlarga maxsus uskuna kalandrlar bilan ishlov berish natijasida erishiladi. Kalandrning asosiy ishchi organi vallar bo`lib, ulardan biri metaldan yasalgan, isitiladi, qolganlar elastik to`plamdan iborat.
Kalandrda ishlov berish fizika-mexanikaviy jarayonga kiradi.
Hosil bo`lgan effekt suvli ishlov berishga chidamsiz, shuning uchun kimyoviy va mexanikaviy ishlov berish qo`shib olib boriladi.
Pardozlashning xiliga qarab turli xil kalandrlardan foydalaniladi. Pardozlovchi (dazmollash, tig’izlash va mo`tadil toblanish berish uchun), friksion (turli yaltillash, kuchsiz va kuchli toblanish berish), kumushsimon (kumushdek xususiyat berish), naqsh beruvchi (naqshli rasmlar olish uchun).
Tabiiy ipak tolalaridan tayyorlangan matolarga pardoz berish.
Tabiiy ipakdan tayyorlangan matolarni pardozlashda toladagi nodir xususiyatlar- alohida o`ziga xos mo`tadil tovlanish, yumshoqlik egiluvchanlik kabilarni ko`rsatishdan iborat. Bundan tashqari matoga kam kirishish, tovar ko`rinishi berish, mustahkam shakl beriladi. Ipakli g’ijirlaydigan matolar plyusovkada 1% li sirka kislotasi bilan ishlov berilib, quritib en beradigan mashinada quritiladi. Matoni mashinaga ilgari o`tkazib uzib berish hisobidan mato qisqaradi va bunda yaxshi aniq ko`rinishdagi g’ijirlash "krepoviuy" effekt olish erishiladi.
Tabiiy jun va jun bilan boshqa tolalardan tayyorlangan aralashma matoni pardozlash.
Oxirgi pardozlash cexlarida mato bir paytning o`zida en berib quritiladi, tozalanadi, yuzasi tekislanadi va dekatirovka qilinadi. Shu bilan bir qatorda yumshatish, kamkirishuvlik, antistatik va boshqa xususiyatlar berish uchun jun matolari va aralash tolalardan tayyorlangan matolarga appretalar yurgiziladi.
Maxsus korjomalar uchun ishlatiladigan matolarga alohida xususiyat (kislotaga chidamli,suv va yog’ o`tkazmaydigan, olovbardosh) berish uchun ishlov beriladi.
Ba`zi sukno matolarga (qimmatbaxo draplar, ratinlar, kastorlar va boshqalar) murakkab ishlov beriladi-ki, quruq va ho`l jarayonlar takrorlanib turadi. Bunda ko`p marotaba vors qilinadi, quritiladi va qirqiladi va xokazo.
|
| |