Sellyuloza tolalaridan tayyorlangan matolarni pardozlash




Download 34,7 Kb.
bet3/7
Sana03.10.2024
Hajmi34,7 Kb.
#273280
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10- MA\'RUZA

Sellyuloza tolalaridan tayyorlangan matolarni pardozlash.
Sellyuloza tolasidan tayyorlangan, matolarni pardozlash uchun kimyoviy va fizika - mexanikaviy usullardan keng foydalaniladi.
Yuviladigan appretlar.
Yuviladigan appretning asosiy pardozlovchi mahsuloti kraxmallar (guruchniki, bug’doy, kartoshkaniki) dekstrin, kley. Kraxmal asosida tayyorlangan kompoziciya oq, och rang va tagi oq mayda gulli matolar uchun qo`llaniladi.
Matoning ishlatilishiga qarab appreta tarkibiga oqartiruvchi (optik oqartiruvchi ul`tramarin), og’ir qiluvchi (bariy, magniy sul`fat, bur, kaolin), suv o`tkazuvchi (glicerin), yumshatuvchi ( stearin sovuni, yog’i) va boshqa komponentlar qo`shiladi.
Kam yuviladigan appretlar.
Hozirgi paytda pardozlashda kraxmal sintetik smolalar bilan muvaffaqiyatli almashtirilmoqda. Bunda nafaqat oziq-ovqat mahsuloti tejaladi, balki matoning pardozlash sifati ham yaxshilanib, yurgizilgan pardoz yuvish va boshqa ta`sirlarga chidamli bo`ladi. Ayniqsa termoplastik polimerlar asosida tayyorlangan kompoziciya katta ahamiyatga ega. To`qimachilik sanoatida termoplastik polimerlar emul`siya yoki lateks ko`rinishida qo`llaniladi. Polietilen, polivinilacetat emul`siyasi, poliakril birikmalari asosida tayyorlangan emul`siyalar (emukril S va M), polimetil metakrilat lateksi, kauchuk asosidagi latekslar keng miqyosda qo`llaniladi. Matoga emul`siya (lateks) yurgizib quritilgandan keyin tolaga yupqa va tekis parda hosil bo`ladi.
Yuvilmaydigan appretalar
Yuvilmaydigan appretlar tayerlash uchun termoreaktiv smolalarning turli predkondensatlaridan foydalaniladi.
Termoreaktiv smolalarning predkondensati deb, mato yuzasiga yurgizilgan yuqori molekulali bo`lmagan birikmalarning ma`lum sharoitda ( katalizator, isitish) polikondensatlanib suvda erimaydigan uzun bog’langan smolalari ataladi.
Termoreaktiv smolalarning predkondensati sellyuloza mahsulotlariga to`ldiruvchi, kam suvga kiruvchi, kam g’ijimlanuvchi, tovlanuvchi, yaltillagan xususiyat beradi. Keng tarkalgan preparatlardan texnik nomlangan karbomol, karbomol CeM, karbomol LG, metazin, glikazin, karbozon e va O. Ularning hammasi metilol( – SN2ON) hosilasining organik birikmasi. Organik birikmalarning reakciyaga kirish qobiliyatiga qarab ikki guruhga bo`lish mumkin. Birinchisiga molekulasi bir biri bilan o`zaro ta`sir qiladigan birikmalar bo`lib, ularga mochevinaformal`degid (karbomol) va melaminformal`degid (metazin) smolalari kiradi.
Mochevina formal`degid smolasi predkondensatining asosiy mahsuloti metilolmochevina bo`lib, u mochevina va formal`degidning o`rtasidagi reakciyadan olinadi.
Yuqori harorat va katolizator ishtirokida bu birikmalarning molekulasi o`zaro faol ta`sirlashib (polikondensatlanib), tola strukturasi ichiga smola hosil qiladi.
Sellyuloza mahsulotlarini pardozlash preparatlari bilan ishlov berganda, tolaning submikroskopik g’ovaklarini va amorf bo`shliqlarini to`ldiradi.
Ma`lum harorat va sharoit yaratgandan keyin bu bo`shliqlarda kimyoviy reakciya borib smola hosil bo`ladi va sellyulozaning gidrooksil -ON gruppasi bilan o`zaro ta`sirlashadi
Yuqorida ko`rsatilgan barcha predkondensatlar 110-160 oS haroratda va katolizator ishtirokida makromolekulalari bog’lanib smola hosil qiladi.Katolizator sifatida magniy xlor, ammoniy xlor, cink xlor, kuchsiz organik kislotalar yoki ularning kombinaciyasi ishlatiladi. Termoreaktiv smolalarning predkondensatini qo`llashdagi asosiy kamchiligi matolarning mexanikaviy mustahkamligi ancha pasayadi.(40-50%) paxta va 60% gacha kanoi mahsulotlarning). Appreta tarkibiga termoplastik polimerlar (polietilen, polivinilacetat emul`siyasi) qo`shish bilan tolaning mustahkamligini yo`qotish kamayadi.

Download 34,7 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 34,7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sellyuloza tolalaridan tayyorlangan matolarni pardozlash

Download 34,7 Kb.