|
Geodeziya, kartografiya va kadastr
|
bet | 1/3 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 147,77 Kb. | | #123809 |
Bog'liq 12 amaliy ish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Urganch Davlat universiteti
“GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR” kafedrasi
Geodeziya,kartografiya va kadastr yo‘nalishi
202 - guruh talabasi: Ibragimov Jamshidning
“Ko’chmas mulk kadastri” fanidan
12-AMALIY ISHI
Mavzu: Ko'chmas mulk ob'ektlarini texnik inventarizatsiya qilish tartibi. Ko'chmas mulkni texnik inventarizatsiya qilish. Texnik hisob va texnik inventarizatsiya uchun texnik rejani tayyorlash va ishlab chiqarish
Bajardi: _______ Ibragimov Jamshid
Qabul qildi: _______ Xamrayev Ergash
Urganch: 2023
Mavzu: Bino va inshootlarga bo’lgan huquqlarni davlat davlat ro’yjatidan o’tkazish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
“KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH, SHUNINGDEK, BA’ZILARINI O‘Z KUCHINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASH TO‘G‘RISIDA
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish, shuningdek, “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangi mexanizmlari, jumladan, ko‘chmas mulklarni bo‘lish va birlashtirishning tartib-taomillari asoslari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va yagona hujjatga birlashtirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili;
ko‘chmas mulkni bo‘lish, birlashtirish va ularning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili hamda ushbu xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, bu haqda guvohnoma berilgan ko‘chmas mulklarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va undan ko‘chirma berish, shu jumladan, mazkur xizmatlarni bepul amalga oshirish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
|
| |