-bob. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi




Download 147,77 Kb.
bet3/3
Sana19.12.2023
Hajmi147,77 Kb.
#123809
1   2   3
Bog'liq
12 amaliy ish

2-bob. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi
8. Ariza beruvchi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun vositachiga murojaat etadi, davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda yoki ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning veb-saytida (keyingi o‘rinlarda — veb-sayt) ro‘yxatdan o‘tadi.
9. Ariza beruvchi huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun vositachiga murojaat etganda, vositachi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat etgan taqdirda esa, ushbu Reglamentga 2-ilovadagi shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun arizani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilgan taqdirda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
Arizaga Qonunda nazarda tutilgan huquqni belgilovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilgan ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomasi ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
Arizada ko‘chmas mulk obyektining turi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan huquq, kadastr yig‘majildi tayyorlangan yoki qayta rasmiylashtirilgan ko‘chmas mulk obyektining nomi va yig‘majild tayyorlangan sana (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
Vositachilar tomonidan ariza beruvchilardan Qonunda va ushbu bandda nazarda tutilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
10. Zarur ma’lumotlar arizaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z elektron raqamli imzosi (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.
O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, arizani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
11. Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun ushbu Reglamentning 6-bandiga muvofiq yig‘im undiriladi.
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun belgilangan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan to‘lov miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) vositachilarga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) elektron tarzda yuboriladi.
Vositachilar to‘lov summasi ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) kelib tushganidan so‘ng real vaqt rejimida bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Ariza beruvchi xabarnomada ko‘rsatilgan miqdorda yig‘im summasini to‘laydi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilganda to‘lov to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
12. Yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
18 foizi — Adliya vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
10 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘ning 80 foizi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha hududiy boshqarmalarning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) notarial idoralar yoki notariuslar orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
10 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘ning 80 foizi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha hududiy boshqarmalarning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
v) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, rieltorlik tashkilotlari va tijorat banklari orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘ning 80 foizi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha hududiy boshqarmalarning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
g) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — davlat xizmati yagona billing tizimi orqali ko‘rsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
10 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘ning 80 foizi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha hududiy boshqarmalarning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilguniga (davlat reyestriga yozuv kiritilgunga) qadar bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi ko‘rilmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
14. Ariza beruvchi vositachiga kelib murojaat etganda uning arizasi vositachi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng barcha hujjatlar real vaqt rejimida hududiy boshqarmaga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza avtomatik tarzda hududiy boshqarmaga yuboriladi.
15. Hududiy boshqarmaning ro‘yxatdan o‘tkazuvchisi (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi) ariza kelib tushgandan so‘ng Qonunda belgilangan muddatlarda hamda tartibda:
arizani o‘rganib chiqadi;
ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan taqdirda, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir harakatlarni amalga oshiradi;
arizani ko‘rib chiqish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir harakatlarni amalga oshirish natijasini vositachiga yuboradi;
YIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat qilinganda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir harakatlarni amalga oshirish natijasini ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi yoki talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Download 147,77 Kb.
1   2   3




Download 147,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi

Download 147,77 Kb.