• Pardozlashning maxsus turlari. Matolarga suv itaruvchanlik xususiyati berish.
  • Mavzu: yakunlovchi pardozlash




    Download 34,7 Kb.
    bet5/7
    Sana03.10.2024
    Hajmi34,7 Kb.
    #273280
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    10- MA\'RUZA

    Mustahkam pardozlash xususiyati olish texnologiyasi va uskunalari.
    Mato 25-30 oS haroratda tarkibida karbomol CeM, metazin, termoplastik polimer (polietilen, polivinilacetat), katolizator (magniy xlor), mochevina va boshqa birikmalar bo`lgan eritmada oziqlantiriladi.
    Zanjirli kengaytirib quritadigan mashinada 80-110 oS haroratda matoning tabiatiga va pardozlash turiga qarab ma`lum miqdorda matoga namlik qoldirilib quritiladi. Quritish paytida smola hosil bo`lmasligi kerak.
    Mato berilgan haroratda va vallarni qisish bosimida o`zi uchun mos kalandrdan o`tkaziladi.
    Termik ishlov termokamera yoki termoapparatda 140-150 oS haroratda 3-5 minut davomida olib boriladi.
    Oxirgi pardozlash jarayonini bajarish liniyalarda bajariladi(LAO-140). Liniya tarkibiga asosan plyusovka, quritish mashinasi kiradi. Matoning sifatini yaxshilash uchun u plyusovkadan o`tgandan keyin bir necha xil mexanikaviy ishlov berish uchun alohida mashinalardan yoki bir necha mashinalardan iborat agregatdan o`tadi (namlash, en berish, kalandrlash va rolikka o`rash).
    Aralash tolalardan tayyorlangan matolar uchun ignali quritish-en berish va quritib, en berib barqarorlashtiruchi mashinalardan foydalaniladi. Maxsus pardozlash agregatlariga bir liniyada mashinalar birlashtirilgan bo`lib, ular matoni oziqlantirishdan to rolikka o`rashgacha bo`lgan jarayonni bajaradi. Bunaqa agregatga LAO- agregati misol bo`ladi.
    Pardozlashning maxsus turlari. Matolarga suv itaruvchanlik xususiyati berish.
    Matolarga suv itaruvchanlik xususiyatga berish ikki turga bo`linadi.
    1. Suv o`tkazmaydigan
    2. Suv itaruvchanlik xususiyati.
    Suv o`tkazmaydigan pardoz turi berishda matoning butkul yuzasiga gidrofob plyonka (bitum, rezina, polixlorvinil va boshqalar) yurgiziladiki, unda mato suvdan tashqari havo ham o`tkazmaydi, pardozning bu turi asosan texnika ehtiyojlari uchun qo`llaniladi.
    Kiyim, kiyimbosh, korjoma, mayishiy xizmat ehtiyojlari uchun suv itaruvchanlik xususiyati beruvchi pardozning ikkinchi turi qo`llaniladiki, unda mato suv o`tkazmaydi, lekin havo o`tkazadi.
    Pardozlashning ikkinchi turi katta ahamiyatga ega bo`lib, gigiena talablarga javob beradi.
    To`qimachilik tolalarining suv itaruvchanlik xususiyati asosan tolalarning suv shimuvchi gruppalarini to`sib himoya qilishda asoslangan.
    Tolalarga suv itaruvchanlik xususiyati berish, suv itaruvchi alkil radikallarning tola yuzasiga tekis zich joylashishi natijasida hosil bo`ladi.
    Matolarga suv itaruvchanlik xususiyati berishning bir necha xillari mavjud, masalan: tuzli sovun yordamida. Bu xil pardozlash eski usul bo`lib, metalli tuzlarning (asosan allyuminiy yoki mis) yuqori molekulali yog’li kislotalar bilan mato yuzasiga parda hosil qilishdan iborat. Bu tuzlar yuqori suv itaruvchanlik xususiyatiga ega bo`lib, mato ishlov berganda iplar chidamli suv itaruvchanlik qavati bilan qoplanadi.
    Jarayon ikki usulda: ikkivannali va bir vannali usulda olib boriladi.
    Birvannali usul uchun kuyidagi recept tavsiya etiladi:
    Parafin 40 g
    Stiarin 20 g
    Ammiak 25% li 10 g
    Allyumininng sirka k-li tuzli - 340 g
    Suv 1000 ml gacha
    Xromolan yordamida suv itaruvchanlik xususiyati berish.
    Suv itaruvchanlik xususiyati berish maqsadida keyingi paytlarda maxsus preparatlar ishlab chiqarildi : xromolan va alyumolan.
    Xromolan - xlorli xromning stiorin kislotasi bilan kompleks tuzidir.
    Izopropilen spirtining suvli eritmasi ko`rinishda ishlab chiqariladi.
    Xromolanning suvdagi eritmasida RN-1-2 ga teng, bunda mato tarkibi buziladi, shuning uchun ham xromolan tarkibiga urotropin qo`shish tavsiya etiladi.
    Ishlov berish recepti g/l
    Xromolan - 90
    Sirka k-si 100% li - 10
    Urotropin 13% li - 90
    Kationaktiv birikma velan yordamida suv itaruvchanlik xususiyatini berish.
    Kationaktiv birikma velan formulasi:
    C18Н37ОСН2 – N – С5Н5

    Сl
    Velan kimyoviy faol bo`lib, yuqori haroratda sellyulozaning gidroksil junning aminogruppalari bilan reakciyaga kirishadi. Natijada piridin va xlorid kislotasi ajralib chiqib tolaning suv shimuvchi gidrofil gruppasi uglevodorod radikalinning suv itaruvchi gidrofob gruppasi bilan kuchli bog’lanadi. Reakciya natijasida tola chidamli suv itaruvchanlik xususiyatiga ega bo`ladi. Reakciyada hosil bo`lgan xlorid kislota gidrolizlanmasligi uchun velan eritmasiga natriyning sirka kislotali tuzi - natriy acetat qo`shiladi.
    eritma recepturasi g/l:
    Velan 50
    Natriy acetat 10
    Jarayon: 1. eritma bilan ishlov berish
    2. Siqish 100%
    3. 70 oС haroratda quritish.
    4. 3-5 min davomida 140-150 oС haroratda termik ishlov berish.
    5. Yuvish
    6. Quritish.
    Kremniy organik birikmalar bilan suv itaruvchanli xususiyati berish.
    Kremniy organik birikmalar yoki silikonlar polikondensaciya natijasida alkilxlorsilan hosil qiladi.
    Gidroksisilanlar matoga yurgizilgandan keyin yuqori harorat 150 oС atrofida katalizator ishtirokida yanada polikondensatlanib tolada kremniy organik polimeri molekulalari kuchli suv itaruvchi turli parda hosil qiladi.
    Katalizator sifatida oksidlovchi xususiyatiga ega modda masalan cirkoniyxlorokis yoki binzoil qo`sh oksidi qo`llaniladi. Termo ishlovdan keyin yuvish talab qilinmaydi.
    Kremniy organik birikma sifati GKJ - 10, GKJ-11, GKJ-94 preparatlari qo`llaniladi.
    GKJ preparati bilan ishlov berish tarkibi:
    ml/l
    emul`siya GKJ 30% la 150
    Benzoil qo`sh oksid
    yoki vodorod qo`sh oksid 2
    Suv 1000 ml/l gacha
    Jarayon:1. 20 oС haroratda 4,5 % li emul`siya bilan ishlov berish.
    2. Sikish 100%
    3. 80-100 oС xaroartda quritish.
    4. 5 min davomida 150 oС haroratda termik ishlov berish.

    Download 34,7 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 34,7 Kb.