|
Pardozlashda kamg’ijimlanish, kam
|
bet | 4/7 | Sana | 03.10.2024 | Hajmi | 34,7 Kb. | | #273280 |
Bog'liq 10- MA\'RUZAPardozlashda kamg’ijimlanish, kamqiskarish, mustahkam shakl berish.
G’ijimlanmaslik deganda to`qimachilik matolarning bo`yashdan keyin tezda oldingi o`z holiga kelishi va hosil bo`lgan katlarni taxlash deb tushuniladi. Odatda g’ijimlanmaslik mato g’ijimlangandan keyin uning katlari burchagini tiklash ko`rsatkichi bilan tavsiflanadi va gradus bilan ifodalanadi. Masalan, paxtadan tayyorlangan matolar uchun pardozlashdan so`ng katlarning burchak tiklanishi 70-85 oS.
To`qimachilik mahsulotlar o`lchamining o`zgarishi ko`p omillarga bog’liq: tola tabiatiga, to`qimachilik ipning strukturasiga, matoni to`qilishiga, ishlov berish texnologiyasiga. Sellyuloza tolasi juda yaxshi suv o`tkazadi, suvda bo`kadi, natijada eniga kengayadi va buyiga qisqaradi. Paxtadan tayyorlangan mahsulotlarni pardozlash jarayonida turli ishlov berish natijasida ular qisqaradi va bu texnologik qisqarish deyiladi. Texnologik qisqarishni ikki usulda fizika - mexanikaviy va kimyoviy usulda kamaytiriladi.
Kamg’ijimlanish va kamqiskarish uchun bir xil pardozlovchi preparatlar qo`llaniladi, amalda bu ikki pardoz ko`pincha qo`shiladi va natijada bir vaqtning o`zida matoga kamg’ijimlanish va kamkirishuvchanlik xususiyatlari beriladi.
Amalda sellyuloza tolalaridan tayyorlangan matolar mutlaq g’ijimlanmaydigan va kirishmaydigan xususiyatga ega bo`lmaydi, shuning uchun ham jarayonga kam termini ishlatiladi.
Matoni predkondensatlar bilan ishlov berishda uning qattiqligi ancha oshadi, shuning uchun ham pardozlash eritmasiga turli qo`shimchalar qo`shib, pardozlashni sifati oshiriladi. Masalan yumshatuvchi, ho`llovchi, termoplastik polimerlar qo`shiladi. Yumshatuvchilar sifatida: preparat AM, stearoks-6, stearoks - 920, alkamon OS-2, alamin M va boshqalar. To`qimachilik matolarga kamg’ijimlanish va kamkirishuvchanlik berishning asosiy boskichlari:
1. Uch valli plyusovkada 20-30 oS haroratda mato appretaga botiriladi. Bunda siqish 80-90%.
2.Botirib oziqlantirilgan mato, asta-sekin harorati ko`taradigan (110 dan 140 gacha) ignali kengaytirib quritadigan mashinaga quritiladi.
3.Termik ishlov berish. hozirgi paytda ko`pincha 140-150 oS haroratda termik ishlov beriladi, bunda o`zaro bog’lanib smola hosil bo`ladi. Jarayonni jadallashtirish uchun quritish va termik ishlov berishni birga bir vaqtning o`zida 180 - 200 oS haroratda, radiacion termik kamerada, isitilgan bug’ bilan olib boriladi.
4. Matoga termik ishlov berishdan keyin, tola bilan o`zaro ta`sirlashmagan mahsulotlarni yaxshilab yuvib chiqariladi.
To`qimachilik mahsulotlari shaklining mustahkamligi katta ahamiyatga ega. Sellyuloza tolasidan tayyorlangan mahsulotlar shaklining mustahkamligi etarli emas uni mustahkamlash kerak. Kamg’ijimlanish va kam kirishish pardozdan o`tgan matoga, anchagina mustahkam shakl ham beriladi.
To`qilgan tayyor mahsulotlarga jarayon oxirida maxsus uskunalarda termik ishlov berish natijasida ularning shakli mustahkamlanadi.
|
| |