|
Yakunlovchi pardozlash turlari
|
bet | 2/7 | Sana | 03.10.2024 | Hajmi | 34,7 Kb. | | #273280 |
Bog'liq 10- MA\'RUZAYakunlovchi pardozlash turlari.
To`qimachilik matolariga oxirgi pardozlashda beriladigan xususiyatlarning ko`pligi sababli bajariladigan jarayonlar ikki guruhga bo`linadi: fizika-mexanikaviy va kimyoviy .
Fizika-mexanikaviy jarayonga qirqish, pat berish, enni kengaytirish, dazmollash, presslash va boshqalar kiradi.
Yakunlovchi pardoz berish uchun ishlatiladigan jarayonlarni barchasini ikki xilga bo`lish mumkin:
Mexanik yakunlovchi pardoz jarayonlari
Kimyoviy yakunlovchi pardoz jarayonlari
Mexanik yakunlovchi pardoz jarayonlari quyidagilardan iborat:
Quritish
Gazlamalarni eniga kengaytirib standart o`lcham bnrish
Gazlamani arqoq va tanda iplarini bir biriga perperdikulyar holatga keltirish.
Gazlamani turli kalandrlarga tekistlash, silliqlash.
Gazlama sirtini tukini qirqish.
Kimyoviy yakunlovchi pardoz berish jarayoniga quyidagilar kiradi:
Ғijimlanishga karshi pardoz
Kirishishga qarshi pardoz.
Olovga chidamlilik uchun pardoz
Suvni itaruvchi pardoz.
Ifloslanishga qarshi pardoz va boshqalar.
Ana shu kimyoviy pardoz berish uchun ishlatiladigan moddalarning umumiy nomi appret deyiladi.
Kimyoviy moddalar va ular kompoziciyasining tabiatiga ko`ra to`qimachilik matoda hosil bo`lgan pardozning ta`siri - yuvish paytida va kimyoviy tozalashda turlicha bo`ladi. Shunga asoslanib pardozlash materiallarni va kompoziciyalarni obdan yuviladigan, kam yuviladigan va umuman yuvilmaydigan turlarga bo`linadi. Yuviladigan appretlar mahsulotlarni ishlatganda va birinchi yuvish ketadi.
Kam yuviladigan appretlar mahsulotni 4-5 marotaba yuvgandan keyin ketadi.
Yuvilmaydigan appretlar keng qo`llaniladi. Ular yordamida hosil bo`ladigan pardoz juda ko`p yuvgandan so`ng yoki umuman ketmaydi.
|
| |